L. Yeyler, J. Venn, R. Dekart hayoti va ilmiy faoliyatini o’rganish



Yüklə 16,28 Kb.
səhifə1/2
tarix27.04.2023
ölçüsü16,28 Kb.
#107284
  1   2
L. Yeyler, J. Venn, R. Dekart hayoti va ilmiy faoliyatini o’rgan-fayllar.org (1)


L. Yeyler, J. Venn, R. Dekart hayoti va ilmiy faoliyatini o’rganish

Shahrisabz davlat pedagogika institute Pedagogika fakulteti BT-3-22-guruh Talabasi Xudoyqulova Orzigulning boshlang’ich matematika fanidan tayyorlagan mmmmkmTaqdimoti


Mavzu: L. Yeyler, J. Venn, R. Dekart hayoti va ilmiy faoliyatini o’rganish.
Reja:

  • L. Yeyler hayoti va ilmiy faoliyati.

  • J. Venn hayoti va ilmiy faoliyati.

  • R. Dekart hayoti va ilmiy faoliyati.

Eylerning nomini tanimagan yoki eshitmagan matematik albatta yo‘q. Matematikaga oid chop etilgan kitoblarning deyarli barchasida hech bo‘lmasa bir marta Eylerning nomi albatta qayd etiladi. Hozirgi zamonda o‘rta maktablarda o‘tiladigan trigonometriya va logarifmlarga oid qoidalar va hisob-kitob usullarini ham aynan Eyler ishlab chiqqan izchillik asosida tushuntiriladi.


Leonard Eyler - matematika rivojiga eng salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan biridir. U o‘z ilmiy ishlarida cheksiz kichik miqdorlar analizi usullarini eng birinchi bo‘lib tadbiq qilgan bo‘lib, olimning bu boradagi uch jilddan iborat fundamental ilmiy ishi, zamonaviy matematik analizning tamal toshini qo‘yib bergan edi. o‘sha uch jild asar quyidagicha nomlangan: "Analizga kirish", "Differensial hisob", hamda, "Integral hisoblash". Eylerning ushbu asarlari hozirda insoniyat tafakkuri yaratgan eng yuksak ilmiy asarlar qatoriga kiradi. Aynan shu ishlar tufayli, analiz sohasi matematikada o‘ziga xos mustaqil fan sifatida shakllanib chiqdi.
Leonard Eyler 1707-yilning 15-aprel sanasida Shveytsariyaning Bazel shahrida dunyoga keldi Eylerni Leonard 13-yoshida Bazeldagi seminariyalardan biriga, falsafadan ta'lim olish uchun o‘qishga joylashgan.
1723-yilda Eyler Bazel maktabida magistr darajasini qo‘lga kiritadi. Eyler 1727-yilda Peterburg Fanlar Akademiyasida adyunkt darajasiga erishdi. Ya'ni, bu akademikdan quyiroq ilmiy daraja edi. 1731-yilda esa unga Fizika Professori unvoni berildi va Akademiyaning haqiqiy a'zoligiga qabul qilindi.
1733-yilda esa, Eylerga o‘z ustozi - Bernulli o‘zi egallab kelgan lavozimni - oliy matematika kafedrasini topshirdi.. 1752-yildagi ishlarida Eyler ko‘pyoqlarning yoqlari, qirralari va uchlarining soni orasidagi nisbatlar haqida yozadi hamda, o‘zidan avvalroq Dekart taxmin qilgan, lekin, isbotlay olmagan matematik qonuniyatlarni isbotlab beradi 1765-yilda Eyler aylanayotgan qattiq jismlar uchun differensial tenglamalarni yechish usullarini ishlab chiqadi. Hozirda bunday tenglamalarni "Aylanayotgan jismlar uchun Eyler tenglamalari" deb yuritiladi

Yüklə 16,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə