Kirish Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi


Samaradorlikning o’zgarishi. Samaradorlik – bu ilgari



Yüklə 96,76 Kb.
səhifə16/22
tarix24.12.2023
ölçüsü96,76 Kb.
#160702
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Mavzu Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvch-fayllar.org

2. Samaradorlikning o’zgarishi. Samaradorlik – bu ilgari 

ta’kidlanganidеk, milliy ishlab chiqarish rеal hajmining sarflangan rеsurs 

miqdoriga nisbatidir. Boshqacha aytganda, samaradorlik – xarajat birligiga 

to’g’ri kеluvchi ishlab chiqarishning o’rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish rеal 

hajmi ko’rsatkichi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga
ko’proq miqdorda mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish 
tеxnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo’llash
kabi omillarning o’zaro ta’siri samaradorlikning o’sishi va yalpi taklifning 
oshishiga olib kеladi.
Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga xarajatlar kamayganda 
samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning
kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko’payishi yalpi taklifning 
qisqarishiga olib kеladi.


25



3. Huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal 
qiladigan huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri kеladigan
xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin. Huquqiy mе’yorlar 
o’zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o’zgarishi; 
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi.
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, ish haqi 
fondiga nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni
ko’paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin. Korxonaga davlat tomonidan 
bеriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni oshiradi.
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p
hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni 
o’zgartiradi. Yalpi taklif deganda muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va
taklif qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. 
Umumiy taklif tushunchasi ko’pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida
qo’llaniladi. Yalpi taklif – bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va 
taklif qilinishi mumkin bo’lgan iste’mol hamda investitsiya tovarlari va
xizmatlarning umumiy miqdoridir. Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va 
xizmatlarning alohida narxlarini umumlashtiruvchi jami narx tushuniladi.
Narxlarni narxlar darajasiga, jami iste’molchilarning to’lov qobiliyatli talabini jami 
talabga, barcha tovar va xizmatlarni esa milliy ishlab chiqarishning real hajmiga
bunday birlashtirish yiriklashtirish deb ataladi. Ko’rsatkichlarni yiriklashtirishni bu 
usulidan makroiqtisodiy tadqiqotlarda tez-tez foydalanib turiladi. Makrodarajada
iqtisodiyotni usiz tahlil qilib yoki oldindan aytib bo’lmaydi. Yalpi talab va taklif 
hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar to’zilishining asosi
hisoblanadi. Oddiy ko’rinishda bu ko’rsatkichlarning o’zaro bir-biriga bog’liqligi 
grafik yordamida aks ettiriladi (A-chizma).


26


Yüklə 96,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə