Lingvistika linguistics


Inomjon  AZIMOV  Undoshlar xususida



Yüklə 345,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix31.12.2021
ölçüsü345,48 Kb.
#81732
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
inomjon-azimov.-ashurali-zohiriy-va-elbekning-milliy-fonetika-xususidagi-qarashlari

18

Inomjon  AZIMOV 


Undoshlar xususida 

O‘zbek tilida undosh tovushlarni belgilashda jadidlar o‘rtasi-

da deyarli turli qarashlar kuzatilmaydi. Faqat arab tiliga xos bo‘lgan 

harflarni (

ح

 (hoyi hutti), 



ژ

 (je), 


ض

 

 (zod), 



ص

 

(sod)



ظ

 



(zo)

,  


ط

 

(to)



ث

 



(se)

ذ



 

(zol))


 

  alifbodan  chiqarib  tashlab,  23  ta  undosh  bo‘lishi         

kerak, degan xulosaga kelinadi [Фитрат  2006,  142]. 

 Bu undoshlar  quyidagilar:             

 

(f)



 



(q)



 

(k)


 



(g),

 

ػ



  

(n - ng)


 



(l),

 



 

(m),


 

 



(n),

 



 

(g‘)


 



(h)



 (v),

 ؠ 


(y)



 

(b),


 

 



(p),

 



 

(t)


 



(j),

 



 

(he),


 

 



(x)



 

(s),


 

 



(sh), 

د

 



(d)

ر



 

(r),


 

ز

 



(z).

 

1921-yilda o‘tkazilgan O‘lka qurultoyida Fitrat taklifi asosida 



undoshlar uchun mana shu 23ta harf qabul qilinadi [Жамолхонов  

2009, 77]. Ashurali Zohiriy va Elbek ham Fitrat takliflarini quvvat

-

lab, undoshlarning 23 ta bo‘lishi o‘zbek tili uchun ma’qul qoida eka-



nini tasdiqlaydilar. Jumladan, Elbek o‘zining “Yozuv yo‘llari” darsligi- 

da  o‘zbek tilida undoshlar soni 23 ta deb belgilaydi.

 Jadidlarning asosiy xizmatlaridan biri shu bo‘ldiki, ular milliy 

alifboga “ng” (ң) tovushi uchun alohida harf kiritdilar. Bu haqda Boy

-

mirza Hayit shunday yozgan edi: “Jadidchilar arab harflarini qulay 



o‘rgatmoq va turkchani to‘g‘ri talaffuz ettirmoq uchun arab harfla- 

ridagi 


fatxa, kasra va zamma

  ishoratlari  o‘rniga  alohida  harflarini     

ilova qilgandilar. Ular bu alifbega turklarning eng eski “ng” harfini 

ham  qo‘shdilar.  Turkistonda  alifbe  shu  tariqa  yaratilgandi”  [Boy-

mirza Hayit, 1981].

20-yillarning ikkinchi yarmidan turkiy tillarda lotin yozuvi- 

ga o‘tish siyosatining kuchayishi natijasida o‘zbek ziyolilari o‘rtasida 

ham lotin yozuvi tarafdorlari ortib bordi. Lotin yozuvining afzalli-

gi, dunyoga chiqish uchun asosiy vosita bo‘lishi, yozuv tizimimiz 

ham osonlashishi bo‘yicha turli munozaralar, matbuotda mavzuga 

bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi. 

1926-yil 26-fevral  3-mart kunlari Bokuda Birinchi Butunit- 

tifoq  turkologiya  qurultoyi  bo‘ldi.  Qurultoyda  O‘zbekistondan  Ra-

him In’omov, Ashurali Zohiriy, Shokirjon Rahimiy, Elbek, G‘ozi Yunus 

va boshqalar vakil bo‘lib boradilar. Fitrat bu anjumanga yirik sharq-

shunos olim sifatida “alohida chaqiruv bilan” taklif etiladi. Qurultoy- 

da turkiy xalqlarning lotin alifbosiga o‘tishlari haqida qaror qabul 

qilindi. 1929-yilning may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Til va imlo 

anjumanida lotin alifbosiga o‘tish haqida qaror qabul qilindi. Fitrat, 

Ashurali Zohiriy, Cho‘lpon, G‘ozi Olim, Qayum Ramazon, Elbek,  Ab

-

dulla Alaviy, Shokirjon Rahimiy singari mashhur olim va yozuvchilar, 



ko‘zga ko‘ringan madaniyat xodimlari, ziyolilar lotin yozuvi asosida- 

19

Ashurali Zohiriy va Elbekning milliy fonetika xususidagi qarashlari


gi yangi o‘zbek alifbosi va imlosini ishlab chiqish, uni hayotga joriy 

etish ishiga katta hissa qo‘shdilar [Тоғаев 2006,  83]. 

O‘sha davrda qabul qilingan o‘zbek alifbosi quyidagicha edi:

A a


B ʙ

C c Ç ç D d E e

Ə ə

F f G g


Ƣ ƣ

H h I i


J j K k L l M m N n

O o


Ө ө

P p Q q


R r

S s


Ş ş

T t U u V v X x Y y Z z

Ƶ ƶ

 

'



Lotin  yozuviga  o‘tilgandan  so‘ng  alifboni  yanada  ixcham

-

lashtirish,  matbaa  ishlarida  qulayliklar  yaratish  maqsadida  undosh-          



lar xususida ham munozaralar paydo bo‘ladi. Elbek ham bu muno- 

zaralarda faol qatnashadi. Xususan, g (g) va ƣ (g‘) harflari haqida 

fikr  yuritib, o‘zbek tilida “g‘”ning kam qo‘llanishi, shuning uchun “g‘” 

va “g” uchun bitta “g” olish alifboda ancha qulaylik yaratishi mum- 

kinligi haqida aytadi. Shu bilan birga, “h” va “x” masalasida to‘xta-

lib, ko‘pchilik ularni farqlamasligi, shunga ko‘ra ikkalasi o‘rnida bitta 

“h”ni  qoldirish  taklifini  o‘rtaga  tashlaydi:  “Yuqoridag‘ilardan  tash- 

qari  bizda  chatoqliq  chiqara  turg‘on  harflardan  “h”  va  “x”  harflari 

bor.  Bularning  birini  tashlash  kerak,  albatta.  Bizdagi  “h”  harfi  ikki 

harf o‘rnig‘a yuritilib keladi. Biroq, biz tilimizni tekshirganimizda 

bu tovushlarning har yеrda har xil bo‘lib ishlanishini ochiq ko‘ramiz, 

arabcha nuqtasiz 



h

 ni esa, ishchi, kulxuzchi ommasi sira ayta olmay- 

dur, ammo “h”ni qattiq “x” o‘rnida va, aksincha ishlatishlar ham har 

vaqt uchraydi. Masalan: Toshkentda “ho‘l”,   “xo‘l”, “har”ni “xar”  ra- 

vishda qo‘llanish, buning boshqa ko‘p joylarda shunday davom eti-

shi so‘zimizni isbot eta turg‘on dalillardir. Buning uchun, meningcha 

faqat  “h”ni qolib, “x” oradan tashlanishi kerak, chunki “x” ko‘p mil- 

latlarda “x” emas, balki “ks” bo‘lib o‘qiladi” [Элбек  2001, 69].

Albatta,  bu  olimning  shaxsiy  fikrlari,  lekin  o‘sha  paytdagi  

“g‘”li so‘zlar kam, degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki “Navoiy 

asarlarining izohli lug‘ati”da 300ga yaqin “g‘”li so‘zlar borligini ino- 

batga olsak [Фозилов 1983, 226-266], Elbekning fikrlariga qo‘shilib 

bo‘lmaydi. “h” va “x” xususida ham shunday fikrlarni aytish mumkin. 

Keyingi ikki yil ichida amaldagi alifboni o‘zgartirish borasidagi fikr-

lar ichida ham shunday takliflar bor. Bizningcha, har ikki harfni o‘z 

holicha qoldirish, maqsadga muvofiq.



Xulosa 

Yuqoridagi  ma’lumotlardan  shunday  fikr  kelib  chiqadiki, 

o‘zbek tili qonun-qoidalari haqida ilmiy qarashlar har doim bahs-

li bo‘lgani, mutaxassislarning o‘zlarida ham nazariy bilimlarning 



20

Inomjon  AZIMOV 


yеtarli  emasligi  va  fikrlarning  xilma-xilligi  ko‘zga  tashlanadi.  Bu 

xususda H.Jamolxonov shunday yozadi: “... hozirgi o‘zbek adabiy 

tili vokalizmini belgilash yuzasidan olib borilgan dastlabki ishlarda 

bu masalaga fonema nazariyasiga tayangan holda yondashilmagan

fonema bilan uning nutqdagi real ko‘rinishlari o‘zaro qorishtirilgan, 

hatto 6 unlili vokalizm tarafdorlari qarashlarida ham bu masalaga       

ilmiy-nazariy asosda emas, intuitiv sezgi asosidagina yondashilgan- 

ligi  ko‘zga  tashlanadi. Shuning  uchun  bo‘lsa  kerak, ularda o‘z fikr- 

laridan chekinish holatlari tez-tez ko‘zga tashlanadi” [Жамолхонов 

2009, 76].

1934-yilda  Toshkentda  alifbo  va  imloga  bag‘ishlangan  Res- 

publika qurultoyi o‘tkazilib, unda o‘zbek adabiy tilida unlilar miq-

dori 9 ta emas, 6 ta deb hisoblash kerakligi haqida qaror qabul 

qilinadi.    Millat  uchun,  milliy  til  sofligi,  uning  qonun-qoidalarini                          

ishlab chiqish yo‘lida jonini tikkan Ashurali Zohiriy, Elbeklarning 

zahmatli mehnati zoye ketmadi. Fikrlar xilma-xilligiga qaramay, mil-

lat taqdiri uchun qayg‘urgan, kerak bo‘lsa jonini bag‘ishlagan millat 

fidoiylarining  sa’y-harakatlari  tufayli  o‘zbek  adabiy  tili  me’yorlari 

bosqichma-bosqich shakllanib bordi.

              




Yüklə 345,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə