Kommutatsiya va marshrutizatsiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə32/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
kkkkk

Ammyy Admin
Internet yoki lokal tarmoq orqali kompyuterlarni masofadan ma’murlashtirish uchun o‘rnatishni talab qilmaydigan dastur hisoblanadi. Olisdagi ishchi stolni ko‘rish va boshqarish, fayllarni uzatish, matnli va ovozli suhbat imkoniyatlarga ega bo‘lgan cheklangan asosiy funksional imkoniyatlarga ega. Dastur juda sodda va intuitiv grafik interfeys bilan jihozlangan.
Avzalliklariga quyidagilar kiradi:
- Dasturni Windows va Linux ostida ishga tushirish imkoniyati;
- Tizim resurslariga talabchan emas;
- Olisdagi ishchi stolning tasviri sifatini avtomatik ravishda/qo‘lda sozlash imkoniyati mavjud”
- Ma’lumotlarni shifrlashning ilg‘or usullari.
Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
- Yetarlicha cheklangan asosiy funksional;
- Ko‘p sonli kompyuterlarni masofadan ma’murlashtirish imkonini beradigan funksiyalarning deyarli to‘liq yo‘qligi;
- Olisdagi kompyuter bilan konsol orqali ishlash imkoniyati yo‘q;
- Mobil platformalar uchun mijoz dasturi mavjud emas;
- Dasturning ba’zi versiyalarida yashirin zararli dastur mavjud.
Bepul versiya oyiga 15 soat ishlash bilan cheklangan. Litsenziya narxiga boshqariladigan personal kompyuterlar soni kiradi. Bitta ish joyining narxi, 11/07/2017 holatiga ko‘ra, o‘rtacha 1300 rublni tashkil etadi.
Remote Master
Remote Master – Windows operatsion tizimiga ega kompyuterlarni masofadan boshqarish uchun dasturiy vosita hisoblanadi.
Dastur olisdagi serverlar va foydalanuvchilar kompyuterlarining ko‘plab tizim parametrlarini konfiguratsiyalashi mumkin, bunda mijoz (boshqariladigan) kompyuterlariga qo‘shimcha o‘rnatish talab qilinmaydi.
Avzalliklariga quyidagilar kiradi:
- Olisdagi kompyuterning dasturiy va apparatlar qismlari haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin;
- Olisdagi Windows-konsol bilan ishlash uchun funksional mavjud;
- Olisdagi kompyuterga ulangan printerlarni boshqarish imkoniyati mavjud;
- Jarayonlar va xizmatlarni masofadan ishga tushirish imkoniyati, shuningdek, olidagi kompyuterning umumiy tarmoq resurslarini boshqarish imkoniyati mavjud;
- Tizim resurslariga past talablar;
Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
- Olisdagi ishchi stolga masofadan ulanish imkoniyati yo‘q
- Matn va ovozli suhbat mavjud emas;
- Ko‘p sonli kompyuterlarni masofadan ma’murlashtirish imkonini beradigan funksiyalarning deyarli to‘liq mavjud emasligi;
- Mobil platformalar uchun mijoz dasturi mavjud emas;
- Fayllarni uzatishni amalga oshiradigan funksional mavjud emas;
Dastur litsenziyani sotib olishni talab qilmaydi va butunlay bepul.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə