JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–35_Issue-1_Avgust_2023
159
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MAQOL VA TOPISHMOQLARNI
O’RGATISH ORQALI O’QUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH
Suyunova Marjona Akbar qizi
Jizzax Davlat pedagogika universiteti
1-kurs talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqola ta’lim tizimidagi islohotlar,
kompetensiya va
boshlang’ich sinf ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni o’z o’rnida qo’llanilishi
va ta’limiy o’yinlardan va maqol va topishmoqlardan samarali foydalanish haqida
yoritildi.
Abstract
: This article highlighted the reforms in the educational system, the
competence and the use of speech competences in the native language classes of the
elementary school, and the effective use of educational games, proverbs and riddles.
Аннотация
: В данной статье освещены реформы в системе образования,
компетенции и использования речевых компетенций на уроках родного языка в
начальной школе и эффективное использование развивающих игр, пословиц и
загадок.
Kalit so’zlar:
kompetensiya, integratsiyalashuv, og’zaki va yozma nutq,
“Domino” o’yini, maqol, topishmoq, “Juftingni top”.
Key words:
competence, integration, oral and written speech, "Domino" game,
proverb, riddle, "Find your match".
Ключевые слова
: компетентность, интеграция, устная и письменная речь,
игра «домино» пословица, загадка, «Найди свою пару».
Jahon miqyosida integratsayalashuv jarayoni jadallayotgan ayni vaqtda ona tilini
asrash va o’qitish masalalari muhim vazifaga aylanib bormoqda. Barcha tillarda
o’qitish tamoyillari zamonaviy tendensyalarni o’z amaliyotida sinab bormoqda.
Rivojlangan mamlakatlarning ilg’or o’qitish uslublari taraqqiyot
darajasini belgilab
beruvchi muhim omildir, agar barcha sohada ilmiy renessansni
amalga oshirmoqchi
bo’lgsak, buni ona tili ta’limini rivojlantirishdan boshlash kerak. Mamlakatimizda ham
ona tilini o’qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslanadi. Umumiy o’rta ta’lim
tizimidagi ona tili o’quv predmetiga doir o’quv materiallar mazmunini
takomillashtirish, o’quvchilarda adabiy talaffuz ko’nikmalarini shakllantirish, imloviy
savodxonlikni
oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish - nutqiy ko’nikmalarni
rivojlantirshga tizimli yondashuv bugungi kunda davlat siyosati darjasidagi dolzarb
masalardan biri bo’lib kelgan.
1
Ona tilini o’qitish orqali o’quvchilarda kreativ fikrlash
va mantiqiy o’ylashni ko’nikmalarini shakllantirsh zarur. Zero, “Yoshlarimizning
1
K.Rajapova. Nutqiy ko’nikmalarni tizimli rivojlantirish metodikasi. : “IIimpaz” nashriyoti, 2021-yil, 4-bet.