Maktabgacha pedagogika


Asosiy tashxislash usullariga quyidagilar kiradi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/4
tarix21.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#97532
1   2   3   4
3-mavzu

Asosiy tashxislash usullariga quyidagilar kiradi:
1. Bolaning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi.
2. Shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi: - tashxislovchi kirish suhbati;
- Kern-Irasek tizimi bo‘yicha tashxislar;
- Venger metodi bo‘yicha tashxislash ( grafik diktant ).
3.Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi:
Bolalarning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savolnoma (mativatsion tayyorgarlik);
- bolalarning matematik tushunchalarini aniqlovchi savolnoma;
- bolalarning ogzaki savodxonligi va nutqi rivojlanganligini aniqlovchi savolnoma.
4. Tekshirishning qo‘shimcha shakllari:
- ko‘rish xotirasi;
- eshitish xotirasi;
- mazmun xotirasi;
- tasavvuri va ijodiy fikrlashining rivoji;
- ogzaki – mantiqiy fikrlash rivoji;
- ma’lum joyda, hududda mo‘ljal olish rivoji;
- matematik tushunchalari rivoji;
- tasvirlash faoliyati bo‘yicha ko‘nikma va uddalashi rivoji;
- o‘zi va o‘zining tasvirlash faoliyatiga munosabatini ifodalash.
Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash.
Maktabga qabul qilinishdan oldin barcha bolalar o‘z yashash joylaridan bolalar poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik bo‘yicha shifokorlardan iborat bo‘lgan tibbiy komissiya tekshiruvidan utishi shart. Ular bolaning sog`ligi va maktabga
tayyorgarligi haqida o‘z xulosalarini berishadi. Mazkur tekshiruvning erta bahorda o‘tkazilishi bolada aniqlangan yetishmovchiliklarni yoz davomida dispanserizatsiyada to‘ldirib olish imkonini beradi. Harakatning asosiy turlari, qo‘l muskullari sport o‘yinlarining oddiy ko‘nikmalari, harakadavomida rivojlanganligini musobaqa, estafeta tarzida o‘tkaziladigan sport va harakatli o‘yinlar davomida tekshirish mumkin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə