Jarayonni tashkil etish


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 266,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix01.03.2023
ölçüsü266,14 Kb.
#101729
1   2   3   4   5   6   7   8
921-928 (1)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00683 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 923 www.ares.uz 
tashkilotchi, talabchan va qat’iyatli bo’lishini istaydi» [4; 201-b.]. 
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarining oldiga - yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek 
muhim vazifani qo’ydi. Bu esa hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim tizimida davr 
talabiga javob beradigan mutaxassislarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda jahon 
andozalariga mos holatda tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. SHu bilan birga maktabgacha ta’limni isloh qilishning asosiy 
shartlaridan biri - buyuk ma’naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o’zida 
mo’jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar avlodini 
yetishtirishni talab etadi. Hozirgi davrning bu talabi – matabgacha ta’lim
tarbiyalanuvchilarini axloqan va ma’nan yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalash 
vazifalarini bajarishni talab etadi. MTT rahbarlari va pedagog kadrlari oldida turgan 
eng dolzarb vazifalardan biri – erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni 
shakllantirish masalasidir. Boshqacha aytganda, o’z xaq-huquqlarini taniydigan, o’z 
kuchi va imkoniyatlarini anglagan, atrofda sodir bo’layotgan voqea va hodisalarga 
mustaqil munosabat bilan yondashgan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat 
va xalq manfaatlari bilan uyg’un xolda quradigan erkin, har jihatdan barkamol 
insonlarni tarbiyalash lozim. Shu jihatdan olganda, barkamol insonni tarbiyalash 
avvalo, pedagoglardan ulkan mahorat va mas’uliyatni talab qiladi. Ustozlik mahorati 
va tarbiyachilik san’atining tayyor andozasi yoki qolipi mavjud emas. Ushbu san’atni 
egallash uchun insondan katta kuch, ijodkorlik va ko’p yillik tajriba talab etiladi. 

O’zbekistonda maktabgacha ta’limni isloh qilishning asosiy omillaridan biri 


komil inson tarbiyasida “shaxs manfaatlari va ta’lim ustuvorligi” masalalari borasida 
bir qator olimlar izlanish olib bormoqdalar. Bular R.H. Djuraev, J.G’. Yo’ldoshev, 
S.Turg’unov, R.Safarova, M. Yuldashev, SH.A. Abdullaeva, Y. M. Asadovlardir. 

Yüklə 266,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə