Maktab-pedagogik tizim sifatida



Yüklə 311 Kb.
səhifə1/24
tarix27.05.2023
ölçüsü311 Kb.
#113574
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Maktab-pedagogik tizim sifatida


5-MAVZU: TA'LIM MUASSASASI MENEJMENTI.
MAKTAB-PEDAGOGIK TIZIM SIFATIDA

MA’RUZA MASHG’ULOTLARI:


1. “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuida ta’lim tizimini boshqarish. Ta’limni boshqarishda vakolatli davlat organlari va ularning huquqlari.
2. O`zbekiston Respublikasining “Umumiy o`rta ta’lim xaqida”gi Nizomi. Maktab - pedagogik tizim va boshqarishning ob’ekti sifatida. Maktabni boshqarish

3. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha.
4. Ta'lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari.
5. Direktor va uning o'rinbosarlari vazifalari va Ta'lim muassasasida metodik ishlar.


Tayanch iboralar: Boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish, rag'batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish, menejment, umumiy o'rta ta'lim maktabi, direktor, muasssis, boshqarish tamoyillari, pedagogik tahlil, tashkil etish, pedagogik kengash, ichki nazorat, ma'naviyat, ma'rifat,usul, malaka, bilim, mahorat, tajriba

Ta’lim to`g`risida”gi Qonuida ta’lim tizimini boshqarish. Ta’limni boshqarishda vakolatli davlat organlari va ularning huquqlari.


Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo’lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to’g’ri tashkil etilishi juda muhim.
Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o’ta muhim hisoblanadi.Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko’rsatish demakdir.
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko’ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo’yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o’rniga «o’zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo’llanilmoqda.Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o’zaro hurmat bilan tavsiflanadi.Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi O’zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o’zini vakolatlik doirasida:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqaradi; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi;
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga bo’lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;
o’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etadi, o’quv va o’quv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;
ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to’g’risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi.
Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:
Xalq ta’limi bo’limlari, shuningdek, mahalliy hokimlik organlari tasarrufiga kiradi va unga bo’ysunadi.
Qoraqalpoq respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati ikki yuqori organ nazorati ostida tashkil etiladi:
Yuqorida qayd etilgan organlar maktab faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boradi va uning rivojini ta’minlash uchun ko’maklashadi. Ularning vakolatiga maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlarini tayinlash ham ikradi.
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspektsiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq ta’limi bo’limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini o’rganadi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg’or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni anihlab, ularni bartaraf etish yo’llarini izlaydi, maktab direktori va o’qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko’rsatadi.
Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o’rta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo’naltirilgan faoliyatidir.
Bir yilda bir marta o’tkaziladigan maktab konferentsiyasi ham jamoatchilik boshqaruviga kiradi. Konferentsiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi.Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat ko’rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom, ta’lim muassasasalarining Ustavi – ta’lim muassasalarini boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati. O’zbekiston Respublikasining «Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida»gi Nizomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli Qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:
Umumiy qoidalar.
Umumiy o’rta ta’limning maqsadi va vazifalari.
Umumiy o’rta ta’limni tashkil etish.
O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.
Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Umumiy o’rta ta’limni boshqarish.
Mablag’ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.
Xalqaro hamkorlik.
Nizomga asosan, umumiy o’rta ta’limning maqsadi o’quvchilarni davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini ro’yobga chiqarish hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’lim mazmunini yoritish Nizomning asosiy g’oyalaridan biri bo’lib, majburiy va qo’shimcha komponentlar umumiy o’rta ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi.
Majburiy komponent davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi va o’quvchilarni tayyorlashning o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta o’rganish va kasb egallash uchun yetarli bo’lgan zarur darajasini belgilaydi.
Qo’shimcha komponent o’quvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Qo’shimcha o’quv yuklanmalarining hajmi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan normativlariga muvofiq belgilanadi. O’quvchilar bilim sifati va ta’lim natijalarining davlat ta’lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat o’tkazish ham nazarda tutiladi.
Bosqichli nazorat o’quv yili tamom bo’lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlandi va o’quvchini navbatdagi sinfga o’tkazish to’g’risidagi qaror qabul qilinadi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo’lmagan ta’lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarining faoliyati, shuningdek, me’yoriy hujjatlardan biri sanalgan Ustav yordamida ham amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko’rsatiladi:
davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zahirasini egallash yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;
bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga o’rgatish).SHuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo’yiluvchi talablar, o’qituvchi, o’quvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.
Mazkur o’quv yurtida o’quvchilar ta’lim standartlari asosida ta’lim olish uchun intilishlari, ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilarning o’quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o’zlashtirishlarini ta’minlashlari zarur. Ta’lim muassasasi rahbari (direktori) esa o’quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta’min etadi, o’quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to’laqonli rioya etilishi, ma’naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.Ustavda o’z-o’zini boshqarish, jamoada o’zaro munosabatning o’rnini kabi masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. CHunonchi, ta’lim muassasasining direktori o’qituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan so’zlar bilan muomala qilish huquqiga ega emas.O’zbekiston Respublikasida amalda bo’lgan «Umumiy o’rta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaffaq namunaviy Ustavi» Xalq ta’limi Vazirligining 221-sonli (1998 yil 17 dekabr), «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Ustavi» esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998 yil 5 yanvar) Qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta’limni boshqarishning vakolati mas’ul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida ro’yxatdan o’tkaziladi.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan o’rni, uning turi, ta’lim tili, guruh raqbarlari, o’qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishi ko’rsatib berilgan.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:
Qisqacha ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar.
Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.
Ta’lim muassasasini boshqarish;
a) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o’z-o’zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;
b) pedagogik-jamoa Kengashi;
v) direktor, uning huquq va burchlari;
g) direktorning o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarining huquq va burchlari;
d) ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining huquq va burchlari.
O’quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:
a) ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlari bo’yicha ishlab chiqilgan o’quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;
b) o’quv jarayonini tashkil etish;
v) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
g) ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish tartibi;
d) qo’shimcha pulli mashg’ulotlarni joriy etish;
j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg’ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar).
O’qituvchi. Huquq va burchlari.
O’quvchi. Huquq va burchlari.
O’quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.
Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari.

Yüklə 311 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə