56
yuzasidan beriladigan ma’lumotlar juda koʻp, bularning hammasini aytishga vaqt
juda kam qoladi. Bunday holda uyga vazifa soʻrash uchun oʻquvchilarni
guruhlarga boʻlib “fizik diktant” va “Venn diagrammasi” texnologiylaridan
foydalanishni taklif qilaman.
Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati mavzusida ma’lumotlar berishda
dastavval olamning geosentrik va geliosentrik nazaryalar haqida gapirish oʻrinlidir.
Chunki bugungi kunda geliosentrik nazarya, ya’ni
Yerning Quyosh atrofida
aylanishini hamma biladi. Lekin Kopernik bu nazarya yaralmasdan oldin
insoniyatning fikri, oʻy hayollari qanday boʻlganini oʻquvchilarga yetkazish lozim.
Undan tashqari Kopernikgacha boʻlgan geliosentrik nazaryaga oid fikrlar yurutgan
olimlar haqida tarixiy ma’lumotlar ham aytilishi lozim. Xususan, ajdodlarimiz
mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning “Utorud va Zuhro sayyoralari Quyosh
yaqinidan ketolmay qolgan. Ular Quyosh atrofida aylanishlari kerak ” degan fikri
va bu aylanish ellips orbita boʻylab boʻlishini takidlab oʻtgani,
Xorazmlik ikkinchi
bir vatandoshimiz Chagʻminiyning (XII asrning ikkinchi yarmida tavallud topgan
va 1220- yilda vafot etgan) quyidagi soʻzlarini aytib oʻtish joiz deb bilaman:
“Yerning Quyosh atrofida aylanishidan fasllar hosil boʻladi”.
Mavzuni oʻqitish jarayonida Kepler qonunlari, u yaratgan formulalar haqida
albatda gapirish lozim. Chunki Yer va Oyning Quyosh
atrofidagi harakati aynan
shu qonunlarga boʻysunadi. Lekin dastavval Keplerning ustozi boʻlmish Tixo
Brage haqida, uning mehnatlari haqida ma’lumotlar berish lozimdir. Chunki
Keplerning bu qonunlarni yaratishda uning ustozining xizmatlari katta.
Mavzuni oʻqitishda axborot texnologiyalaridan albatda foydalanish kerak.
PhET simulyatsiyalari orqali Yer va Oyning Quyosh atrofidagi harakati namoyish
qilinsa, darsning samaradorligi oshadi. Chunki oʻquvchilar ham koʻrish orqali, ham
eshitish orqali ma’lumotlar olishadi. Bunda oʻquvchilarning ma’lumotlarni eslab
qolishlari va tahlil qilishlari yuqori darajada boʻladi. Axborot texnologiyalarning
qoʻllanilishi oʻquvchilarning darsaga qiziqishlarini ham orttiradi.
57
Darsning mustahkamlash etapida savol javoblar va masala ishlash namunalari
koʻrsatilishi kerak. Shunda oʻquvchilarda Kepler qonunlarini amalda qoʻllash
borasida amaliy koʻnikma va malakalar hosil boʻladi.
Uyga vazifaga oʻquvchilar mustaqil ravishda ishlashlari uchun masalalar va
mavzuni takrorlash berish maqsadga muvofiqdir. Shunda oʻquvchilar oʻzlari ustida
koʻproq ishlab mavzuning mohiyatini yanada chuqurroq egallashga intiladilar. Oʻz
xohishlariga koʻra qilingan bunday izlanishlar orqali olingan bilimlari xotiralarida
oʻchmas boʻlib qoladi.
Dostları ilə paylaş: