71
til bo`lib, u muloqotga kirishuvchilar o`rtasida aloqa botlanishini ta‟minlaydi. Tilni
ushbu maqsad uchun tanlangan so`zlar mohiyatiga ko`ra kodlashtirgan holda
axborotni ma‟lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya‟ni
uning ma‟nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o`z xulq-atvorini
o`zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
Axborotni boshqa kishiga yo`llayotgan kishi (kommunikator)
va uni qabul
qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlarga
erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona
sistemasidan foydalanishlari, ya‟ni «bitta tilda» so`zlashishlari kerak bo`ladi. Agar
kommunikator va retsepient kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo`llasalar,
ya‟ni bir-birlariga noma‟lum bo`lgan «til»da so`zlashsalar, bu holda ular o`zaro
hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar.
Qo`llanadigan belgilar (so`zlar, imo-ishoralar va xk.) zamiridagi
mohiyat
muloqotda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo`lgan taqdirdagina axborot
ayirboshlash mumkin bo`ladi.
Muloqot
- tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan
qism sifatidagi
mazmunga ega bo`lgan so`zlar belgisi tizimidir. Bunda so`zlar belgilari tizimi
xayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o`zlashtirish va o`zatish vositasi sifatidagi
tilni tarkib toptiradi. Ijtimoiy tajriba to`plash va o`zatish vositasi sifatidagi til aniq
tovushlardan foydalangan xolda o`y-fikrlar almashinuvi, axborot berishni amalga
oshiradi.
Muloqotning interaktiv jixati.
Muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat,
ya‟ni odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va
o`zaro bir-birlariga ta‟sirining yig`indisi sifatida yo`zaga chiqadi.
Hamkorlikdagi
faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar - odamlarning birgalikdagi harakati va
o`zaro munosabatlarini qat‟iyan belgilab qo`yadigan hamda jamiyatda udum
bo`lgan xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan
ijtimoiy nazorat
sharoitida yo`z beradi.
Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma‟qul topgan, udumga
aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan
bajarilishini kutayotgan
72
namunalarning o`ziga xos tizimini yaratadi. Ularning bo`zilish qoidadan chetga
chikadiganlarning xulq-atvori to`g`rilanishini ta‟minlaydigan
ijtimoiy nazorat
mexanizmlari (ma‟qullamaslik, ta‟na qilish, jazolash)ni o`z ichiga oladi.
Qoidalarning mavjudligi va qabul qilinishi xaqida biron kishining barcha boshqa
odamlar xulq-atvoridan farq qiluvchi xatti-harakatiga atrofdagilarning bir xilda
munosabat bildirishi dalolat beradi. Ijtimoiy qoidalar mexnat intizomi,
harbiy
burch va vatanparvarlik talablariga javob beradigan xulq-atvor namunalaridan
tortib, odoblilik qoidalariga qarab hammasini o`z ichiga oladi. Odamlarning
ijtimoiy qoidalariga murojaat qilishi ularda o`z xulq-atvori uchun mas‟ullik xissini
uyg`tadi, harakatlari va qiliqlarining ushbu qoidalarga mos kelishi yoki mos
kelmasligini baxolagan xolda ularni tuzatib borish imkonini qidiradi. Qoidalarga
qarab mo`ljal olish kishiga o`z xulq-atvorining
shakllarini andozaga qarab
moslash, ijtimoiy jixatdan maqbullarini tanlab olish, nomakbul shakllariga amal
qilmaslik, o`zini muloqot jarayonida yo`naltirib va boshqarib borish imkonini
beradi. Odamlar o`zlashtirilgan qoidalardan o`zlarining xususiy xulq-atvorini
boshqalarning xulq-atvori bilan taqqoslaydigan mezon sifatida foydalanadilar.
Hamkorlikdagi
harakat
jarayonlari
ijtimoiy
nazorat
munosabatiga
kirishadigan odamlar «bajaradigan» rollar (
Psixologiyada rol deganda xulq-
atvorning normativ jihatidan ma‟sul bo`lgan muayyan ijtimoiy mavqeni egallab
turgan har bir kishidan atrofdagilar kutayotgan namunasi tushuniladi)
repertuariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. Sub‟ekt o`qituvchi yoki o`quvchi,
shifokor yoki bemor, katta yoshli kishi yoki bola, rahbar yoki xodim, ona yoki bola
va shu kabi rolni bajaradi. Har qanday rol mutlaqo aniq talablarga va
atrofdagilarning muayyan orzu-istaklariga javob berishi kerak.
Shaxs muloqotning turli xil vaziyatlarida qoida tariqasida har xil rollarni
bajaradi. Masalan: o`zining xizmatidagi roliga ko`ra rahbar bo`lib turgan kishi
betob bo`lib
qolganda, bemor roliga kirgan xolda shifokorning barcha
ko`rsatmalarini bajaradi; shu bilan birga oilada u keksa onasining mumingina
o`g`li rolini saqlab qoladi va x k. Rol mavqelarining ko`pligi ba‟zida ularning
to`qnash kelishiga - rol konfliktlariga (ziddiyatlarga) sabab bo`ladi.
73
Turli xil rollarni bajarayotgan odamlarning hamkorlikdagi
harakati rollar
extimoli bilan boshqariladi. Kishi buni istasa-istamasa atrofdagilar undan muayyan
namunaga mos keladigan xulq-atvorni talab qiladi. Rolning qanday bajarilishi
ijtimoiy nazorat
ostida bo`ladi, ijtimoiy jihatdan muqarrar ravishda baholanadi va
namunadan salgina chetga chiqilishi esa qoralanadi.
Dostları ilə paylaş: