Kirish I. Bob. O’rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari


Toshkent viloyati hududida antik davr yodgorliklari



Yüklə 50,36 Kb.
səhifə7/12
tarix22.06.2022
ölçüsü50,36 Kb.
#89907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
66 77=0000WORD.

Toshkent viloyati hududida antik davr yodgorliklari. Viloyat hududidagi tarixiy obidalarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi arxeologiya institutining Yu.F.Buryakov, M.I.Filanovich, K.Abdullaev, X.Duke rahbarligidagi arxeologik guruhlari qazish ishlarini olib bordilar, natijada antik davrga oid ashyolar olindi.
Shoshtepa – Salar kanali sohilida joylashgan, to’g’ri burchak shaklda 300x150 m, 4,5 ga. 1978–1979 yilda yodgorlikning janubi-sharqiy qismida joylashgan arkda qazish ishlari olib borildi, natijada III qurilish davri aniqlandi. Arxeologik ashyolarga qarab Shoshtepaning xronologik davri aniqlandi.
Shoshtepa I - (mil.av. V – IV asrlar)
Shoshtepa II - (mil.av III – II asr boshlari)
Shoshtepa III - (mil.av II – I asrlar)

1.1. O’rta osiyoning antik davri.
O‘rta Osiyoning antik davri (mil. av. IV-milodiy IV asrlar) tarixi turli ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan belgilanib, u har bir o‘lkada o‘zgacha kechganligi bilan belgilanadi. Mil. av. IV asrning ikkinchi yarmidan O‘rta Osiyoning janubiy erlari, xususan Sirdaryoning O‘rta oqimigacha bo‘lgan hududlar Aleksandr Makedonskiy tomonidan bosib olinib, uning vafotidan so‘ng (mil. av. IV asrlar oxirida) salavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Mil. av.. III asr O‘rtalarida Janubiy Turkmanistonda Parfiya, O‘zbekiston janubida YUnon-Baqtriya davlatlari qaror topadi. YUnon-Baqtriya o‘rnida mil. av. II asr O‘rtalarida shimoldan siljigan yuechji qabilalari asosida mil. av. I-I asrlarda Kushon davlati davlati vujudga kelib, IV asrgacha hukm suradi. Parfiya davlati III asr birinchi choragida Eronda vujudga kelgan sasoniylar tomonidan bosib olinadi. Kushonlar davlati esa mil. av. III asrdan kushon-sosoniy hukmdorlari tomonidan boshqarila boshlanadi IV asrga kelib shimoldan kelgan ko‘chmanchilar Janubiy O‘zbekistonda kushonlar davlatiga barham beradi. Shimoliy hududlar, xususan Xorazm, Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysi erlari yunonlar ta’siridan chetda qolib, ularning tarixi o‘zgacha siyosiy jarayonlar bilan belgilanadi. Toshkent vohasi hamda Sirdaryoning quyi oqimigacha bo‘lgan erlar mil. av. III asrda tashkil topgan Qang‘ davlati-tarkibiga kirgan bo‘lsa, Amudaryoning quyi oqimi va Farg‘ona vodiysi erlari esa alohida ma’muriy hududni tashkil etib, m. av. II asr boshlaridan Xorazm va mil. av. II asrlardan Davan mustaqil davlatlari vujudga kelib rivojlanadi. Bu esa antik davrida bir-biridan farqlanuvchi janubiy va shimol madaniyati an’analarining rivojlanganligi bilan izohlanib, ularning har birida o‘ziga hos hususiyatlari bilan birgalikda O‘rta Osiyo uchun umumiy bo‘lgan hususiyatlarini ham o‘zlarida mujassam etgan. Janubdagi ellin madaniyati, Gandxara madaniyati (Baqtriyada ko‘proq seziladi) va ko‘chmanchilar madaniyati an’analari ta’siri kuchliroq bo‘lgan bo‘lsa, shimolda, hususan Toshkent vohasida aksincha ko‘chmanchilarning ta’siri kuchli bo‘lgan. O‘rta Osiyoning antik davrida yirik tarixiy-madaniy markazlaridan biri Qadimgi Baqtriya bo‘lib, Amudaryoning ikki tomonidagi erlarni egallaydi. Hozirgi O‘zbekiston va Turkmaniston respublikalarining janubiy hududlarini janubiy Baqtriya erlari tashkil etgan. Mil. av. IV asrda Baqtriya yunon-makedoniyalik qo‘shinlar tomonidan bosib olinadi, Aleksandr vafotidan so‘ng Selevniylar davlati tarkibiga kiritiladi. Mil. av. III asrning O‘rtalarida bu erda mustaqil grek-Baqtriya davlati tashkil topib, mil. av. II asrning ikkinchi yarmida shimoldan kelgan ko‘chmanchi yuechjiylar Kushon davlatiga asos solganlar va ularning hududi Pokiston hamda Hindistonning shimoliy erlarigacha etgan. Mil. av. III asrda Eron sosoniylari tomonidan Baqtriya erlari bosib olingandan so‘ng IV asrgacha kushon-sosoniy hukmdorlari tomonidan boshqarilgan. Antik davri yunon-rim mualliflarining asarlarida O‘rta Osiyo hududida Aleksandr Makedonskiy va salavkiy podsholari barpo etgan shaharlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Masalan, YAksart (Sirdaryo) bo‘yidagi Aleksandriya, Marg‘iyona Aleksandriyasi (salavkiylar davrida bu shahar Antioxiya, deb nomlangan), Marg‘iyona Antioxiyasi, Oks (Amudaryo) bo‘yidagi Aleksandriya. Selavk podsholik qilgan davrda sarkarda Demodam (mil. av. IV asr oxiri yoki -III asrning boshlarida) tomonidan YAksart (Sirdaryo) ortida qal’a qurganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Umuman, keltirib o‘tilgan shaharlarning joylashgan o‘rni va ularning shakli va kurilish usullari to‘g‘risida arxeologik ma’lumotlar asosida ayrim xulosalarga kelish mumkin. Yozma manbalarda keltirib o‘tilgan shaharlar asosan ilgaridan mavjud bo‘lgan shaharlar o‘rnida ellinlar qurilish usullari va me’morchilik an’analari asosida barpo etilganligi arxeologik tadqiqot ishlarida aniqlangan. Ellin shaharsozligi uchun kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi aniq reja asosida kvadrat xom g‘ishtlardan barpo etilgan mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan shaharlar qurish xos. Mudofaa devorlari odatda to‘g‘ri to‘rtburchak minoralar va ularda joylashgan shinaklar bilan kuchaytirilgan. Devorlar ikki qator bo‘lib, ichki tomondan karidor qurilgan. Ichki galareya (uzun xona)da kamonchilar uchun mo‘ljallangan shinaklar joylashgan. Kamonchilan uchun mo‘ljallangan shinaklar ikki qavatda tashkil etilgan. Bu manzara Afrosiyobning ellinlar davriga oid mudofaa devorida to‘liq namoyon bo‘ladi. Bu davrga oid boshqa shaharlar kurilishida ham ellin me’morchilik usullari keng tarqaladi. SHuningdek, O‘rta Osiyoning janubiy o‘lkalarining ellinlar davriga oid me’morchiligida imoratlarni palmetta (daraxt bargi o‘xshash me’morchilik bezagi) va antifiks (shaklan palmettaga o‘xshash) va kungaralar bilan bezatish an’anasi mavjud bo‘lgan. Yuqorida yozma manbalarda nomlari keltirib o‘tilgan shaharlarning zamonaviy tadqiqotchi olimlar tamonidan hozirgi paytda xarobalari saqlanib qolingan ayrim arxeologik yodgorliklar bilan qiyoslab, ularning o‘rnini aniqlashga harakat qilishgan. Masalan, ko‘pchilik olimlar YAksart (Sirdaryo) bo‘yidagi Aleksandriya hozirgi Xo‘jand o‘rnida bo‘lgan, degan fikr bildiradi. Kvint Kursiy Rufning yozib qoldirgan ma’lumotlarda “Aleksandr Ox va Oks daryosiga yaqinlashib, Marg‘iyona shahrini zab etadi va uni o‘zining nomi bilan nomlaydi”. (Qarshiliksiz olinganligi tufayli bu shahar vayron bo‘lmagan). Keyinchilik bu shahar vayron etilib, salavkiylar hukmdori Antiox tomonidan qayta tiklanganligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar mavjud. Ushbu shahar Murg‘ob vohasidagi Gyaurqal’a va Erkqal’a yodgorlari o‘rnida bo‘lganligi to‘g‘risidagi ilmiy fikrlar mavjud. (Gyaurqal’a-shaharning shahriston, Erkqal’a esa arki qismini tashkil etgan). Arxeologik tadqiqot ishlari natijasiga ko‘ra bu yodgorliklar miloddan avvalgi I ming yillikning O‘rtalarida shakllanib, mil. av. III asrning boshlarida shaharning mudofaa devorda ellinlar o‘lchamidagi g‘ishtlardan qayta qurilish ishlari amalga oshirilganligi arxeologik jihatdan tasdiqlangan. Boshqa bir manbada selevkiylar sarkardasi Demodam tomonidan Sirdaryo ortida qal’a barpo qilinganligi to‘g‘risida ham yozma ma’lumotlar mavjud. Bu shahar akademik YU.F.Buryakovning fikriga ko‘ra hozirgi Qanqa yodgorligining dastlabki o‘rnida (maydoni 6,5 gektar) bo‘lgan. Bu yodgorlikning eng qadimgi o‘rni aniq reja asosida, ya’ni to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda ellinlar o‘lchamidagi kvadrat g‘ishtlardan barpo qilingan. SHaharning bir qismida ark joylashgan. SHahar uch tomondan mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Mudofaa devorlarida to‘g‘ri to‘rtburchak minoralar, galareya va ularda joylashgan shinaklar o‘rganilgan. Devor tashqarisida suv to‘ldirilgan chuqur va keng xandak joylashgan. Devor bilan xandak O‘rtasida “berma” yoki “proteyxizm” joylashgan (“berma” yoki “proteyxizm”-dushmanning qarshiligini sindirish maqsadida mudofaa devordan xandakga tomon biroz bo‘rtib chiqgan joy). Ark bilan shahar O‘rtasida ham xandak qazilgan. SHahar arkiga shimoli-sharqiy tomondan pandus orqali kirilgan. SHahar darvoza janubiy-g‘arbda joylashgan. Darvozaning ikki tomonida soqchilar turadigan burjlar (minora)o‘rin olgan. Xandakdan ko‘tarma ko‘prik orqali o‘tilgan.


Yüklə 50,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə