Islom diniga doir manba va adabiyotlar


IX–XIII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
3-мавзу маърузаси

173
IX–XIII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR
Al-Ya’qubiy asarida Movarounnahrga bag‘ishlangan alohida 
bob mavjud bo‘lib, unda Turarband Abarkat va boshqa turkiy 
xalqlarning shaharlari haqida ma’lumotlar bor. Shuningdek, 
Movarounnahr hududidan o‘tuvchi savdo yo‘llari va shaharlar 
orasidagi masofalar keltirilgan. Eng ahamiyatlisi al-Ya’qubiy 
turkiy xalqlar joylashuvi, ularning an’analari va odatlari haqida 
ma’lumotlar beradi.
Golland tadqiqotchisi M.Ya. de Gue (1836–1909) sakkiz 
tomli “Bibliotheca geographicorum arabicorum” (“Arab geo-
gra
fl
ari kutubxonasi”) to‘plamini nashr etgan. Bu turkum 
to‘plamlar 1870–1894-yillarda tayyorlangan bo‘lib, ularda aso-
san IX–XII asr arab geogra
fl
ari asarlarining tanqidiy matni 
nashr etilgan. Keyinroq bu seriya 1927 va 1967-yillarda qayta 
nashr etilgan.
Al-Ya’qubiyning asarlari O‘rta Osiyo tarixiga oid qimmatli 
ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, uning O‘rta Osiyo mavjud 
bo‘lgan davlatlar, ularda hukmronlik qilgan sulolalar, ular-
ning hukmdorlari, asosiy tarixiy voqealar, mintaqa shaharlari, 
ularning diqqatga sazovor joylari, aholi ijtimoiy va etnik tarkibi
siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy jarayonlar to‘g‘risida qim-
matli ma’lumotlarni beradi.
Abu-l-Abbos Ahmad ibn Yah’yo ibn Jobir al-
Balozuriyning
(vafoti 892-y.) 
“Kitob futuh al-buldan 

” (“Mamlakatlar bosib olinishi (kashf etili-
shi) kitobi”) asari ham asosiy manbalardan biri hisoblanadi. 
Balozuriy Bag‘dodda tug‘ilib o‘sgan. Ilm olish istagida Suriya 
va Eron shaharlarida sayohat qilgan. Aynan shu davrda u o‘z 
asarini yozishga kirishgan. Ushbu asarning bizgacha qisqar-
tirilgan varianti yetib kelgan. Asarning to‘liq matni Ibn an-
Nadim va Xoji Xalifa ma’lumotlariga ko‘ra, 40 qismdan ibo-
rat bo‘lgan. “Kitob futuh al-buldon” asari 90 bobdan iborat 
bo‘lib, 622-yildan 869-yilgacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga 
qamrab oladi. Asarning to‘liq matni gollandiyalik sharqshunos



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə