27
sistemalar. Siklopropenil- va tropiliy kationlari. Siklopentadienil- anioni, azulen,
annulenlar.
Aromatik qatordagi elektrofil almashinish reaksiyalari: sulfolash,
nitrolash,
galogenlash, alkillash, atsillash. Bu reaksiyalarning aromatik uglevodorodlarni qayta
ishlashdagi ahamiyati, mexanizmlari haqida tushuncha va ularni tajribada asoslash.
- va
-komplekslar. Benzol halqasidagi o‘rinbosarlarning reaksiya mahsulotlarining
izomer tarkibiga va reaksiya tezligiga ta’siri. Aromatik uglevodorodlarda halqaga va
yon zanjirga boradigan radikal, elektrofil va nukleofil reaksiyalar mexanizmlari.
Reaksiyalarning energetik tasviri. Reaksiya tezligini belgilovchi bosqich.
Alkilbenzollar. Alkilbenzollarni olish. Benzol halqasida
elektrofil almashinish
reaksiyalari,
bu
reaksiyalarda
yo‘naltirishning
xususiyati.
Dezalkillash,
disproportsiyalanish, alkilbenzollarning izomerlanishi. Yon zanjirda radikal
almashinish reaksiyalari sharoitlari.
Naftalin. Naftalin va boshqa ko‘p yadroli uglevodorodlarning manbalari.
Naftalin hosilalarining nomlanishi,
izomeriyasi, elektron tuzilishi va aromatikligi.
Naftalinning kimyoviy xossalari.
Aromatik galoidbirikmalar. Olinish usullari. Aromatik uglevodorodlarni
galogenlash, diazoniy tuzlaridan olish. Galogen-uglerod bog‘i uzilishi hisobiga
ketadigan reaksiyalar. Aromatik galoidbirikmalarning metallar bilan ta’sirlanishi:
metallorganik birikmalarni olish. Kross-birikish reaksiyalari.
Elektrofil almashinish
reaksiyalari. O‘rinbosarlarning induktsion va mezomer ta’siri haqida tushuncha.
Galogen atomlarining o‘rinbosar sifatida ta’siri. Galogen atomi tutgan aromatik
uglevodorodlarda nukleofil almashinish reaksiyalari mexanizmlari.
Nitrobirikmalar.
Aromatik
nitrobirikmalarning
olinishi
va
xossalari.
Nitrolovchi reagentlar. Nitro- guruhning elektrofil almashinish reaksiyasi tezligiga va
yo‘nalishiga ta’siri.
Nitrobirikmalarning qisman qaytarilish mahsulotlari. Nitro-birikmalarning
tautomerlanishi, dimerlanish, kondensatsiya reaksiyalari.
Aromatik uglevodorodlarning gidroksilli hosilalari. Nomlanishi. Fenol va uning
gomologlari. Olinish usullari va fizik-kimyoviy xossalari. Naftollar.
Aromatik
yadroga gidroksil- guruhi kiritish usullari. Fenollarning kislotalik xususiyatlari.
Fenollarning o‘ziga xos reaksiyalari. Gidroksil- guruhni himoyalash. Aromatik
uglevodorodlar va ular hosilalarining qo‘llanilishi.
Dostları ilə paylaş: