Kelishildi


- mavzu. Gomofunktsional birikmalar



Yüklə 85,54 Kb.
səhifə26/36
tarix22.02.2023
ölçüsü85,54 Kb.
#101259
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) (1)

4- mavzu. Gomofunktsional birikmalar
Stereokimyo elementlari. Optik izomeriya. Optik izomerlar nomenklaturasi. Asimmetrik atomlar va xiral markaz. Molekulyar asimmetriyaning vujudga kelish sabablari. D, L va R, S nomenklatura. Ratsematlanish. Enantiomeriya. Diastereomeriya. Stereoizomer, enantiomer va diastereomerlar konfiguratsiyasini aniqlash usullari. Konformatsiyalarning barqarorligi. Proektsion formulalar. To‘silgan va to‘xtatilgan konformatsiya.
Alifatik qator uglevodorodlarining monogalogenli hosilalari, ularning nomlanishi, izomeriyasi. Olish usullari: to‘yingan uglevodorod vodorod atomining galogenga almashinishi, qo‘sh bog‘ga birikish reaksiyalari, spirtlarning gidroksil guruhini almashtirish.
Monogalogenalkanlarning kimyoviy xossalari. Galogenli birik-malarning reaksiyaga kirishish qobiliyati va ularning nukleofil almashinish reaksiyalari. Ambidient ionlar. Kornblyum qoidasi. Fazalararo kataliz. Monogalogenalkanlardagi galogen atomlarining nukleofil almashinish va degidrogalogenlash reaksiyalari. Reaksiya mahsulotlari nisbatining nukleofil va asosning tabiatiga, kontsentratsiyasiga, galogenalkanning tuzilishiga, erituv-chining tabiatiga bog‘liqligi. Galogenalkanlarni qaytarish, ularning metallar bilan reaksiyasi: metallorganik birikmalar olish. Galogenli birikmalarning nukleofil almashinish reaksiyalarida boradigan qo‘shimcha reaksiyalar. Ajralish reaksiyalari. E1 va E2 mexanizmdagi reaksiyalar. Galogenli birikmalar asosida metallorganik birikmalar sintezi.
To‘yinmagan galogenbirikmalar. Vinilxlorid. Allilxlorid. Olinish usullari. To‘yinmagan galogenli birikmalarning fizik-kimyoviy xossalarining shaklanishida galogen atomi tabiati va qo‘sh bog‘ning ta’siri.
Di- va poligalogenli birikmalar. Galogenli birikmalarning ishlatilishi.


5- mavzu. Uglevodorodlarning gidroksilli hosilalari
Bir atomli to‘yingan spirtlar. Spirtlarni olish usullari. Oddiy alifatik spirtlarning sanoatda olinishi. Spirtlarning kimyoviy xossalari: gidroksil guruhining sulfat kislota, galogenovodorodlar, mineral kislotalarning galogenangidridlari ta’sirida almashinishi, degidratlanishi. Spirtlarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Spirtlarning ishlatilishi. Spirtlarning nukleofil almashinish reaksiyalarida boradigan qo‘shimcha jarayonlar. Nukleofil almashinish reaksiyalarida molekula konfiguratsiyasi o‘zgarishi va saqlanib qolishi bilan boradigan reaksiyalar. SN1, SN2 va SNi mexanizmdagi reaksiyalar. Spirtlarning kislotalilik xossalari. Spirtlar asosida optik faol birikmalar sintezi.
Ko‘p atomli spirtlar. Glikollar. Glikollarni olish usullari, kimyoviy xossalari. Di- va polietilenglikollar. Glitserin. Xossalari. Glitserinni sintez qilish usullari.
To‘yinmagan spirtlar. Allil spirti. Allil spirtining olinish usullari, kimyoviy xossalari. Propargil turidagi spirtlarning olinishi va xossalari. Spirtlarning ishlatilish sohalari.
Tiollar. Tiollar kimyosi. Tiollarning olinishi va fizik-kimyoviy xossalari. Tiollarning o‘ziga xos reaksiyalari. Tiollarning spirtlardan farqli tomonlari va o‘xshash jihatlari.
Oddiy efirlar. Oddiy efirlarning tuzilishi va nomlanishi, turlari. Dialkil efirlarini olish usullari va ishlatilishi. Kimyoviy xossalari. Oksiranlar va kraun efirlar.



Yüklə 85,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə