Kelishildi docx



Yüklə 286,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/38
tarix22.03.2024
ölçüsü286,43 Kb.
#180702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Kelishildi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
“KELISHILDI”
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi ________________
“____” ______________ 2021 -yil
“TASDIQLAYMAN”
Andijon davlat universiteti rektori
________________ A.S.Yuldashev
“____” ______________ 2021 -yil
5A140501 – “Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)”
magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun mutaxassislik(ixtisoslik)
fanlaridan kirish imtihonlari
DASTURI
Andijon –2021


2
Annotatsiya
Dastur 5A140501 – “Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)” magistratura
mutaxassisligiga kiruvchilar uchun kimyo ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi
asosiy fanlar asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar:
Asqarov I.R. - ADU, Kimyo kafedrasi professori, k.f.d.
Qirg‘izov Sh.M.- ADU, Kimyo kafedrasi professori, k.f.n.
Abdulloyev Sh.X.- ADU, Kimyo kafedrasi professori, k.f.n.
Isayev Yu.T.- ADU, Kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.n.
Otaxonov Q.Q.-ADU, Kimyo kafedrasi mudiri, k.f.f.d.


3
KIRISH
Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur
etib bo‘lmaydi. Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi
galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi
ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Mamlakatimizda 2019- yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
tizimini 2030 -yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga
intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va
innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni
mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini
rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz
oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy
o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish,
raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga
jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini
tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar
belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga
ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
5140500-Kimyo bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida 5A140501 – “Kimyo
(fan yo‘nalishlari bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabgorlar
uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 5 ta umumkasbiy va ixtisoslik fanlari
bo‘yicha: Noorganik kimyo, Analitik kimyo, Fizikaviy kimyo, Organik kimyo,
Tovarlar kimyosi fanlaridan yozma ish savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z
negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 22- iyun kungi PQ-5157-
son qaroriga ko‘ra magistratura mutaxassisligiga qabul 2 bosqichda amalga
oshiriladi. Birinchi bosqichda universitetda mutaxassislik fanlaridan imtihon
topshiriladi. Ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test
sinovlari o‘tkaziladi.


4
Mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari yozma ish ko‘rinishida o‘tkaziladi.

Yüklə 286,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə