Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə8/73
tarix28.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#132904
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat” fanidan o‘quv uslubiy

Savol va topshiriqlar?
1.Maktabgacha ta’limda innovatsion jarayonlar necha bosqichdan iborat?
2.Maktabgacha ta’limda innovatsion jarayonlar bosqichlari uzviyligini ta’minlash uchun tarbiyachi tomonidan qilinishi kerak bo`lgan ishlar nimalardan iborat?
2.O`zbekistonda ta’lim tizimiga kirib kelgan innovatsiyalarning ahamiyatini qanday izohlaysiz?
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarning mazmuni qanday izohlaysiz?
7. Maktabgacha ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarning qonuniyatlarining o‘ziga xos jihatlari nimadan iborat deb o`ylaysiz?


Adabiyotlar:
1. Belyaev, V. I. Sevimlilar. Shanba ilmiy ish [matn] / B. I. Belyaev. - M.: Sizning bosmaxonangiz, 2010. - 430 b.
2. Karascelova, T. M. Biz qarsak chayqalayapmiz / T. M. Karascelova // Praleska. - 1991. - № 5. - S. 3.
3. Hamyon, N. N. Ta'limdagi innovatsiyalardan barqaror rivojlanish manfaati uchun ta'limgacha. - 2009. №1. - S. 10-16.
4. Kudryavtsev, V. T. Innovatsion maktabgacha ta'lim: tajriba, muammolar va rivojlanish strategiyalari / V. T. Kudryavtsev // Maktabgacha ta'lim. - 1997. - № 7,10,12; 1998. - № 5,10, 11,12.
5. Mixayenko, N. Maktabgacha ta'lim: mazmunini yangilash bo'yicha ko'rsatmalar va talablar / N. Mixayenko, N. Korotkova // Maktabgacha ta'lim. - 1992.-№ 5-6. - S. 17-27.

4-mavzu.Ilg‘or pedogogik tajribani shakllantirish, o‘rganish, umumlashtirish bosqichlari va ulardan foydalanish.
Reja:

  1. Ilg‘or tajribani umumlashtish bosqichlari

  2. Ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan ko‘zlangan maqsad.

  3. Pedagogik tajribani to’plash tizimi

  4. Ilg‘or tajribani umumlashtish va tarqatish

  5. Ilg’or pedagogik tajribani o’rganishda materiallar to’plash

  6. Ilg’or pedagogik texnalogiyalar


Tayanch so‘z va iboralar: Pedagogik tajriba,ijodiy yondashuv,pedagogik hodisa, o‘qitish shakllari, kreativlik, innovatsion loyihalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalar

Pedagogik faoliyat o’z mehnatiga ko’ra ijodiy tavsifga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan aniqlanadi. Pedagogik ijodkorlik majmui – pedagogik tajribadir.


Ilg’or pedagogik tajriba deganda o’qituvchining o’z pedagogic vazifasiga ijodiy yondashishi, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi shakl, metod va vositalarini izlab topishdir.
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogic hodisa va qonuniyatlarni ochish o’quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar kiritadi, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi turdagi o’quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi.
Pedagogik tajriba o’qituvchining o’quv ishlari jarayonida egallaydigan bilim, ko’nikma va malakalari yig’indisidir. Pedagogik tajribani to’plash pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u pedagogic faoliyatni samarali tashkil etish omili hisoblanadi.
Pedagogik tajribani to’plash tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:

  1. Maqsadni belgilash.

  2. Ma’lumotlarni to’plash.

  3. Ma’lumotlarni tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish.

  4. Yutuqlarni aniqlash va amaliy faoliyatga tatbiq etish.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə