muslimun») uyushmasidir. Bu uyushma diniy-siyosiy tashkilot bo‘lib, u
hayr-ehson va ma’rifatchilik faoliyatidan tortib to siyosiy hayotda terror
usulini qo‘i!ashgacha boMgan murakkab taraqqiyot yoMini bosib o ‘tdi.
Diniy ekstremistik kuchlar 20-asrning 60-70-yillarida Misrda Jamol
Abdul Nosir hukumatini ag‘darib tashlashga urindilar. 1981-yilda esa,
Misr prezidenti Anvar Sadatga suiqasd uyushtirib o'ldirdilar.
1994-yi Ida Qandahor hududida yuzaga kelgan yangi siyosiy
harakat - «Tolibon» harkati ham diniy ekstremizmning Afg‘onistondagi
bir ko‘rinishidir. Ular Afg‘oniston hayotiga o'rta asr diniy tartib-
qoidalarini tatbiq etish, xalqni dunyo madaniyatidan uzib qo‘yish
yoMidan bordilar. Tolibonlar hokimiyat tepasiga kelgach, «Inson
huquqlari
umumiy deklaratsiyasi»
va undagi
mezonlarga amal
qilmadilar. Oddiy insoniy haq-huquqlar poymol etildi. Xotin-qizlami
erkin bilim olish va mehnat qilish huquqidan maxrum etish, ulami yana
chodra va paranji ichiga tiqish yoMida keskin chora-tadbirlar o ‘tkazdilar.
Yigitlarni soqol o’stirib yurishga majburladilar. Navro'zni islomga zid
deb topdilar.
Xullas, tolibonlar o‘zlari egallagan yerlarda ko‘z ko‘rib quloq
eshitmagan xunrezliklarni amalga oshirib jafokash afg‘on xalqiga ko‘p
kulfatlar keltirdilar. Yon qo'shnimiz Tojikistonda diniy ekstermizm 150
mingga yaqin begunoh kishilarning qurbon boMishiga olib keldi. Islom
diniy ekstremizmi turli mamlakatlarda Ьафо b o iajak «islomiy tartib»
o‘matish uchun keskin va agressiv harakat qilish zarur deb hisoblaydi.
Ular o ‘z maqsadlarini
amalga oshirish uchun turli usullardan
foydalanmoqdalar. Bularasosan quyidagilardan iborat:
- Zo'ravonlik, ya'ni terroristik harakatlami amalga oshirish orqali
omma ichida qo‘rquv paydo qilish va o ‘zlarining kuchlarini ko‘rsatish
orqali hukumatga bosim-tazyiq o ‘tkazish;
- Mamlakat iqtisodini turli yoMlar bilan: diversiya, sanoat va
qishloq xo‘jaligi manbalarini izdan chiqarish orqali uni tanazzulga
uchratishga urinish bilan hokimiyatni zaiflashtirish va pirovardida
osonlik bilan ag‘darib tashlash;
- Turli tashkilot va ommaviy axborot vositalarining «beg‘araz»
yordamida go'yo «mamlakatda fuqarolarning vijdon erkinligi huquqlari
buzilmoqda va diniy e’tiqod poymol etilmoqda» kabi sohta, g‘arazli
qarashlarni tarqatib hukumatni din sohasidagi siyosatini buzib ko'rsatish
43
orqali uni obro‘sizlantirish va fuqarolaming unga bo‘lgan ishonchini
yo‘qotish;
- Oz sonli diniy tashkilotlarga qarshi xujum uyushtirib, hatto
ulardan ba’zilami namoyishkorona jismonan yo‘q qilish yo‘li bilan
dinlararo va millatlararo nizo keltirib chiqarishga urinish orqali
mamlakatda beqaror vaziyatni vujudga keltirish va undan o‘z maqsadlari
yo‘lida foydalanish;
- Islomiy m a’naviy-ma’rifiy ishlami zimdan tashkil etish orqali
mamlakatni islomlashtirish va soddadil fuqarolar ongiga asta-sekin
xorijiy va mahalliy doiralarning ekstremistik g’oya va maqsadlarini
singdirib borish. Oqibatda tayyor boMgan ijtimoiy ongni kerakli vaqtda
o‘z diniy ekstremistik maqsadlarini amalga oshirish uchun osonlik bilan
yo‘naltirib yuboradigan holatga keltirish va boshqalar.
Diniy ekstremizmning yuqorida qayd etilgan ko‘rinishlari bir
vaqtning o‘zida namoyon boMishi, sharoitga qarab ba'zilariga alohida
urg'u berilishi mumkin. Ulaming Q ur'on oyatlariga asoslanishi
Islomning sof g ‘oyalarini jam iyatga tatbiq etish uchun emas, balki
yurtdoshlarimizning e ’tiqodini chalgMtish va islom omili orqali
xokimiyatga intilishdan boshqa narsani ko‘zlamaydi. Shuning uchun
islom dini va islom fundamentalizmi haqida so‘z ketganda. bu ikki
tushunchani bir-biriga aralashtirib yuborish kerak emas.
Diniy ekstremizm qanday nomlanmasin yoki qanday ko'rinishga
ega boMmasin, uning asosiy maqsadi jangari guruhlami shakllash orqali
hokimiyat tepasiga kelishdan iborat.
Umuman,
«fundamentalizm»,
«ekstremizm»,
«terrorizm»,
«fanatizm» kabi so‘zlar tom m a’noda hokimiyat uchun kurashuvchi
ijtimoiy-siyosiy guruh va oqimlarga tegishlidir.
3 .Missionerlik tushunchasi, mazmun va mohiyati
Missionerlik
haqida
so‘z
borar
ekan,
eng
avvalo
ushbu
tushunchaning mazmun-mohiyatiga e’tibor berish lozim. “Missionerlik”
atamasi
lotincha “missio”so‘zidan olingan boMib, o ‘zbek tilida
“yuborish”, “vazifa topshirish”, shundan kelib chiqqan xolda missioner
so‘zi esa, “vazifa bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik
44
esa, belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan nazariy va amaliy
faoliyat jarayonini o ‘zida ifoda etadi.
Missionerlik
xatti-harakatlarlarining
paydo
bo‘lishiga
doir
adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu so‘z asosan xristian dini
bilan bog‘lanadi. Missionerlik, unga xos bo'lgan xususiyatlar tahlil etilar
ekan, har yili qayta nashr etiladigan “Word Book” (Jahon kitobi)
ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalami
o 'z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”, - fikri qayd
etilgan. Moskvada
nashr etilgan “Kirill va Mefodiyning katta
ensiklopediyasi” da “Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o ‘z
e ’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati”, - degan ta’rif
keltiriladi.
Umuman olganda turli lug‘at va adabiyotlarda keltirilgan ta’rif-
tavsiflar bir-biriga juda yaqin bo‘lib, ularga tayangan holda quyidagi
xulosalami ilgari surish mumkin. Avvalombor, missionerlik bir dinga
e ’tiqod qiluvchi halqlar orasida boshqa dinni targ‘ib qilishni anglatadi.
Bunday harakatning dastlabki ko'rinishlari miloddan avvalgi III asrda
Hindistonda buddizm doirasida ro‘y bergan.
Xristianlikda esa,
missionerlik IV asrda paydo bo'lgan. Rivojlangan davlatlar tomonidan
mustamlakachilik harakatlari kuchaygach, katolik missionerlari mazlum
xalqlar orasida ham o 'z xatti-harakatlarlarini kuchaytira boshlashdi.
Shuningdek,, xristianlik doirasida tashkil etilgan turli diniy ordenlar
yangi mustamlakalar bosib olishda ham, mustamlakachillika qarshi
milliy ozodlik harakatlarini bostirishda ham faol ishtirok eta boshlashdi.
Shunisi e’tiborga molikki, missionerlik rivojlanib borgan sari tegishli
tashkiliy asoslar ham yaratib borilgan. Xususan katolik missionerlariga
rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662-yilda Diniy targ‘ibot
kongregatsiyasini (1968-yildan “Xalqlami Injilga e ’tiqod qildirish
kongregatsiyasi) ta’sis etgani fikrimizning dalili bo‘la oladi. Rim papasi
Piy XII ning “Prinseps postorum” (1959), Pavel VI ning “Populorum
progressio” (1967) nomalari, II Vatikan soborida (1962-1965)
missionerlik masalalariga bag‘ishlab qabul qilingan maxsus dekret qabul
qilingani ham bu yo'ldagi ishlar tadrijiy tashkil etilganini ko‘rsatadi.
Missionerlik
muassasalari
yirik
kapital
va
yer-mulklami
tasarruflariga olib, o ‘z mamlakatlarining kolonial hududlarda olib
borayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlashja ham faol ishtirok etishgan. Bu
45
Dostları ilə paylaş: |