Jumayeva surayyo



Yüklə 120,43 Kb.
səhifə15/19
tarix23.12.2023
ölçüsü120,43 Kb.
#157008
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Pul va banklar fanidan mustaqil ishi-fayllar.org (1)

O`rmolovchi inflatsiya. Bunda narx-navo sekin o`sadi va inflatsiya
suratlari yiliga 1-3 % dan 5-10 % gacha bo`ladi. Mamlakatda iqtisodiy o`sish
davom etadii, ishsizlik katta bo`lmaydi, bunday inflatsiya odatda, iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni
yanada rivojlantirishni rag`batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo`lishi
mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi o`zgarish sezilmasligi mumkin.
Masalan 1998 yilda inflatsiya suratlari Avstriya, Belgiya, Germaniyada –
1.0 %, Ispaniya, Buyuk Bretaniya va AQSh da – 2 %, Gresiyada esa 4.8 %ni
tashkil etgan. Bulardan tashqari bu guruhga G`arbiy Evropaning boshqa
mamlakatlari, Kanada, Yaponiya, Sengapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Saudiya
Arabistoni va boshqalar kiradi.
Suzib yuruvchi inflatsiya. Bunda yillik inflatsiya suratlari 10 % dan 100
% gacha bo`ladi. Mamlakatda narx-navo tezroq o`sa boshlaydi, iqtisodiy o``sish
suratlari pasayadi, ishsizlik ko`paya boradi. Bunday inflatsiya rivojlanayotgan
mamlakatlarga xosdir. Masalan 2001 yilda Rossiyada inflatsiya – 18 % ni,
O`zbekistonda esa – 24 % ni tashkil etgan. 2002 yili O`zbekistonda inflyatsiya
darajasi ancha pasaydi, uning o`rtacha oylik miqdori 1.6 %dan iborat bo`ldi.
Geperinflatsiya. Bu haddan tashqari kuchaygan inflatsiya bo`lib, uning yillik
o`sish sur‘atlari 100 % dan ko`p bo`lib ayrim holatlarda 1000 % dan ham
ortadi. Narx-navo shiddat bilan o`sadi, pul qadri g`oyat tez pasayadi, pul
topishga intilish eng past darajaga keladi. Geperinflatsiya sharoitida korxonalar
va aholi nima qilib bo`lsa xam, chet el valyutasini yig`ishga xarakat
qilishadi. Narx-navoni umuman tartibga solib bo`lmay qoladi, narxlar oyiga
50 % dan o`sadi. Tovarlarni sotib olishda barter usulida foydalanish vujudga
keladi. Pul muomalasi izdan chiqadi. Geperinflatsiya sur‘atlari 1985 yilda
Boliviyada-38000 %, 1990 yilda Nekaraguada-8500 %, Peruda-8291 %ni tashkil
etgan. 1991 yilda SSSR parchalanib ketgandan so`ng, sobiq ittifoqdosh
respublikalarda ham geperinflatsiya ro`y berdi. O`zbekistonda esa 1994 yilda
inflatsiya darajasi eng yuqori cho`qqiga chiqib 1282 % ni tashkil etgan
87
.
Inflyatsiyaning kelib chikish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rsatish
mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif
inflyatsiyasi).

Yüklə 120,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə