Kirish I. Bob. O’rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari


I.BOB. O’rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari



Yüklə 50,36 Kb.
səhifə2/12
tarix22.06.2022
ölçüsü50,36 Kb.
#89907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
66 77=0000WORD.

I.BOB. O’rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari.
O’rta Osiyo hududida mil.av. IV– milodiy IV asrlarga oid yodgorliklarda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borildi. O’zbekiston hududida M.E.Masson rahbarligida Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi, Ya.G’.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutining arxeologiya guruhi O’zbekistonning barcha viloyatlarida, S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Xorazm vohasida V.M.Masson rahbarligida Baqtriya ekspeditsiyasi, G.A.Pugachenkova rahbarligida Xamza nomidagi san’atshunoslik ekspeditsiyasi xodimlarining Surxondaryo viloyatidagi faoliyatlarini qayd etish mumkin. M.E.Masson rahbarligida Turkmaniston hududida Turkmaniston arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari arxeologik tadqiqotlarni olib bordi. Tojikiston hududida A.N.Bernshtam, Pomir-Oloy tog’ tizimi atroflarida A.M.Mandelshtam, Beshkent cho’lida arxeologik tadqiqotlarni olib bordilar. O’rta Osiyo hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida olingan ashyolar antik davr tarixini yoritishda muhim manba bo’ladi. O’zbekiston hududida antik davr yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlarю O’zbekiston hududida antik davrga oid yodgorliklarni o’rganish Surxondaryo hududida olib borildi. XX asrning 30 yillari boshlari va o’rtalarida M.E.Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi xodimlari eski Termizning qal’a qismida qazish ishlarini olib borib, mil.avv. III asrga oid ashyolarni olishga muvaffaq bo’ldilar. Shu bilan birga, Kushon davriga oid Ayritomda qazish ishlarini olib bordi, natijada noyob ashyolar, ya’ni «arfa chalayotgan ayol» haykali topilgan. 1937–1940 yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yodgorliklarida qazish ishlarini olib bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946 yildan 1991 yilgacha bo’lgan tarixiy davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1, 2, 3, Qalaliqir, Quyisoy-2 yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan qal’a o’zining rejalashtirilishi, me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor. S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari keng miqyosda tarixiy obidalarni ro’yxatga olishni olib bordi, natijada 400ga yaqin obidalar topilib, ular antik va o’rta asrlarga oiddir. 1967 yildan boshlab O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filialining arxeologik guruhi Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyati hududida arxeologik qidiruv va qazish ishlarini olib bordi. E.Bijanov Ustyurtdagi qadimgi tosh davri manzillarini, V.N.Yagodin Kerdar madaniyati, Xorazm va ko’chmanchilar aloqalari, A.V.Gudkova Tokqal’a, G.Xo’janiyazov Qo’rg’oshin qal’a, Burli-qal’a, Akchingul yodgorliklarida, M.Mambetullaev Katqal’a, Tuprokqal’a, Voyangan Tuprokqal’a (Xiva), Olmaotishgan-2, Xiva, K.Sobirov Katqal’a, Tuproqqal’a, Xazorasp yodgorliklarida arxeologik qazish ishlarini olib bordilar. Mil.av. IV – milodiy III asrlarga oid bo’lgan shaharlar ko’chmanchilar bilan chegaralarda, daryo sohillarida, sug’oriladigan vohalarda qurilgan bo’lib, mukammal mudofa tizimlariga ega.

Yüklə 50,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə