Korrupsiya lot. Corrumpere — buzmoq


Singapur davlati 1965 yil



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə6/15
tarix04.05.2023
ölçüsü37,19 Kb.
#108443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Коррупция 9 10 мавзу лотин Документ Microsoft Word 2

Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi o‘tkazilgan bir qator tadbirlar bu davlatda korrupsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi. Birinchi navbatda bu erda byurokratik jarayonlar engillashtirilib sud tizimining mustaqilligi oshirildi (sudyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga). SHu bilan birga korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar og‘irlashtirilib, fuqarolarga korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Li Kuan YU Singapurda urchib ketgan korrupsiyani ildizi bilan quritib tashlash maqsadida dastlab qonunlarni kuchaytirdi, ijtimoiy fikr korrupsiyaga jamiyatga jiddiy tahdid soluvchi jinoyat, deb qarashni o‘rgatdi: o‘tirib qolgan mamlakat ittisodiyotini rivojlantirish va korrupsiya holatlarini aniqlash byurosini tuzdi. Li Kuan YU byuro rahbariga hech bir rahbar mulozimda bo‘lmagan vakolatlarni berdi. Jumladan, echim uchun bir sutka vaqt ajratdi. Rahbarga sutkaning 24 soati davomida istagan paytda shaxsan o‘ziga qo‘ng‘iroq qilishiga ruxsat etdi. Maxfiylikni yo‘qotib, jazo bobida, hatto, eng yaqinlarini ham shafqatsiz ayamadi.Boshqaruvga eng kuchli odamlarni jalb etgan holda, hokimiyatdagi bilimdon va omilkor xodimlarga (aynan shu toifadagilargina halol va aqlli hokimiyatni tuzishga qodir) katta maosh berish orqali korrupsiyaga barham berishga kirishildi. Bir qator davlat idoralarida ommaviy “tozalashlar” o‘tkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun mamlakatga namoyish qilindi. YUqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar ro‘yxatida ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. SHuningdek, davlat xizmatchisining ahloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan.
1994 yilning 31 dekabrida chop etilgan “Finansial Times” gazetasi 1995 yilni “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb e’lon qilingan. Birlashgan Millatlar tashkiloti esa korrupsiyaga oid savodxonlikni tashviqot qilish uchun 9 dekabrni “Korrupsiyaga qarshi kurashning” xalqaro kuni deb ta’sis etdi va ushbu kun 2004 yildan boshlab nishonlanib kelinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (XXR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni engish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.




Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə