Lingvistika linguistics



Yüklə 345,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix31.12.2021
ölçüsü345,48 Kb.
#81732
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
inomjon-azimov.-ashurali-zohiriy-va-elbekning-milliy-fonetika-xususidagi-qarashlari

Biz  hozir  tili- 

mizni tekshirish davridamiz. Tilimizni tekshira borsaq, eshitilmagan 

so‘zlar, bilinmagan dovushlar, ehtimol chiqib qolar. Bu vaqt tamg‘ala- 

rimiz ortdirilar yoki kamaytirilar. Chunonchi, bir necha   yuz  yillik 

tajribalar orqasida o‘ruslar alifbosidan ba’zi harflarni chiqarib tash-

ladilar. Bu bilan fo‘netika jahatidan tilga hech bir zarar ham еtkani 

yo‘q. Balki osonroq bo‘ldi. Bizda ham qondoq bo‘lishini keyingi tajri- 

balar ko‘rsatadur

” [Жамолхонов, Умаров  2017, 304]. 

Albatta, bunday fikr birdaniga paydo bo‘lgani yo‘q. Dastlabki 

16

Inomjon  AZIMOV 



vazifa eski imlochilar fikrini yеngib, 3 unlili imloni 6 unliga keltirish 

edi. Birdaniga 3 unlidan 9 unliga o‘tish o‘ta qiyin vazifa ekanligini 

ular  yaxshi  tushunib  yеtganlar.  Bu  haqda  Elbek  shunday  yozadi:         

“6 cho‘zg‘i (unli)ning o‘zbek tiliga еtarli javob bera olmaslig‘i  oldin- 

roq  sezilmasada,  so‘ngg‘i  choqlar,  oyniqsa,  yangi  alifbega  ko‘chish 

oldida ochiq sezila boshlag‘on edi. Faqat u choqdag‘i yangi alifbega 

ko‘chish oldidag‘i cho‘zg‘i janjali 9 ustida emas, 6 ustida bo‘lub kelga- 

nidan, to yangi alifbega ko‘chmaguncha bu to‘g‘rida so‘z ochish og‘ir 

edi. Harf illatchilarining shovqini hali bosilmag‘on bir davrda 6 dan 

9 ga ko‘chish tugil, shu 6 ning o‘zin saqlab qolish katta muvaffaqiyat 

edi. Mana shuning uchunda 1926-yilg‘acha 9 cho‘zg‘i ustida og‘iz och- 

quchilar oz ko‘rindi, to‘g‘risi, bu masala ustida ortiqcha bosh qotiril

-

madi

 [Elbek 1929].  

Tadqiqotchilarning fikricha, 9 unlili vokalizm tarafdorlarining 

o‘sha yillarda faollashuvida 1926-1927-yillarda yuzaga kelgan “Bir- 

lashgan (mushtarak) turk alifbosi” yaratish g‘oyasining ham ta’siri 

bo‘lgani shubhasiz. Chunki bunday mushtarak alifboning yaratilishi- 

da ko‘pchilik turk-tatar tillariga xos bo‘lgan singarmonizm qonuni- 

yatining hisobga olinishi taqozo qilinardi, ayni paytda, bu g‘oya eski 

o‘zbek adabiy tili vokalizmiga hamda hozirgi ayrim qishloq sheva- 

lariga xos bo‘lgan kontrast juftliklarni adabiy til uchun me’yor deb 

belgilash imkonini ham berardi [Жамолхонов 2009, 75]. 

1926-yilda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan turkologlar qurulto- 

yida lotin alifbosiga asoslangan yangi alifboga o‘tish to‘g‘risida   qa-

ror qabul qilinadi va bu alifbeni barcha turk jumhuriyatlarida  qabul 

etishni tavsiya qilinadi. Mazkur qurultoydan so‘ng O‘zbekistonda 

ham yangi alifboga o‘tish bo‘yicha jiddiy harakatlar boshlanadi. Shu 

yili Samarqandda yangi alifboning 1-Kengashi o‘tkaziladi. Kengash 

yig‘ilishiga O‘zbekistondagi barcha taniqli tilshunoslar taklif qilina-

di.  Kengashda  lotin  alifbosiga  asolangan  yangi  alifboning  loyiha 

varianti muhokama qilinadi hamda o‘zbek adabiy tili uchun unlilar 

miqdorini 9 ta deb belgilab beradi. Bu haqda Elbek o‘zining maqo- 

lasida ma’lumot berib o‘tadi: “Kengashning ko‘rsatkan cho‘zg‘ilari 

quyidag‘ilar bo‘lib, bular hali ham ishlatilmakdadur: 

1) Ust cho‘zg‘ilar: 



a, ə - qol, kəl.

2) O‘tru cho‘zg‘ilari: 



o, ө, u, ү – qol, ko‘l, qul, kul.

3) Ost cho‘zg‘ilari: 



е, , і – kel, til, qiz.

Yuqoridagi 9 cho‘zg‘ini qalin ingichkalikka bo‘lganimizda 



o, u, , a 

qalin so‘zlarda ishlatila turg‘on cho‘zg‘ilar 



е, і, ү, ө, ə 

ingich- 


ka  so‘zlarda  ishlatila  turg‘on  cho‘zg‘ilar  deyiladi”  [Жамолхонов, 

Умаров 2017,  228].



17

Ashurali Zohiriy va Elbekning milliy fonetika xususidagi qarashlari


Lekin unlilar borasida Elbekning qarashlarida ham qara- 

ma-qarshiliklar uchraydi. Tilimiz xususiyati yaxshi tekshirilganda, 9 

ta  unli ham kamlik qilishini aytadi. “Qara”, “bola” so‘zlarida birinchi 

bo‘g‘indagi “a”  unlisi bilan ikkinchi bo‘g‘indagi “a” unlisi o‘rtasida 

o‘zaro farq borligi, qisqa “i” bilan cho‘ziq “i” o‘rtasida yana bir tovush 

borligi,  ular uchun ham alohida harflar olish lozim, deydi. Shuning 

uchun unlilar sonini 12 ta deb belgilash bo‘yicha taklif beradi deydi 

[Жамолхонов, Умаров  2017, 230]. 

Yuqorida ta’kidlanganidek, 9 unli masalasida jadidlar o‘rtasi- 

da yagona fikr mavjud emas edi. Bu xususda Botu shunday yozadi: 

“Biz mushtarak alifbe qabul qildik; to‘qqiz cho‘zg‘i oldik, biroq janjal 

butunlay yеchilgani yo‘q. To‘qqiz cho‘zg‘ining tilimiz uchun ozligini 

da’vo qiluvchilar bo‘lgani kabi, bularning ko‘pligini isbot etuvchilar 

ham bor. O‘zbek tilining xususiyati, taraqqiysi o‘zbek yangi alifbesi- 

da bir qancha yangiliklarni to‘ldirishni talab qilar ekan, mutaassiblik 

qilish  yaramaydi.  Biz,  modomiki,  yangi  alifbe  –  o‘zbek  alifbesi,  bi- 

rinchidan, mehnatkashlarning savodsizligini bitirishga xizmat qila-

di va shunday bo‘lishi kerak, der ekanmiz, amalda ham shu tomon 

borishimiz kerak. Bir necha yillik tajribamiz hozirgi to‘qqiz cho‘zg‘i 

omma uchun so‘ng darajada og‘irlik kelishini ko‘rsatdi” [Боту 2004,  

121-122].

Unlilar miqdori bo‘yicha shunday bahs-munozaralar, qar- 

shiliklar ta’sirida Elbek ham chekinishga majbur bo‘ladi.  “Qizil 

O‘zbeksiton”  gazetasining  1933-yil  15-oktabrdagi  sonida  “Alifbe-                   

mizni ixchamlash uchun” degan maqola e’lon qiladi. Mazkur maqo- 

lada tilimizdagi unlilar miqdorini keskin kamaytirish masalasini 

qo‘yadi. Ashurali Zohiriy tavsiya qilganidek, 5ta unli tarafdorlari 

fikrlarini quvvatlaydi. Unlilarni qisqartirish unlilar rolini inkor qilish 

emas, balki bu orqali ta’limda qulaylik yuzaga kelishi hamda yozuv- 

dagi kamchiliklar o‘z-o‘zidan barham topishi mumkinligini aytadi: 

“Albatta cho‘zg‘ilarni qisqartirish – cho‘zg‘i ro‘lini inkor qilish emas, 

lekin tildagi har bir tovush orqasidan chopqanimizda, jumladan, 

ro‘lig‘a baho bermagan bo‘lamiz. Yuqoridag‘i kichkina misoldan shu 

onglashilishi kerakki, biz cho‘zg‘ining ko‘payishi bilan bizdagi ayrim 

tovush xususiyatlarini saqlab qolish bilan birga o‘zimizni qiyin holg‘a 

qo‘yg‘on va hatto har bir so‘zning har bir bo‘g‘ini uchun ham ayrim 

cho‘zg‘ilar qabul etishka majbur bo‘lg‘on bo‘lamiz. Aksini ishlatka- 

nimizda bu narsadin yеngil qutila va tilimizni ham bundan bo‘shata 

olamiz”, deydi [Элбек  2001, 68].


Yüklə 345,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə