Kirish I. Bob. O’rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari


Amudaryoning o’ng sohili hududidagi qal’alar



Yüklə 50,36 Kb.
səhifə3/12
tarix22.06.2022
ölçüsü50,36 Kb.
#89907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
66 77=0000WORD.

Amudaryoning o’ng sohili hududidagi qal’alar: Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a, Ayozqal’a 1, 2, 3, Katta va Kichik Qirqqizqal’a, Qulqal’a, Qumbosganqal’a, Dumanqal’a, Akshaxon, Tuproqqal’a, Qizilqal’a, Qo’rg’oshinqal’a, Aqchungul, Kuyukqal’a, Gaurqal’a (Sulton Uvays tog’i), Tukqal’a, Jildikqal’a, Burgutqal’a, Ellikqal’a, Uyqal’a, Katta Guldursun, Bozorqal’a, Angkaqal’a, Pilqal’a, Odamliqal’a, Doshqal’a-2 , Tuproqqal’a, Eresqal’a.
Amudaryoning so’l sohili hududidagi qal’alar: Gurganch, Davkasgan, Shoxsanam, Shexrlik, Yarbekirqal’a, Zamaxshar, Ichanqal’a, Bo’ldimsoz, Gaurqal’a (Xo’jayli), Ketmenchi, Tuprokqal’a (Xiva), Tuproqqal’a (Yangiariq), Tuproqqal’a (Kushko’pir), Kunaqal’a, Voyangan, Tuproqqal’a (Shovot), Katqal’a (Shovot) Kalajik, Xazorasp, Chingiztepa 1, 2, 3, Xumbuztepa, Tuprokqal’a (Qo’ng’irot), Sadvar, Jig’arband, Elxaros, Dargon, Gaur 1, 2 (Sariqamish havzasi) va boshqalar. Antik davrda bu shaharlar mustaqil shahar-davlatlar sifatida mavjud bo’lib, harbiy chegara va iqtisodiy madaniy markazlar bo’lgan. Yuqorida qayd etilgan qal’alarni ba’zilarining me’moriy-topografik va mudofa tizimiga e’tiborni qaratamiz.
Yonboshqal’a – To’rtko’l tumani hududida joylashgan, to’g’riburchak shaklda (200x170 m. 3,4 ga) to’rt tomonini ikki qatorli devor o’rab olingan. Avval paxsadan keyin esa to’rt tomoni teng xom g’ishtdan tiklangan (40x40x10 sm). Devor pastki qismi qalinligi – 5 m, balandligi 5-10 m. Darvoza to’g’ri burchakli bir necha aylanma yo’ldan iborat yo’lakka ega bo’lib, uning kengligi – 5 m. Devor va darvoza devorida kungurlar mavjud emas, balki shaxmat uslubida joylashgan nayza o’qi uchli shinaklar mavjud, ular o’rtasidagi oraliq maydoni 1,20-1,84 m, ichki tomonda kengligi 0,18-0,12 sm, tashqi tomonda esa 0,30-0,40 sm. Devorlar burchagida uchta shinak joylashgan bo’lib, turli tomonga yo’nalib, kungur vazifasini bajargan.
Qo’yqirilganqal’a – To’rtko’l tumani hududida joylashib, aylana shaklda qurilgan, hajmi 86,5 m mudofaa devor bilan o’rab olinib, 9 ta kungur bilan mustahkamlangan. Kungurlar yon tomonga emas, devordan ancha baland qilib qurilgan. Yodgorlik markaziy qismida tsilindr shaklida (hajmi 42 m) ikki qavatli inshoot qurilgan. Yodgorlikda astronomik kuzatishlar olib borilgan, keyingi tarixiy davrda qabristonga aylangan (loydan yasalgan ossuariylar ko’plab topilgan).
Xazorasp – Xorazm vohasining janubiy darvozasi bo’lib, eng qadimiy shaharlardan biridir. Yodgorlik tekislikka qurilgan, uning rejalashtirilishi to’rt tomoni teng (10,8 ga), qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, ular o’rtasida kengligi 2,10 m bo’lgan yo’lak o’tgan. Shaharning janubiy-sharqiy burchagida ark joylashgan (hajmi 40x40 m). Yodgorlikning qurilish tarixi to’g’risida yagona ilmiy fikr hanuzgacha mavjud emas, bunga arxeologik qazish ishlarining eng qadimiy madaniy qatlamgacha olib borilmaganligidir. 1958–1960 yillarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari, 1997, 2000, 2003 yillarda Xorazm Ma’mun akademiyasining arxeologiya guruhi xodimlari Xazoraspning bir necha joyida tadqiqotlar olib borilgan, afsuski bu tadqiqotlar tugallanmay qolib ketgan. Devor va kungurlar saqlanib qolgan, balandligi turlicha, ya’ni 5-14 m. Janubiy devor mahalliy aholi tomonidan buzib tashlangan, bu devorda bitta kungur saqlanib qolgan, g’arbiy, shimoliy va sharqiy devorlarda kungurlar yaxshi saqlangan, ular o’rtasida oraliq 10–55 m. Shimoliy-g’arbiy qismi ichki qismidan eng qadimgi paxsa devor topildi, unda to’g’ri burchakli kungur mavjud. Qal’aning masjid qismida, shimoliy-g’arbiy, g’arbiy qismda mudofaa devorini kesish ishlari olib borildi. Natijada shaharning qurilish tarixini mil.av. VII asr bilan belgilash imkonini berdi. Tadqiqotchi Q.Sobirov Bo’ston shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro Simpoziumda qilgan ma’ruzasida Xazorasp yoshini miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oidligini qayd etgan edi. Xullas Xazorasp qal’asida keng miqyosda tegilmaydigan er qatlamigacha arxeologik tadqiqotni olib borish zarur, bu albatta kelajakka oid masaladir.

Yüklə 50,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə