106
MANBAShUNOSLIK
ham asrlar davomida falsa
fi
y, axloqiy va huquqiy qarashlari-
ning shakllanishida muhim manba bo‘lib keldi. Biroq undagi
oyatlar hamda so‘zlarning mohiyatini tushunish o‘ta murak-
kab bo‘lganligi sababli, VII–VIII asrlardayoq Qur’oni karimga
tafsirlar (sharhlar) yozishga ehtiyoj tug‘ilgan
va asta-sekin bu
soha alohida yo‘nalishga aylangan.
Islom tarqalgan ilk davrdan boshlab, Qur’oni karim va
uning tafsiri bilan bog‘liq ilmlarga qiziqish xalifalikka bo‘ysun-
gan
boshqa joylar kabi, Markaziy Osiyoda ham paydo bo‘la bosh-
ladi va bu yerdagi xalqlar ham qur’oniy ilmlarni o‘rganishdi.
Xalqimizdan ko‘pgina mufassirlar – Qur’oni karimga tafsir
(sharh) yozuvchi olimlar yetishib chiqdilar.
Bizgacha yetib kelgan tafsirlar bilan tanishish jarayonida
shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Markaziy
Osiyodagi mufassirlar to-
monidan IX–XII asrlarda yozilgan tafsirlarning aksariyati arab
tilida bo‘lgan, chunki o‘sha davrda ilmiy til arab tili bo‘lgan.
Markaziy Osiyoda yozilgan ilk tafsir “Tafsiri Kabir” mualli
fi
ham aynan buyuk hadisshunos Muhammad ibn Ismoil al-Bu-
xoriy (vafoti 870-y.) qalamiga mansubdir. Lekin afsuski, maz-
kur tafsir bizgacha yetib kelmagan.
Keyinchalik ham bu an’ana
davom ettirilib, ko‘plab arabcha
tafsirlar yozilgan. Jumladan,
Imom Abu Mansur Muhammad
ibn Mahmud al-Moturidiyning (870–944) “Ta’vilot al-Qur’on”
(“Qur’on ta’villari”) asari ham Markaziy Osiyoda yozilgan dast-
labki tafsirlardan hisoblanadi. Asar ustida tadqiqot olib borgan
Sh.Ziyodovning
fi
kricha, Moturidiy hana
fi
y
mazhabi olimlari
ichida birinchilardan bo‘lib Qur’onga tafsir yozgan. Mazkur
asar nafaqat Movarounnahr tafsir maktabiga,
balki kalom mak-
tabiga ham katta ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Moturidiy o‘z tafsirini
uch manbaga, ya’ni Qur’on, hadis va avvalgi mufassirlarning
fi
krlariga asoslanib yozgan.
Boshqa bir samarqandlik olim
Abullays Nasr ibn Muham-
mad ibn Ahmad ibn Ibrohim as-Samarqandiy (911–985) ham