Kelishildi docx


- mavzu. Tsiklik birikmalar



Yüklə 286,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/38
tarix22.03.2024
ölçüsü286,43 Kb.
#180702
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Kelishildi

14- mavzu. Tsiklik birikmalar
Sikloalkanlar. 
Nomlanishi 
va 
turlari, 
tuzilishi, 
izomeriyasi.
Siklik
birikmalarning sintezi. Sikloalkanlarning fazoviy tuzilishi. Siklogeksan va uning
hosilalarining konformatsiyalari, ekvatorial va aksial bog‘lar, siklogeksan
hosilalarining geometrik izomeriyasi.
Siklopropan halqasining fazoviy va elektron tuzilishining o‘ziga xosligi.
Siklobutan, siklopentan va siklogeksanning kimyoviy xossalari. Siklopropanning
o‘ziga xos xususiyatlari. Sikloalkanlardagi burchak, Pittser va Prelog kuchlanishlari.
Sikloalkanlar fizik-kimyoviy xossalarining nazariy asoslari va qo‘llanilish sohalari.
15- mavzu. Aromatik birikmalar
Aromatik uglevodorodlar. Benzol va uning gomologlari, nomlanishi,
izomeriyasi. Aromatik uglevodorodlarning manbalari va olish usullari. Benzol
halqasining elektron tuzilishi va benzolning kimyoviy xossalari. Aromatiklik haqida
tushuncha. Aromatiklikning belgilari.
Xyukkel qoidasi. Nobenzoid aromatik


27
sistemalar. Siklopropenil- va tropiliy kationlari. Siklopentadienil- anioni, azulen,
annulenlar.
Aromatik qatordagi elektrofil almashinish reaksiyalari: sulfolash, nitrolash,
galogenlash, alkillash, atsillash. Bu reaksiyalarning aromatik uglevodorodlarni qayta
ishlashdagi ahamiyati, mexanizmlari haqida tushuncha va ularni tajribada asoslash.

- va

-komplekslar. Benzol halqasidagi o‘rinbosarlarning reaksiya mahsulotlarining
izomer tarkibiga va reaksiya tezligiga ta’siri. Aromatik uglevodorodlarda halqaga va
yon zanjirga boradigan radikal, elektrofil va nukleofil reaksiyalar mexanizmlari.
Reaksiyalarning energetik tasviri. Reaksiya tezligini belgilovchi bosqich.
Alkilbenzollar. Alkilbenzollarni olish. Benzol halqasida elektrofil almashinish
reaksiyalari, 
bu 
reaksiyalarda 
yo‘naltirishning 
xususiyati. 
Dezalkillash,
disproportsiyalanish, alkilbenzollarning izomerlanishi. Yon zanjirda radikal
almashinish reaksiyalari sharoitlari.
Naftalin. Naftalin va boshqa ko‘p yadroli uglevodorodlarning manbalari.
Naftalin hosilalarining nomlanishi, izomeriyasi, elektron tuzilishi va aromatikligi.
Naftalinning kimyoviy xossalari.
Aromatik galoidbirikmalar. Olinish usullari. Aromatik uglevodorodlarni
galogenlash, diazoniy tuzlaridan olish. Galogen-uglerod bog‘i uzilishi hisobiga
ketadigan reaksiyalar. Aromatik galoidbirikmalarning metallar bilan ta’sirlanishi:
metallorganik birikmalarni olish. Kross-birikish reaksiyalari. Elektrofil almashinish
reaksiyalari. O‘rinbosarlarning induktsion va mezomer ta’siri haqida tushuncha.
Galogen atomlarining o‘rinbosar sifatida ta’siri. Galogen atomi tutgan aromatik
uglevodorodlarda nukleofil almashinish reaksiyalari mexanizmlari.
Nitrobirikmalar. 
Aromatik 
nitrobirikmalarning
olinishi 
va
xossalari.
Nitrolovchi reagentlar. Nitro- guruhning elektrofil almashinish reaksiyasi tezligiga va
yo‘nalishiga ta’siri.
Nitrobirikmalarning qisman qaytarilish mahsulotlari. Nitro-birikmalarning
tautomerlanishi, dimerlanish, kondensatsiya reaksiyalari.
Aromatik uglevodorodlarning gidroksilli hosilalari. Nomlanishi. Fenol va uning
gomologlari. Olinish usullari va fizik-kimyoviy xossalari. Naftollar. Aromatik
yadroga gidroksil- guruhi kiritish usullari. Fenollarning kislotalik xususiyatlari.
Fenollarning o‘ziga xos reaksiyalari. Gidroksil- guruhni himoyalash. Aromatik
uglevodorodlar va ular hosilalarining qo‘llanilishi.

Yüklə 286,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə