Kommutatsiya va marshrutizatsiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə31/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
kkkkk

14– LABORATORIYA ISHI
Windows OS ni masofadan kirishni sozlash (RDP va TeamViewer)


Ishdan maqsad: Windows OS ni masofadan kirishni sozlashni amalga oshirish va ko`nikmaga ega bo’lish
Topshiriqlar

  1. Tarmoqni tuzing va qurilmalarning bazaviy parametrlarini sozlang

  2. Masofadan kirishni amalga oshirishuvchi dasturiy ta’minotlarni taqqoslang

Nazariy ma’lumotlar


Masofadan kirishda qo’llaniluvchi dasturiy vositalar
Hozirgi kunda deyarli har bir tashkilot yoki korxona tarmoqdagi har bir foydalanuvchi uchun Internetga ulanishga ega bo‘lgan o‘z lokal tarmoqlariga ega. Odatda, hatto kichik tashkilotlarda ham korporativ lokal tarmoq turli xil axborot resurslaridan birgalikda foydalanishni o‘z ichiga oladigan ancha murakkab texnik tizim hisoblanadi [1]. Bunday tarmoqlardagi kompyuterlar soni kuchli o‘zgaradi va eng oddiy holatda bir-birlari va Internet bilan doimiy o‘zaro ta’sirlashishadigan 20 ga yaqin kompyuterlarga yetishi mumkin.
Keng ko‘lamdagi lokal tarmoqlar tashkil qilingan korxonalarda ko‘pincha personal kompyuterlarning apparatlar yoki dasturiy ta’minotining yaroqsizliklariga bog‘liq turli xil muammolarni yechishga to‘g‘ri keladi. Yangi personal kompyuterlarning korporativ tarmoqqa qo‘shilishi hisobiga tarmoqning kengayishi bilan vaziyat juda og‘irlashadi. Bunday korporativ tarmoqlar va bu tarmoqlarni tashkil etuvchi kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularning ishlash qobiliyatini doimiy saqlashga ehtiyoj vujudga keladi [2].
Tizim ma’muri korxona tarmog‘idagi personal kompyuterlarning ishlatilishshi jarayonida yuzaga keladigan ham dasturiy ta’minotdagi, ham apparatlardagi muammolarni tuzatish bilan shug‘ullanadi. Ko‘pincha tashkilotlarda faqat bitta odam ma’murlashtirish bilan shug‘ullanadi, bu esa keng ko‘lamli korporativ lokal tarmoq mavjud bo‘lganda juda qiyin va ko‘p vaqt talab qiladigan vazifa hisoblanadi. Bunday hollarda bir kishiga turli xonalarda va har xil qavatlarda joylashgan o‘nlab, hatto yuzlab kompyuterlarga xizmat ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pincha muammolar aynan dasturiy darajada va kamroq apparatlar darajasida vujudga keladi. Dastur darajasida yaroqsizlik yuz berganda, tizim ma’muriga komandalarni masofadan bajarishga va xatolik yuz bergan kompyuterni boshqarishga imkon beradigan dasturiy ta’minotga yordam beradi.
Ravshanki, bunday dasturiy ta’minotga ehtiyoj juda katta [1]. Ko‘pincha korporativ lokal tarmoqlar bir-birlaridan mantiqan ajratilgan segmentlarga bo‘linadi, ular fizik jihatdan tashkilotdagi ma’lum bir bo‘lim bo‘lishi mumkin [2].
Segment yoki bo‘lim tarmoq marshrutizatori yoki ko‘pincha tarmoq kommutatori orqali yagona tarmoqqa birlashtirilgan kam sonli kompyuterlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bunday bo‘limning sxemasi 1-rasmda keltirilgan.

1-rasm. Korxonada buxgalteriya bo‘limi tarmog‘ining umumiy sxemasi

Katta tarmoqlardagi kabi, bunday segmentlarda turli xil muammolar, asosan dasturiy darajadagi nosozliklarga bog‘liq muammolar vujudga kelishi mumkin. Odatda, bunday bo‘limlarda kompyuterlarga masofadan ma’murlashtirishni amalga oshirishga imkon beradigan dasturiy vositalarni o‘rnatish juda o‘rinli bo‘ladi. Juda o‘tkir savol tug‘iladi – tarmoqning aniq bir segmentlari uchun qaysi masofadan nazorat qilish dasturiy vositasi ishlatilishi kerak?


Ma’lum bir bo‘limdagi kompyuterlarda turli xil operatsion tizimlar bo‘lishi mumkin (2-rasm), bu dasturiy ta’minotni tanlashga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday vaziyatlarda platformalararo dasturiy echimlarga ehtiyoj vujudga keladi.



2-rasm. Turli xil operatsion tizimlarda ishlaydigan kompyuterlarga ega bo‘lgan bo‘lim tarmog‘ining sxemasi

Bugungi kunda kompyuterlarni masofadan ma’murlashtirish uchun mo‘ljallangan ko‘p sonli dasturiy ta’minot mavjud. Bunday dasturiy ta’minotlarga misollar TeamViewer, Radmin, AmmyAdmin, AnyDesk, UltraVnc, RemoteMaster va boshqalar hisoblanadi. Bunday ulkan tanlov tufayli masofadan ulanish uchun eng keng tarqalgan va eng keng ishlatiladigan dasturiy vositalarni tahlil qilish va tasniflash, shuningdek ularning afzalliklari va kamchiliklarini ta’kidlashga ehtiyoj bo‘ladi.


Radmin
Radmin personal kompyuterlarni (PK) masofadan ma’murlashtirish uchun bepul dasturiy ta’minot (DT) hisoblanadi. DT ikki qismlar - server dasturi (ma’murlashtiriladigan mashinaga oldindan o‘rnatiladi) va mijoz dasturidan (ma’mur mashinasiga o‘rnatiladi) iborat. U masofadan nazorat qilish dasturiy vositalari ichidagi birinchi bunday DT hisoblanadi. U juda keng funksionalga ega. Windows konsol orqali olisdagi kompyuter bilan ishlash imkoniyati mavjud. Dastur shuningdek, olisdagi ishchi stolni boshqarish uchun qulay grafik interfeysni taqdim etadi. Fayllarni uzatish, matnli xabarlarni almashlash, ovozli suhbat, manzillar kitobini yuritish funksiyalari mavjud:.
Avzalliklariga quyidagilar kiradi:
- Bir nechta ochiq sessiyalar bilan ishlash imkoniyati;
- Olisdagi ishchi stolga ulanmasdan olisdagi kompyuterning Windows konsoli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash mumkin;
- Mijoz dasturida olisdagi kompyuterlardan tashkil topgan “papkalar”ni shakllantirish bilan tarmoqni segmentlarga mantiqiy ajratish imkoniyati mavjud;
- Mijozning ko‘chma versiyasi mavjud;
- BIOSni masofadan sozlash funksiyasi mavjud;
- Ma’lumotlarni shifrlashning ilg‘or usullari.
Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
- Dastur faqat Windows oilasining OTlarida ishlaydi;
- Internet orqali ishlash imkoniyati yo‘q, kompyuterlar orasidagi o‘zaro ta’sirlashish faqat lokal tarmoq ichida amalga oshiriladi
- Mobil platformalar uchun mijoz dasturi mavjud emas.
Bitta personal kompyuter uchun 11/07/2017 yil uchun litsenziyaning narxi 1250 rublni tashkil etadi, 100 tagacha olisdagi kompyuterlar uchun 63500 rublni tashkil etadi. Sinov versiyasi 30 kun davomida amal qiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə