Kompleks birikmalar kimyosi


II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi



Yüklə 65,8 Kb.
səhifə2/6
tarix23.12.2023
ölçüsü65,8 Kb.
#156518
1   2   3   4   5   6
1.18 KBK

II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

  1. mavzu. Kirish. Koordinatsion birikmalar haqida umumiy ma'lumot va tushunchalar

Koordinatsion birikmalar kimyosi fanining qisqacha rivojlanish tarixi. Koordinatsion birikmalar haqida umumiy ma'lumot va tushunchalar. Markaziy atom - kompleks hosil qiluvchi, ligandlar, ichki va tashqi koordinatsion sfera, markaziy atomning oksidlanish darajasi va koordinatsion soni, ligandlaming dentatligi, koordinatsion sigimi, kovalentligi, koordinatsion birikmalarning klassifikatsiyasi va nomlanishi qoidalari, IYUPAK nomenklaturasi. Koordinatsion birikmalarning to‘liq va qisqartirilgan formulalari. Verner-Miolati qatori.

  1. mavzu. Kompleks birikmalar turlari

Aminat va ammiakatlar, gidratlar va akvokomplekslar, karbonillar, atsidokomplekslar, xelatlar, ichki kompleks birikmalar, poligalogenidlar, polikislotalar, rc-komplekslar, ko‘p yadroli kompleks birikmalar, klatratlar, metallotsenlar (sendvich birikmalar), sianidlar, nitrozillar, klaster birikmalar



  1. mavzu. Koordinatsion birikmalarda izomeriya turlari

Fazoviy va tuzilish izomeriyasi, geometrik va optik izomeriya, gidrat izomeriya, ionizatsion izomeriya, bog‘lanish izomeriyasi, konformatsion izomeriya, koordinatsion izomeriya, ligand izomeriya, gidrat izomeriya, koordinatsion polimerizatsiya. Koordinatsion birikma izomeriyasi turining fizik-kimyoviy xossalariga ta'siri.

  1. mavzu. Kompleks birikmalarda kimyoviy bog‘lanish tabiati

Kompleks hosil bo‘lish kuchlarining tabiati haqida. Kossel yondashuvi. Lyuis yondashuvi. Geteropolyar bog‘lar nazariyasi. Koordinatsion kimyoda elektrostatik tasvir. Kompleks ionning energiyasi. Lambert mezoni (radiuslarning kritik nisbati). Ion-dipol ta'sirlashuv. Sidjvik nazariyasi (EAN). Molekulyar simmetriya. Komplekslarning geometrik konfiguratsiyalari. Valent bog‘lar nazariyasi. Past spinli va yuqori spinli komplekslar. Spektrokimyoviy qator.

  1. mavzu. Kristall maydon nazariyasi

Aynigan orbitallar, ligandlar maydoni ta'sirida paydo boTadigan A ayirmasi. d-Elektronli kompleksning kristall maydon ta'sirida barqarorlanish energiyasi. Kristall maydon ta'sirida barqarorlanish energiyasi parametrlari va qiymatlari. Kompleks birikmalaming ranggi. Magnit xossalari. Bor magnetoni. Magnetizm









.
koordinatsion sferaning geometrik tuzilishi. Koordinatsion birikmalaming oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Markaziy atomning tipik bo‘lmagan oksidlanish darajasini mustahkamlanish hodisasi.

  1. mavzu. Kompleks birikmalar sintezi va reaksion xususiyatlari. Koordinatsion birikmalarni fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiqoti

Koordinatsion birikmalar sintezi strategiyasi. Sintezning bevosita va bilvosita usullari. Termodinamik va kinetik jihatdan boshqariladigan sintez reaksiyalari. Monodentat, bidentat va xelatli koordinatsion birikmalar sintezi. Makrosiklik ligandlar asosidagi kompleks birikmalar sintezi. Ko‘p yadroli birikmalar sintezining o‘ziga xos xususiyatlari. Kompleks zarrachalarining templant sintezi. Muvozanatni muzlatish bilan bog‘liq sintez usullari. Kompleks zarrachalar reaksiyalarining turlari. Reaksiyalarni tavsiflashning rasmiy kinetikasi. Koordinatsion birikmalaming kinetik barqarorligi haqida tushuncha.
Kompleks birikmalar kimyosida fizik-kimyoviy usullami qo‘llashning umumiy jihatlari. Diffraktsion usullar (rentgen difraksiyasi, elektron difraksiyasi, neytron diffraksiyasi). Spektroskopik usullar (YaMR-, EPR-, IQ-, UB-, Raman va hokazo). Elektrokimyoviy usullar (potensiometriya, polyarografiya). Ekstraksiya usullari. Kalorimetrik usullar: termik tahlil usullari. Eruvchanlik tadqiqotlari. Ion almashinish usullari. Kompyuterda modellash.

  1. mavzu. Kompleks birikmalarning amaliy jihatlari

Tirik organizmlardagi koordinatsion birikmalar. Biokoordinatsion kimyo tushunchasi. Biokomplekslar va bioklasterlar.
Noorganik kislotalaming anionlari bilan biokomplekslar. Aminokislotalar va oqsillar bilan biokomplekslar. Porfirinlar bilan biokomplekslar. Metallarning zaharliligini kompleks hosil bo‘lishdagi o‘mi. Koordinatsion birikmalardan foydalanishning asosiy jihatlari. Platinaning murakkab birikmalari saratonga qarshi dorilar sifatida. Kompleks birikmalar asosidagi materiallar: lyuminestsent, magnit, fotoxrom va boshqalar. Kompleks birikmalaming qoTlanish sohalari: analitik, organik, bionoorganik kimyo, kimyoviy texnologiya, metallkompleksli katalizatorlar, klaster moddalar.
Kompleks birikmalar kimyosining rivojlantirishda o‘zbek kimyogarlarining xizmatlari.


  1. Yüklə 65,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə