Kirish bob. Yuridik psixologiyaning vujudga kelishi tarixi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə11/46
tarix28.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#133904
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
1. Mavzu Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari M-fayllar.org

Xavotirlik bosqichida taloqning kichrayishi, yog‘ qavatining yo‘qolishi, oshqozonda o‘tkir yallig‘lanishning sodir bo‘lishi, buyrak tepasida likotsidlarning kamayishi kuzatiladi. Shu bilan birga teri jarohatini pasayishi, ko‘z yoshlanishi, so‘lakning ajralishi kuzatiladi. Agarda ta’sir kuchli bo‘lsa, bu bosqichda xavotirlik holati boshlanadi.
Moslashish bosqichida buyrak usti bezlari kattalashadi, organlar va to‘qimalarning ishlashi sekinlashadi. Agar stressni keltirib chiqaruvchi omil organizmga kuchli ta’sir etsa etmasa shu holat uzoq vaqt saqlanib qoladi. Agar ta’sir kuchli bo‘lsa, uchinchi bosqich boshlanadi.
O‘ta charchash bosqichi – organizmda kuzatilayotgan yutuqlarga ko‘ra bosqich xavotirli bosqichga yaqin. Bunda odatda organizm kasallanadi. Chet el mualliflari asosan ijtimoiy, psixik va fiziologik stress shakllarini ajratadilar. Ularning fikricha, ijtimoiy stress asosida shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy yashash sharoiti yotadi. Ijtimoiy ziddiyatlar doimiy o‘ziga ishonmaslik va keskinlikni yuzaga keltiradi.
Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari. Hissiy ton, affekt, stress. Hissiy holatlarning ifodalanishi birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo‘l, oyoq harakatlari), ikkinchidan organizmdagi turli hodisalarni, ya’ni ichki a’zolar faoliyatining va holatining o‘zgarishida, uchinchidan tabiatda, ya’ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o‘zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘z tarkibiga oladi.
His-tuyg‘ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo-ishora, vajohat va qaddu-qomatning o‘zgarishi, ayiruv, tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (so‘lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o‘zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning faol o‘zgarishlari, «ovoz mimikasi» va gaplar tarkibining sintaksis o‘zgarishi, «tutilmasdan gapirish», yoki alohida «silliqlik» hamda «ifodalilik»ning yuzaga kelishi nihoyat hissiyot o‘zining to‘la qisman ifodasini topadigan xatti-harakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalari vaqtida nutqining tezligi o‘zgaradi. Ko‘pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ahamiyati o‘zgaradi. O‘tkazilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, g‘amginlik va ma’yuslik hislarini ifodalovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, so‘zlashgan kishining tovushi ham bo‘linib-bo‘linib chiqadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə