Маданият назарияси


 madaniyatni ta’sir etish ob’ekti sifatida  o‘zlashtiradi;  2



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
madaniyatshunoslik

1.
 madaniyatni ta’sir etish ob’ekti sifatida  o‘zlashtiradi; 
2
.  madaniy  qadriyatlarni  tashuvchi va ifodalovchisi sifatida konkret  madaniy 
muhitda faoliyat ko‘rsatadi; 
3. 
madaniy ijod sub’ekti sifatida madaniyatni rivojlantiradi. 
Madaniyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, uning shaxsiy hayotida tutgan 
o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalarimizga yakun yasab, shuni aytish mumkinki, tabiat 
stixiyali qonunlar asosida rivojlanib borsa, insonning ichki dunyosini shakllantirish 
maqsadli,  yo‘naltirilgan  asosda  tashkil  etilishi  mumkin.  Bunda  madaniyat 
insoniyatga shunday imkoniyatni yaratuvchi muhim vosita bo‘ladi. 
Forobiy  «Aql  ma’nolari  haqida»  risolasida,  aql  bir  tomondan  ruhiy  jarayon, 
ikkinchi  tomondan  tashqi  ta’sir,  ta’lim-tarbiyaning  natijasi  ekanligini  uqtiradi. 
Forobiyning fikricha, aql faqat insongagina xos bo‘lgan tug‘ma quvvat, ruhiy kuch 
bilan  bog‘liqdir.  Uning  aql,  umuman  bilish  haqidagi  ta’limotida  mantiq  (logika) 
ilmi  muhim  o‘rin  tutadi.  U  «Mantiq  san’ati  kishiga  shunday  qonunlar  haqidagi 
ma’lumot  beradiki,  bu  qonunlar  vositasida  aql  chiniqadi,  inson  sog‘lom  fikr 
yuritishga  o‘rganadi,  -  deb  yozgan  edi.  Forobiy  mantiq  ilmi  bilan  grammatika 
o‘rtasidagi  mushtaraklikni  qayt  etar  ekan,  mantiqning  aqlga  munosabati 
grammatikaning  tilga  munosabati  kabidir,  degan  fikrni  bildiradi.  Grammatika 
odamlar  nutqini  tarbiyalagani  kabi,  mantiq  ilmi  ham  tafakkurni  haqiqiy  yo‘ldan 
borishi uchun aqlni to‘g‘rilab turadi. 
Forobiy logikasi musulmon SHarqida  mantiqqa oid fikrlarning rivojiga katta 
turtki berdi. Uning bilish, mantiq, aql haqidagi fikrlari inson tafakkuri rivoji uchun 
xizmat  qiladi.  Aqllilik      bilimlik  va  mantiqiy  fikrlash    bilan  chegaralanmay,  u 
ma’lum axloqiy prinsiplar va axloqiy madaniyatni o‘zlashtirishni ham ham taqozo 
etadi.  Har  bir  davrda  jamiyat    axloq,   madaniyat  mezonlari  bilan  baholanar  ekan, 
madaniyatli  inson  ahloqsiz,  e’tiqotsiz,  imonsiz  va  aqlsiz  insonlardan  farqlanib 
turgan.  «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, -degan edi Forobiy,- ular fazilatli, 
o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etuvchi 
iste’dod egasi bo‘lib, ular yomon ishlardan o‘zlarini chetga olib yuradilar.  YOmon 
ishlarni  o‘ylab  topish  uchun  zehn-idrokka  ega  bo‘lganlarni  aqlli  deb  bo‘lmaydi, 
ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim»
4

Forobiy  o‘rta  asrlar  sharoitida  birinchi  bo‘lib  jamiyatning  kelib  chiqishi, 
maqsad  va  vazifalari  haqida  izchil  ta’limot  yaratdi.  Bu  ta’limotda  madaniyatli 
                                           
4
 Маънавият юлдузлари. - Т., 1999, 67 бет. 
 


 
 
 

jamiyatning ko‘p  masalalari – davlatni boshqarish, ta’lim tarbiya, ahloq, ma’rifat, 
diniy e’tiqod urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan. 
 Tabiat qonunlari kabi, insonning  tabiati, ya’ni madaniyati ham tabiiy muhit, 
ijtimoiy  borliq  va  tarixiy  davrlar  ta’sirida  doimiy  ravishda  o‘zgarib  turadi.  Bu 
o‘zgarish faqat ilgarilab borish yoki yangi qadriyatlarning vujudga kelishidangina 
iborat  bo‘lmasdan,  balki  biror-bir  sohadagi  buzilishlar,  inqiroziy  alomatlarning 
kuchayishi  tufayli  ham  sodir  bo‘lishi  mumkin.  Hozirgi  zamon  ilmiy  texnika 
taraqqiyotining  tabiiy  muhitga,  ma’naviy  hayotga  va  boshqa  sohalarga  salbiy 
ta’siri  fikrimizning  dalilidir.  «Inson,-degan  edi  N.Berdyaev,-  eng  oliy  darajadagi 
tarixiy mavjudotdir. Inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonda mujassam».   
Madaniyatshunoslik  fani  madaniy  tarixiy  davrlarni  tahlil  qilishda  bilishining 
uch bosqichini tabiiy birlikda olib qarashga harakat qiladi. 
1)  Konkret  davrning yaxlit qiyofasini,  ya’ni uning  badiiy  obrazini  yaratishga 
intiladi; 
2)  Insoniyat  borlig‘ining  umumiy  dinamikasida  davrning  ma’naviy  o‘rnini 
aniqlaydi  (ijtimoiy  ong  tarixida,  fanda,  san’at  va  falsafada  o‘rganiluvchi  davrga 
berilgan bahoning evolyusiyasini ham o‘z ichiga oladi). 
3)  Konkret davrning «mazmuni»ni  tahlil qiladi,    uning  muammolarini bizga 
qanday  ta’sir  etishini,      hozirgi  vaziyatning    sotsial  va  individual  kamchiliklarini 
ko‘rsatadi. 
Madaniyat  tiplari  tarixiy  davrlarga  qarab  o‘zgarib  turadi.  Davrlarning 
almashinishi bilan madaniyatda sifat o‘zgarishlari ham yuz beradi. Konkret tarixiy 
davrda  yashagan  kishilarning  dunyo  to‘g‘risidagi  tasavvurlari,  bilimi,  ma’naviy 
qadriyatlari  to‘g‘risida  atroflicha  ma’lumotga  ega  bo‘lishimiz  uchun  biz  shu 
davrning 
madaniyatiga 
murojaat 
qilishimiz 
lozim. 
SHuning 
uchun 
madaniyatshunoslik  fani  turli  xalqlarning  madaniy  rivojlanishi  tarixini  jahon 
madaniy  taraqqiyotining  tarkibiy  qismi  sifatida  o‘rganish  bilan  birga,  konkret 
tarixiy  davrning  ijtimoiy  taraqqiyotida  tutgan  ma’naviy  rivojlanishi  bosqichlari, 
umumiy qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. 
Madaniyatshunoslik   ijtimoiy turmush voqeliklarini yagona mazmun asosida 
anglashga  yordam  beradi.  Ko‘plab  betakror  va  mustaqil  madaniyatlardan  tashkil 
topgan  jahon  sivilizatsiyasining  birligi  va  xilma-xilligini  ko‘rsatadi.  Kishilarning 
fuqarolik va ma’naviy etuklikka erishishlarida, fikrlar va qadriyatlar plyuralizmini 
ko‘ra  bilishda  muhim  ahamiyatga  egadir.  Har  qanday  davrning  xususiyati  va 
darajasi madaniyat rivoji bilan o‘lchanadi. 
 Madaniyatshunoslik  fani  insonda  ziyolilik  hissini  tarbiyalash  kabi  muhim 
tarbiyaviy  vazifani  ham  bajaradi.    «Kishi  qanchalik  ziyoli  bo‘lsa,-degan  edi 
D.S.Lixachev,-  u shuncha ko‘p tushunadi va o‘zlashtiradi, uning dunyoqarashi va 
qabul  qilish  doirasi  shunchalik  kengayadi.  Kishining  madaniy  saviyasi  qanchalik 
tor  bo‘lsa, u hamma  yangiliklarga va  «juda  eski»likka nisbatan  shunchalik befarq 
bo‘ladi,  o‘zining  eski  odatlari  bilan  yashaydi.  Dunyoqarashi  tor  bo‘lib,  hamma 
narsaga  shubha  bilan  qaraydi.  O‘tmishning  madaniy  qadriyatlarini  va  o‘zga 
millatlar  madaniyatlarini  bilish,  uni  saqlash,  ko‘paytirish,  estetik  qimmatlarini 
qabul  qila  bilishining  rivojlanib  borishi  madaniy-taraqqiyotining  eng  muhim 
vositalardan  biri  bo‘lib  hisoblanadi.  Insoniyat  madaniyati  rivojlanishi  tarixi  bu 


 
 
 

nafaqat yangi, balki eski madaniy qimmatlarni izlab topish tarixidir. SHuningdek, 
o‘zga  madaniyatlarni  bilish  ma’lum  ma’noda  gumanizm  tarixi  bilan  qo‘shilib 
ketadi.  Bu  boshqa  xalqlarga  nisbatan  hurmat,  to‘g‘ri  ma’nodagi  bardoshlilik, 
tinchlik tilash demakdir
5

Madaniyatni ilmiy tushunish oddiy ongdan quyidagilarga ko‘ra farq qiladi.  

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə