M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39

holat  X -X III  asrlarda  amalga  oshirilgan  salib  yurishlarida  ham  yaqqol 
ko‘zga  tashlanadi.  Salib  yurishlarining  bosh  tashkilotchisi  Rim  papasi 
boshchiligidagi  Katolik  cherkovi  edi.  “Muqaddas  yer”  ya’ni  Kuddusni, 
Iso  Masih qabrini  g ‘ayridinlardan  ozod  qilish  shiori  ostida  olib  borilgan 
urush 
aslida 
bosqinchilik 
harakterida 
boigan. 
Missionerlik 
maqsadlariga,  katta  miqdorda  boylik  orttirishga  asosiy  e ’tibor  qaratildi. 
Tarixdan  shu  narsa  m a’lumki,  Quddusni  egallab  olgach,  shahardagi 
masjidlarga  o ‘t  qo‘yadilar,  nasroniylikni  qabul  qilishni  istamagan 
ko‘plab  kishilami  qilichdan  o ‘tkazishadi.  “Muqaddasni  yer”  ni  ozod 
qilish shiori ostida butun Yevropa nasroniylarini oyoqqa turg‘aza olishdi. 
Salib  yurishlarida  turli  diniy  ordenlar  ishtirok  etishdi.  Odatda  ular 
Quddus va unga tutash shaharlami bosib  olishlari  bilanoq u joylam i tark 
etishardi.  Q o‘shinning  yollanmaligi,  mayorat  tizimining  mavjudligi 
bunga sabab bo ‘lardi.  Salibchilaming asl qiyofasi ayniqsa to‘rtinchi salib 
yurishida  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Salibchilaming  bu  galgi  yurishlari 
Vizantiya poytaxti Konstantinopolni bosib olinishi bilan tugaydi.
Buyuk 
geografik 
kashfiyotlardan 
keyin 
boshlanib 
ketgan 
koloniallashtirish 
siyosati 
davrida 
Katolik 
cherkovi 
yangi 
mustamlakalami 
nasroniylikka 
o ‘tkazish 
maqsadida 
bir 
qator 
missionerlik  guruhlarini  yangi  qit’alarga  yo‘lladi.  0 ‘z  navbatida, 
missionerlik  katolik  cherkovi  doirasida  yangi  yerlami  bosib  olishni 
g ‘oyaviy  asosi  bo‘lib  xizmat  qildi.  M a’rifat  tarqatish,  tibbiy  yordam 
ko‘rsatish  ishlarini  olib  borish  jarayonida  xristianlik  targ‘ibotini  ham 
kuchaytirib  borishgan.  Shu  asnoda  tajriba  osha  borgan  sari,  uning 
faoliyat  doirasi  kengaygan  sari  missionerlar  xristianlikni  qabul  qilgan 
aholi  ichidan  mahalliy  ruhoniy  kadrlar  tayyorlashga  katta  e ’tibor 
berishgan.  1978  yildagi  konklavlarda1  Afrikadan  12  ta  kardinali, 
Osiyodan 9 kardinali ishtirok etgani ana shu harakatning hosilasi edi.
Hozirgi  kunda  missionerlik  sertarmoq  soha  hisoblanadi.  Ular  kirib 
bormagan  mamlakat,  ular faoliyat yuritmayotgan bironta  sohani  topilish 
qiyin.  Zamonaviy  missionerlikka  xos  umumiy  xususiyatlar  sifatida 
quyidagilami aytish mumkin.
1 Католик черковининг энг юкори даражацаги рухднийлари -кардиналларининг кенгаши 
хисобланиб, Папа хам айнан шу кенгаш аъзолари орасидан сайланади.
46


Avvalo,  missionerlik  uyushmalari  o‘z  hukumatlari  tomonidan  turli 
shaklda  ko'm ak  olib  turishlarini  ta ’kidlash  zarur.  Shuningdek,,  ular 
o ‘zlari  faoliyat  yuritmoqchi  bo‘lgan  hududning  aholisi,  demografik 
vaziyat,  iqtisodiy-ijtimoiy muammolari  haqida m a’lumot  olishlari  uchun 
o 'z 
tadqiqot 
markazlariga 
ham 
ega. 
Bugungi 
missionerlik 
uyushmalarining  o‘z  targ‘ibotini  istalgan  tilda,  istalgan  adadda  chop 
ettira  olishlari  ulaming  katta  kuchga  ega  ekanligini  ko‘rsatadi. 
Missionerlik  uyushmalari  dunyo  bo‘yicha  demokratik  qadriyatlar,  inson 
huquqlari  ustuvor  ahamiyat  kasb  etib  borayotganidan  ham  o‘z 
maqsadlari  yo‘lida  ustalik  bilan  foydalanishga  urinishmoqda.  Ularning 
faoliyatlari  qaysiki  mamlakatda  taqiqlansa,  shu  mamlakatda  inson 
huquqlari  poymol  etilayotgani  haqida  jar  solishadi.  “Word  Book” 
ensiklopediyasi  m a’lumotlarga  ko‘ra,  dunyodagi  jam i  missonerlaming 
uchdan  ikki  qismini  katolik  missionerlar  tashkil  etadi.  Shunday  bo‘lsa- 
da, hozirda Protestantlik missionerlikning asosiy homiysi hisoblanadi.
Protestant  oqimlar  orasida  eng  yiriklaridan  biri  adventizm  oqimiga 
1831-yilda Uayt Miller asos solgan.
“Ettinchi  kun  adventistlari”  adventizm  zamirida  paydo  bo‘lgan 
oqim.  1844-yilda  Nyu-Gempshir  shahrida  Elena  Uayt  tomonidan  asos 
solingan.  1860-yilda alohida diniy konvensiya sifatida tan olingan.  1863- 
yildan  o‘z  diniy  tashkilotlarini  tuza  boshlashgan.  Ettinchi  kun 
adventistlari  asosiy  aqida  sifatida  Iso  Masihning  yerga  qaytishiga 
ishonishni  saqlab  qolishgan.  Ma’lumotlarga  ko'ra,  besh  milionga  yaqin 
adventist  bor.  Ular  184  ta  mamlakatda  22 000  dan  ortiq  cherkov,  5  000 
dan  ortiq  o ‘quv  markazlari,  50  ta  nashriyotga  ega.  0 ‘z  faoliyatlarini 
yo‘lga  qo‘yishda  an’anaviy  usullardan  tashqari,  radio,  televideniye, 
internet kabi zamonaviy usullardan ham keng foydalanishadi.
“To‘liq injil  xristianlari” (Pyatidesyatniklar ) -  protestantlikdagi  eng 
yirik  oqim  bo‘lib,  XX  asr  boshlarida  AQSh  da  yuzaga  kelgan.  Diniy 
hayotda  “Muqaddas  Rux  in’omlari”  degan  tushunchaga tayanishadi.  Bu 
oqim  vakillari  insonlaming  qayg‘u-alamlari,  muammolari  va jamiyatda 
o ‘z  o ‘rinlarini  yo‘qotib  qo‘у ishlari  bilan  bog'liq  masalalarga  alohida 
e ’tibor  qaratishadi.  Bu  oqim  vakillari  taxminan  120  million  kishini
1 Я худийларнинг кади ми й “П ятидесятница” байрами  номидан келиб чиккан.
47


tashkil  etadi.  Pyatidesyatniklar,  o ‘z  navbatida,  bir  qator  oqimlarga 
bo‘linadi:
“Xudo  Assambleyalari”  -   1914-yilda  AQSh  ning  Arkanzas  shtatida 
asos solingan.
Xudo  Cherkovi  -   1884-yilda  AQSh  ning  Tennesi  shtatida  asos 
solingan.  Ushbu  cherkov  XVI  asrda  tugagan  reformatitsiyani  davom 
ettirish g ‘oyasini ilgari suradi.
Xalqaro  Birlashgan  Pyatidesyatnik  Cherkovlari  -   1945-yilda  AQSh 
da tashkil etilgan.
Iegovo  Zohidlari  -   1870-yilda  AQSh  ning  Pensilvaniya  shtatida 
tashkil topgan.  Bu  oqim  vakillari  xudoning uch  ko‘rinishga  ega  ekanligi 
haqidagi  ta’limotni  rad  etishadi.  Ular  missionerlikka  alohida  e’tibor 
berishadi.  Iegovo  shohidlari  kishilami  o ‘z  tarafiga jalb  etishning  80  dan 
ortiy uslubidan foydalanishadi.
Missionerlikni  targ‘ib  qilish  haqida  gap  ketganida,  tarix  shundan 
dalolat  beradiki,  ilk  missionerlar  tabiblik  orqali  o ‘z  g ‘oyalarini 
yoyishgan.  U   davrlarda  targ‘ibotning  boshqa  turlari  mavjud  emas  edi. 
Missionerlik  faoliyatini  y o ig a   qo‘yishda  tibbiyot  bugungi  kunda  ham 
targ‘ibotning  eng  samarali  turi  bo‘lib  qolmoqda.  Targ‘ibotning  yana  bir 
turi  xayriya  yordami  ko ‘rsatish  jarayonida  sodir  etilmoqda.  Uyma-uy 
yurib  “xushxabar”  tarqatish  uslubi  ham  keng  tarqalgan.  Shuningdek,, 
aytib  o'tilganidek,  gazeta-jurnallar,  badiiy  adabiyot,  televideniye, 
internet kabi zamonaviy vositalardan ham keng foydalanishadi.
Missionerlik  harakatlari  o ‘z  faoliyatlari  ko‘proq  e’tibor  beradigan 
aholi qatlamlarini tahlil qilish quyidagi xulosalami beradi.
Yoshlaming  jamiyat  hayotida  faol  kuchga  aylanib  borayotganligi 
ulaming  turli  mazmundagi  mafkuraviy  kuchlarning,  markazlaming, 
jumladan  missionerlik  harakatlarining  ta’sir  va  tazyiq  ob’ektlariga 
aylanib  qolishiga  sabab  bo‘lmoqda.  Bunda  ulaming  aholi  qatlamining 
sezilarli  qismini  tashkil  etganliklari,  hayotda  katta  tajribaga  ega 
emasliklari,  tashqi  ta’sirlarga  tez  beriluvchanligi,  ayni  paytda  eng 
harakatchan  qatlam  ekanligi  bilan  belgilanadi.  Ingliz  siyosiy  arbobi 
Edmund Berk “Yoshlaming  ongida qanday kayfiyat  ustunligini aytsang, 
men  senga keyingi  avlodning  tabiati  qanday  boiishini  aytaman” -  deya 
behuda ta’kidlamagan edi.
48


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə