Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 10,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/87
tarix20.01.2023
ölçüsü10,02 Mb.
#98854
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87
67-56-PB

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume-10_ Issue-3_August_2022 
65 
Bugungi kunda adabiy aloqalar orqali boy adabiyotimiz, jumladan, mustaqillik 
yillaridagi ijod namunalarini dunyo xalqlari tillariga tarjima qilish dolzarb vazifalardan 
sanaladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 
Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima kengashining faoliyat ufqlari juda keng. Kengash 
a’zolari tomonidan qo‘lyozmalar muhokamasi muntazam o‘tkazib borilyapti. “O‘zbek 
hikoyalari antologiyasi” ¬ (koreys tilida) nashrga topshirildi. Toshkent davlat 
sharqshunoslik institutida O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari xitoy tiliga 
tarjima qilindi. “XX asr o‘zbek hikoyalaridan namunalar” koreys tiliga, uch kitobdan 
iborat “O‘zbek adabiyotining tanlangan asarlari” turk tiliga, “O‘zbek xalq ¬ertaklari” 
(tarjimon: Jasur ¬Ziyomuhammedov) xitoy tiliga o‘girildi. O‘zbek adiblarining “Reka 
dushi moyey” to‘plami (tarjimon: Saodat ¬Komilova) rus tiliga tarjima qilinib nashr 
etildi. Shuningdek, “Mumtoz ¬koreys nasri namunalari xrestomatiyasi” o‘zbek tilida 
chop etildi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda ¬Abdulla 
Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, Pirimqul 
Qodirovning “Yulduzli tunlar”, To‘lqin Hayitning “Vafo -malikasi” asarlari ingliz 
tiliga tarjima qilindi. Davr talabidan kelib chiqib, ¬O‘zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasida o‘zbek adabiyoti namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilishga muhim 
vazifalardan biri sifatida e’tibor qaratilmoqda. Avvalo, xorijiy tillar o‘qitiladigan bir 
qator oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda, bu ilm maskanlarida 
tarjima kengashining sho‘balari ochildi. Keyingi yillarda “XX asr o‘zbek she’riyatidan 
namunalar” koreys tilida (tarjimonlar: Kim Se Xek, Sh.Qosimova), “Qalbim sizga 
intiladi” to‘plami ingliz tilida (tarjimon: B.Xolbekova), Abdulla Qahhorning “Anor” 
hikoyalar to‘plami nemis tilida (tarjimon: O. Ostonov), “O‘zbek xalq ertaklari” nemis 
tilida (tarjimon: Z.Akromxonov) nashr etildi. 
Til inson muloqotining eng muhim vositasidir, uning yordamida odamlar fikr 
almashadilar va o‘zaro tushunishga erishadilar. Odamlar til yordamida muloqotni ikki 
yo‘l bilan amalga oshiradi: og‘zaki va yozma. Agar muloqot bitta tilda bo‘lsa, unda 
aloqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri sodir bo‘ladi, ammo odamlar turli tillarda gaplashganda, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa imkonsiz bo‘lib qoladi. Bunday holda, ko‘plab tadqiqotchilar 
boshqa tilda ifodalagan fikrlarini bir-biriga uzatish uchun tarjima kerak bo‘ladi. 



Yüklə 10,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə