Korrupsiya lot. Corrumpere — buzmoq


Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatchilikning xavfsizlik va jamiyat taraqqiyotiga soladigan quyidagi tahdidlari mavjud



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə7/15
tarix04.05.2023
ölçüsü37,19 Kb.
#108443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Коррупция 9 10 мавзу лотин Документ Microsoft Word 2

Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatchilikning xavfsizlik va jamiyat taraqqiyotiga soladigan quyidagi tahdidlari mavjud:
Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir.
Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazadi.
Ikkinchidan, jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir”, degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi.
Uchinchidan, jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi.
Islohotlar davrining muayyan qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa, yosh avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishi va qaror topishi mumkin.
To‘rtinchidan,pul hokimiyatga intiladi”, degan bir ibora bor. Lekin bu pul jinoiy yo‘l bilan topilgan bo‘lsa-yu, uning egalari jamiyatning hokimiyat tuzilmalariga chiqib olsalar, ular qanday usullar bilan boshqarishlarini tasavvur qilish qiyin emas.
Hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi.
Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi.

Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə