Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash ning pedagogik asoslari



Yüklə 273,5 Kb.
səhifə11/25
tarix23.09.2023
ölçüsü273,5 Kb.
#123406
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
O‘rgatish – ijtimoiy hulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar amaliy ishlardir. O‘rgatish bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir, o‘qituvchi bu harakatlarni ko‘rsatib berish, tushintirish, kuzatishi mumkin. Tarbiyada mashq qilishning turli xillari majud: faoliyatida mashq olish, kun tartibi mashqlari, maxsus mashqlar.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun o‘yin viziyatlari ham muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bolalarda xulq-atvor me’yorlarini shakllantirishda azaldan bolalar xalq o‘yinlari kuchli tarbiya vosita va usuli bo‘lib kelgan. Masalan, xola-xola o‘yini, mehmon kutish va h.k.
Topshiriq. Mexnat topshiriqlarini jamoa bo‘lib bajarish o‘quvchilarda o‘z kuchlarini umum ishga sarflashga, jamoa uchun mas’uliyatni xis etishga o‘rganidilar. Aqliy va jismoniy mehnat qilish bolani xarakterini shakllantiradi, mustaxkamlaydi.
Talab. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Talab - bu o‘quvchining oldiga biron bir vazifani bajarishni qo‘yishdir. Bu o‘quvchining ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini ifodalash, u yoki bu faoliyatda qatnashib borilishi zarur bo‘lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo‘lishi mumkin
Rag‘batlantirish va jazolash usullari. Bu usullar o‘quvchilarni harakatga keltiradi, o‘z kuchiga ishonch uyg‘otadi. Rag‘batlantirish usullaridan foydalinish natijasida bola o‘rnining olg‘a siljib borayotganini ko‘ra boshlaydi, xurmat qilayotganini, ishonmayotganliklarini jamoaga kerakligini, o‘qituvchisini qiziqtirayotganligini anglab etadi. Rag‘batlantirish bola ishonchiga, unda bo‘lgan ijobiy qobiliyat va fazilatlarning kuchini e’tirof etishiga asoslangan. Rag‘batlantirish o‘quvchining ko‘nglini ko‘taradi, unga quvonch keltiradi, o‘quvchining yanada yaxshiroq bo‘lishiga intilishga yordam beradi.
Maktablar tajribasida rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llaniladi: topshiriq berish, maqtash, sovg‘a berish, maqtov yorlig‘i berish, moddiy taqdirlash, xurmat taxtasi, qo‘llab-quvvatlash, mas’uliyat va jamoaning minnatdorligi, safarda birinchi o‘rinda turish, musobaqa, gazeta va radiolarda e’lon, reja qo‘yish va h. k. Bu usullarning barchasi pedagogik talablarni xisobga olgan holda qo‘llanilishi mumkin. Har qanday rag‘batlantirishning to‘g‘ri xizmat qilishi, ketma-ket bo‘lmasligi qadrini oshirib maqtashga, boshqa o‘quvchilarga taqqoslab ularni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikka rag‘batlantirishga bo‘lgan talabchanlikni bo‘shashtirmaslik zarur.

Yüklə 273,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə