J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad



Yüklə 256,16 Kb.
səhifə15/60
tarix29.11.2023
ölçüsü256,16 Kb.
#142572
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra-fayllar.org

Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad - XI asr qomusiy olim Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar - astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya bo’lgan.
Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo’shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko’rish mumkin. Ulardan eng yiriklari “Hindiston”, “Yodgorliklar”, “Qonuni Mas’udiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya” va “Astronomiya”. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari -22 ta; astronomik asboblar haqida -10 ta; astrologiklari -21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) -38 ta; turli tillardan tarjima asarlar -21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha etib kelgan.
995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga er va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri “Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar “Shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy er aylanasining kattaligini o’lchash haqida fikr yuritgan.
Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha “Geodeziya”deb yuritiladigan “Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarni aniqlash” nomli astronomiya va geografiyaga bag’ishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. Beruniyning “Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar” asari ham 1029-yilda G’aznada yoziladi. Oradan bir yil o’tgandan so’ng u o’zining “Hindiston” nomi bilan tanilgan “Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash” kitobini yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika qit’asini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan



  1. Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari.

Ulug’ mutafakkir Ibn Sinoning 280 dan ko’p asarlari mavjud bo’lib, ular tibbiyot, matematika, astronomiya, ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga bag’ishlangan.


Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to’g’risidagi, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini o’zlashtiradi, inson esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug’ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo’lib yashasalar ham, yolg’iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda o’zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va o’zaro yordamga muhtoj bo’ladilar».
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi. U jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi. «Odamning o’z quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyoji, –deb yozadi Ibn Sino, – hammani hunar o’rganishga undaydi».
Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi to’g’risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat tabiiy ofat yoki urush bo’lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag’ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur.
Ibn Sino ideal davlat to’g’risida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi:
  1. hamma o’z foydasini ko’zlab mehnat qilishi kerak;


  1. bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambag’allik bo’lmasin;


  2. barcha kishilar halol mehnat bilan shug’ullanishi va halol savdo qilishi sababli urushadigan odamlar bo’lmaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o’rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo’l bilan hal etiladi;


  3. ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo’ladi, shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi ko’radilar, uzoq vaqt qarimaydilar.


Ibn Sinoning ideal davlat to’g’risidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning «Saxovatli shahar yashovchilarining qarashlari to’g’risida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko’p jihatdan o’xshab ketadi.



Yüklə 256,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə