Kelishildi docx



Yüklə 286,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/38
tarix22.03.2024
ölçüsü286,43 Kb.
#180702
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Kelishildi

Organik kimyo
1- mavzu. Organik kimyoning asosiy tushunchalari
Organik kimyo fanining predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari. Organik
kimyoning asosiy rivojlanish bosqichlari. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi.
Organik birikmalarning nomenklaturasi. Organik birikmalarning klassifikatsiyasi.
Organik birikmalardagi izomeriya va tautomeriya. Izomeriya turlari-struktura, holat
va fazoviy izomeriya. Metameriya. Dinamik izomeriya. Konformatsiya va
konfiguratsiya. Optik faol birikmalar. Molekulada atomlarning o‘zaro ta’siri.
Induktsion va mezomer ta’sir.
Organik 
reaksiyalarning 
turlari. 
Kislota-asos 
reaksiyalari. 
Organik
birikmalarning kislotaliligi va asosliligi. Brensted-Louri va Lyuis nazariyalari. Qattiq
va yumshoq kislota asos nazariyasi. Organik kimyo fanining rivojida fazoviy tuzilish
nazariyasi va kvant kimyoning tutgan o‘rni.
2- mavzu. Kimyoviy bog‘lanish va uning turlari
Kimyoviy bog‘ va uning turlari. Kovalent bog‘ning hosil bo‘lishi va tabiati.
Organik birikmalardagi boshqa bog‘lanishlar. Radikallar, asosiy funksional guruhlar.
Organik birikmalar tuzilish formulalarini ifodalash usullari. Gibridlanish. Molekulyar
orbitallar 
metodi. 
Kimyoviy 
bog‘ning 
uzilish 
turlari. 
Organik 
reaksiya
mexanizmlarining birikma tuzilishi va sharoitga bog‘liqligi.
Organik birikmalar tarkibidagi uglerod va azot atomlarining valent holatlari va
oksidlanish darajalari.
3- mavzu. Uglevodorodlar
Alkanlar. Alkanlarning gomologik qatori, nomlanishi va izomeriyasi. Alkil
radikallar. Radikallarning barqarorligi. Giperkonyugatsiya. Alkanlarni olish usullari.
Alkanlarni sintez qilishning zamonaviy usullari: Kori-Xaus, kross-birikish va
boshqalar. Alkanlarning fizik-kimyoviy xossalari. Alkanlardagi radikal-zanjir
almashinish reaksiyasi mexanizmlari haqida umumiy tushunchalar: galogenlash,
sulfoxlorlash, 
sulfooksidlash, 
nitrolash,
oksidlash 
reaksiyalari. 
Nitrolash,
sulfoxlorlash reaksiyalarining o‘ziga xos tomonlari. Alifatik qator uglevodorodlarini
galogenlash. Ftorlash, xlorlash, bromlash va yodlash usullari. Monogalogenlash
reaksiyalari. Galogenlovchi agentlar.AAlkanlarni galogenlash reaksiyalarining
energetik 
diagrammasi. 
Alkanlardagi 
elektrofil 
almashinish 
reaksiyalari.
Alkanlarning radikal va elektrofil almashinish reaksiyalari qonuniyatlari. Alkanlar
asosida optik faol birikmalar olish. Alkanlar stereokimyosi. Alkanlar va ular
hosilalarining ishlatilishi. Organik birikmalarning tabiiy manbalari.
Alkenlar. Alkenlarning nomlanishi, izomeriyasi. Geometrik izomeriya. E, Z
nomenklatura. Qo‘sh bog‘ni hosil qilish usullari. Vittig reaksiyasi. Alkenlarning
samarali olinish usullari. Alkenlarning reaksiya mexanizmlari haqida tushunchalar.
Alkenlarni gidrogenlash. Alkenlarga elektrofil birikish. Anti birikish kontsepsiyasi.
Ad
E
2 va Ad
E
3 mexanizmdagi reaksiyalar. Elektrofil va nukleofil reagentlar. Qo‘sh
bog‘ga kislotalar, galogenvodorodlar, galogenlar va boshqa elektrofil reagentlarning


23
birikish reaksiyalari. Alkenlarga galogenlarning past haroratda birikishi. Alkenlarning
suv bilan kislotali muhitda va PdCl
2
ishtirokidagi reaksiyalari. Vaker jarayon.
Alkenlarga vodorod galogenidlarning Markovnikov qoidasi bo‘yicha va unga teskari
birikish reaksiyalari mexanizmining nazariy asoslari. Alkenlarga elektrofil birikish
reaksiyalarida izomerlanish. Radikal va karbokationlarning barqarorligi. Alkenlarga
radikal birikish. Allil tipidagi radikallarning barqarorligi. Alkenlarda radikal va
elektrofil almashinish reaksiyalari asoslari. Alkenlarni oksidlash, borgidridlash va
boshqa reaksiyalari. Metallokompleks kataliz. Kori-Xaus, kross-birikish, metatezis va
boshqa zamonaviy reaksiyalar orqali organik birikmalarni sintez qilish. Alkenlar
asosida optik faol birikmalar sintezi. Alkenlarning ishlatilish sohalari.
Alkadienlar. Alkadienlarning tuzilishi, nomlanishi, turlari va izomeriyasi.
Muhim 1,3-dienlar va ularni degidrogenlash, degidroxlorlash, degidratlash
reaksiyalari yordamida olish. Konyugirlangan qo‘sh bog‘li dienlarning elektron
tuzilishi. Konyugirlangan dien uglevodorodlarning kimyoviy xossalari: katalitik
gidrogenlash, galogenlarning va galogenvo-dorodlarning elektrofil birikishi. Kinetik
va termodinamik nazorat mahsulotlari. Polimerlanish reaksiyalari. Stereoregulyar
sintetik kauchuk olish. Tabiiy va sintetik kauchuk. Kauchukni vulkanlash. Dils-Alder
reaktsiyasi. Dien va dienofil. Peritsiklik reaksiyalar.
Kumulenlar. Elektron va fazoviy tuzilishi. Allen kimyosi. Molekulyar
asimmetriya.
Ajratilgan qo‘sh bog‘li birikmalar kimyosi. Dien uglevodorodlar va ular
hosilalarining qilish usullari. Alkadienlarning qo‘llanilish sohalari.
Alkinlar. Alkinlarning nomlanishi va izomeriyasi. Uch bog‘ni hosil qilish usullari.
Atsetilenning olinishi. Uchlamchi radikal tutgan terminal alkinlar sintezi. sp-
gibridlanish tushunchasi asosida uch bog‘ning tuzilishini tushuntirish. Alkinlarning
galogenlar, spirtlar, karbon kislotalar, karbonil birikmalar, galogenvodorodlar va
boshqalar bilan reaksiyalari mexanizmi
.
Alkinlarning elektrofil reagentlar bilan
reaksiyalari. Alkinlarga galogenlar va vodovod galogenidlarning birikishida
boradigan qo‘shimcha jarayonlar. Kucherov reaksiyasi, tsianid kislotaning birikishi.
Alkinlarni turli qaytaruvchilar ishtirokida qaytarish reaksiyalari, tsis- va trans-
alkenlarning hosil bo‘lish asoslari. Alkinlarni borgidridlash bilan boradigan sintezlar.
Atsetilen qatori uglevodorodlarining oksidlanish, polimerlanish va boshqa
reaksiyalari.
Metallorganik birikmalar bilan reaksiyalari. Atsetilen qatori
uglevodorodlarining ishlatilishi.

Yüklə 286,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə