M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Meros va hozirgi zamon

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Toshkent shahri, 2017-yil 25-yanvar
Sh. MIRZIYOYEV


6
"O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI, BUYUK DAVLAT VA SIYOSAT ARBOBI 
ISLOM ABDUG'ANIYEVICH KARIMOV TAVALLUDINING 80 YILLIGINI NISHONLASH TO'G'RISIDA" 
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug'aniyevich 
Karimovning ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo'lidagi ulkan tarixiy xizmatlarini inobatga olib 
hamda u kishining xotirasini abadiylashtirish bo'yicha boshlangan ishlarni davom ettirish maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, 
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fon- 
di, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda keng jamoatchilikning O'zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti tavalludining 80 yilligini nishonlash (keyingi o'rinlarda yubiley tadbirlari deb ataladi) to'g'risidagi taklifi 
ma'qullansin.
2. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bo'yicha 
tashkiliy qo'mita (keyingi o'rinlarda Tashkiliy qo'mita deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qo'mita ushbu sanani nishonlash bo'yicha tadbirlar rejasini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin.
Tadbirlar rejasida quyidagilar nazarda tutilsin:
2018-yil yanvar oyida Samarqand shahrida Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasini 
ochish;
Qarshi shahrida Islom Karimov xotirasiga bag'ishlab haykal o'matish va tantanali ochilish marosimini o'tkazish;
"O'zbekkino" Milliy agentligi tomonidan Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratish;
O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan "O'zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyida "O'zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov faoliyati xronikasi (solnoma)" kitobini, "Ma'navi­
yat" nashriyotida Islom Karimovning "Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir", "Yuksak 
ma'naviyat - yengilmas kuch" asarlarini, shuningdek, "Prezidentga maktublar" kitobini nashr etish hamda belgilan- 
gan tartibda ta'lim maskanlari, axborot-resurs markazlari, madaniy-ma'rifiy muassasalar va mahallalarga yetkazish;
Samarqand shahrida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Yozuvchi­
lar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi, 
Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi bilan birgalikda "Islom Karimov-O'zbekiston Respublikasi 
davlat mustaqilligining asoschisi" mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazish;
2018-yilning I choragida "Islom Karimov xotirasiga bag'is,hlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola" tanlovini 
yakunlash va uning g'oliblarini taqdirlash;
ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, turli soha mutaxas- 
sislari ishtirokida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga bag'ishlangan uchrashuvlar tashkil etish.
4. Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tomonidan "Islom Karimov - mustaqil O'zbekiston 
asoschisi" kitob-albomi nashrga tayyorlangani ma'lumot uchun qabul qilinsin.
5. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yubiley tadbirlarida xorijiy mehmonlar, olimlar va ekspertlar 
ishtirokini ta'minlashda hamda ularga respublikaga kirish vizalarining konsullik va boshqa yig'imlar undirilmasdan 
rasmiylashtirilishida amaliyyordam ko'rsatsin.
6. "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasi, "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati yubiley tad- 
birlariga taklif etilgan xorijiy mehmonlar uchun respublika ichki qatnovlariga yo'l chiptalarini band qilish va sotib 
olish, ularni mamlakatimizdagi xalqaro aeroport va temir yo'l vokzallarining VIP zallari orqali kutib olish va kuzatishni 
ta'minlasin.
7. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yubiley tadbirlarini o'z vaqtida va uyushqoqlik bilan o'tkazish uchun 
zarur mablag' ajratsin.
8. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorning
3-bandida nazarda tutilgan yubiley tadbirlarini o'tkazish bo'yicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni ikki hafta muddat­
da ishlab chiqsin va ularning o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlasin.
9. O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot 
vositalariga yubiley bilan bog'liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə