Kichik freonli sovitish qurilmasining asosiy nosozliklarini aniqlash va bartaraf


Nosozliklarni aniqlash va bartaraf qilish. Hisobot tuzish



Yüklə 17,19 Kb.
səhifə2/2
tarix17.02.2023
ölçüsü17,19 Kb.
#100987
1   2
3-TAJRIBA ISHI

Nosozliklarni aniqlash va bartaraf qilish. Hisobot tuzish.
Sovitish qurilmasini diqqat bilan ko'zdan kechiring. Qurilmaning prinsipial va elektr sxemasini harorat va bosim o'lchangan nuqtalari bilan chizing. Kompressordagi haydash ventilini oching va bir necha soniyaga qurilmani yoqing. Agar kompressor bir me'yorda ortiqcha shovqinsiz ishlasa, qurilmani o'chiring, quyidagi jadvalga optimal rejim parametrlarini kiriting. Qurilmani yoqing va uni o'zingiz uchun zarur bo'lgan rejimga sozlashga harakat qiling.
Qurilmada nosozliklar bo'lganligi tufayli ayrim parametrlar qiymatlari optimal rejimga mos kelmaydi. Bu qiymatlarni jadvalga kiriting.
Rejimga mos kelmaslikning ehtimoliy sababini (asosiy nosozlikni) toping va jadvalga kiriting. Nosozliklarni bartaraf qilish choralarini ko'ring (kompressor klapanlarini, prokladkani, TRVni almashtiring, filtrlarni tozalang va hokazo) va jadvalga kiriting. Agar nosozlik o'qituvchi tomonidan ataylab yuzaga keltirilmagan bo'lsa, bu nosozliklar yuzaga kelishi sabablarini o'ylab ko'ring. Qurilmani ishga tushiring va ishlash parametrlarini yozib boring. Agar bu parametrlar hisobiy parametrlar bilan mos kelsa, demak nosozlik to'g'ri aniqlangan va bartaraf etilgan. Agar qurilma yana optimal ish rejimida ishlamasa, demak boshqa nosozlik ham mavjud bo'lishi mumkin. Bu holda tajribani qayta o'tkazing va jadvalning keyingi qatorini to'ldiring. Agar sistemada freon bo'lmasa, uning chiqib ketgan joyini toping, sistemani yuz foiz zichlashga erishing va sistemaga freon quying. Freonni 400-500 gramm porsiya bilan quying. Har bir porsiya freonni quygandan so'ng qurilma rejimini sozlashga harakat qiling va jadvalga yozib boring. Mashinaning freon juda kam va me'yordan hiyol kam bo’lgandagi ishlashini kuzating. Mashinaning me'yorda ishlashi uchun zarur bo'lgan eng kam freon miqdorini aniqlang. Ish jarayonida 5-7 ta nosozlikni bartaraf etish va nazorat savollariga javob berish lozim.
8-jadval

No-sozlik №

Optimal rejimning hisobiy ko’rsatrkich-lari

Optimal rejimdan uzoqlashish

Ehti-moliy nosoz-lik

Nosozlikni bartaraf qilish uchun ko’rilgan choralar

Nosozlik bartaraf etilgandan so'ng ishlash rejimi



















Sinov savollari
1. Qurilmangiz yaxshi ishlashi uchun zarur bo'lgan eng kam freon miqdorini hisoblang.
2. Qurilmaga quyilishi mumkin bo'lgan eng ko'p freon miqdorini hisoblang.
3. Qurilmangizda sodir bo'lgan 2 ta nosozlikning sabablarini aytib bering.
4. Nima uchun haydash klapani singanda kompressor golovkasi qizib ketadi, so'rish klapani singanda esa so'rish quvuri ilib qoladi?
5. Sovitish mashinasiga havo qaysi yo'l bilan kirib qoladi?
6. Sovitish mashinasiga namlik qaysi yo'l bilan kirib qoladi?
Yüklə 17,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə