Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə29/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Nonning kimyoviy tarkibi nonlarning turiga, qanday va qaysi nav undan tayyorlanganligiga va non ishlab chiqarish uchun qanday qo‘shimcha xomashyolar ishlatilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Nonda asosiy moddalardan biri uglevodlardir. Uglevodlarning miqdori nonda ularning turiga qarab 40—58% ni tashkil etadi. Nonlarda oqsillarning miqdori o‘rtacha 4,7— 9,0 % bo‘ladi.
Non ishlab chiqarish xomashyoni tayyorlash va o‘lchash, xamir qorish va oshirish, xamirni shaklga solish va tindirish, pishirish va sovitishdan iborat. Non tayyorlashning har qaysi jarayoni tayyor mahsulotning sifatiga katta ta’sir etadi.
Non va bulka mahsulotlarining xili va turi juda ko‘p.
Unning turiga qarab non bug‘doy, javdar, javdar-bug‘doy nonlariga bo‘linadi. Retsepturaga qarab oddiy, yaxshilangan va yog‘li; pishirilish usuliga qarab shaklli va pechda yopilgan, sotilish usuliga qarab, tortib sotiladigan va donalab sotiladigan xillarga bo‘linadi.
Bug‘doy non. Oddiy bug‘doy noni (tortib va donalab sotiladigan), yaxshilangan bug‘doy non, baton, bulka, turli bulochkalar va yog‘-sutda qorilgan xamirdan tayyorlangan mahsulotlardir.
Bug‘doy nonning oddiy xili 1- va 2-nav va jaydari undan tayyorlanadi.
Parhezbop nonlar navi. Bunday mahsulotlarga maxsus retsept bo‘yicha tayyorlangan va turli kasalliklarga chalingan kishilarga mo‘ljallangan non mahsulotlari kiradi.
Nonning parhezbop navlariga oqsilli-kepakli bug‘doy unidan tayyorlangan nonlar kiradi, ularda hazm bo‘ladigan uglevodlar juda kam miqdorda bo‘lib, qand kasaliga uchragan kishilarga mo‘ljallanadi. Oshqozon-ichak kasalliklari bilan kasallangan bemorlar uchun esa nordonligi past bo‘lgan va tuz qo‘shilmagan nonlar ham ishlab chiqariladi.
Nonlarning sifatiga talablar. Nonning sifati organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Nonning asosiy organoleptik ko‘rsatkichlariga tashqi ko‘rinishi, ta’mi, hidi va non mag‘zining holati kabi ko‘rsatkichlari kiradi.
Nonning shakli to‘g‘ri, non turiga mos bo‘lishi, sirtqi yuzasi silliq, yaltiroq, yoriqlarsiz, qizarib pishgan holda bo‘lishi kerak. Nonlarning mag‘zi yaxshi pishgan nonga xos, elastik, g‘ovaklari bir tekis mayda ko‘zchalardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Nonlarning ta’mi va hidi yoqimli, o‘ziga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə