Maktabgacha ta’limda texnologik jarayonlarni loyihalashtirish bosqichlari. Reja



Yüklə 30,06 Kb.
səhifə4/8
tarix05.05.2023
ölçüsü30,06 Kb.
#108727
1   2   3   4   5   6   7   8
loyiha maruza 3

Nihoyat amalga oshish qonuni yangilikning hayotiyligi bo’lib, u erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi.
Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipga tushirish va amaliy harakatga o’tish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Bunday holatda pedagogik qolip (stereotip) qoloqlikka, boshqa yangiliklarning amalga oshish yo’liga to’siq bo’lishga majbur bo’ladi.
Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar:
Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o’tadi, ya’ni innovatsion jarayonda unga bo’lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart-sharoitlari tizimi, usullari va yo’llariga ongli munosabat bo’lmaydi.
Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir.
Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M.Levina, M.Ya.Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:

  • madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv;

  • shaxsiy faoliyat jihatidan (ta’limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;

  • ko’p sub’ektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;

  • individual - ijodiy (tarbiyachi va talabalarning o’zaro munosabatlari) yondashuv.

Pedagogning innovatsion faoliyati
Oliy maktabda innovatsion faoliyatning sub’yekti tarbiyachi, uning shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda tarbiyachi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo’ladi.
S.M.Godninning ishlarida talabaning shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning sub’ekti sifatida yoritiladi. Unga quyidagilarni kiritadi: o’qitishning hozirgi va kelgusi bosqichlari uchun qabul qilingan o’quv - tarbiya jarayonining maqsadi, vazifasi va ko’rsatmalarini anglay bilish; intellektual mehnatning yangi tadbirlarini egallash; maqsadga muvofiq kasbiy o’z-o’zini tarbiyalash va mustaqil tahsil olish, qiyinchiliklarni a’lo darajada enga bilish, o’sish va mustahkam o’rin egallashning kengayayotgan intellektual va kasbiy imkoniyatlari, istiqbollari bilan qoniqish, o’zining sotsial roli, funktsiyasini bajarishida faol munosabatda bo’lish va hokazo.
Innovatsion pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o’z-o’zini boshqarishi va o’zini- o’zi safarbar qila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo’nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish.
Bunday yo’nalish talabalarning o’quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o’z ichiga oladi.
Tayanch yo’nalishlar - ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, ularning o’zaro aloqalarida yangi tamoyillarga o’tish.
Shunday qilib, innovatsion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng muhim yo’nalishi gumanistik aksiologiya ekan degan xulosaga olib keladi.
Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o’zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamini anglatadi.
Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi.
Tarbiyachining innovatsion faoliyati tuzilmasi
Tarbiyachining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi.
V.A.Slastenin tarbiyachining innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi.
Akmeologiya (akme) - yunoncha oliy nuqta, o’tkir, gullagan, yetuk, eng yaxshi davr degan ma’nolarni bildiradi.
B.G. Ananev, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan yo’g’rilgan inson hayotining eng ijodiy davrlari, etuklik bosqichlari to’g’risida fikr yuritadilar. Ular etuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga etishdagi balandliklardan o’ta olish masalalari bilan shug’ullanganlar.
V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko’rishiga olib keladigan sub’ektiv va ob’ektiv omillarini asoslab berdi. Ob’ektiv omillarga olingan ta’limning sifatini, sub’ektiv omillari esa insonning iste’dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishidagi mas’uliyati, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko’rsatiladi:

  • iste’dod nishonalari;

  • uquvlilik;

  • qobiliyat;

  • iste’dod;

  • oila tarbiyasi sharoiti;

  • o’quv yurti;

  • o’z xatti-harakati.

Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:

  • ijodiy individuallik;

  • o’zining o’sish va takomillashish jarayoni;

  • o’z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.

Tarbiyachining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:

  • intellektual - ijodiy tashabbus;

  • bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliya ti;

  • ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;

  • axborotlarga tashnalik, muammolardagi g’ayriodatiylikka va yangilikka bo’lgan his-tuyg’u, professionalizm, bilishga bo’lgan chanqoqlik (N.V.Vishnekova).

V.A.Slastenin ijodiy individualizmni ro’yobga chiqarishning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilaydi:

  • ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish;

  • samarali va ahamiyatli meyorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni topish;

  • shaxsning o’z taqdirini o’zi belgilash va o’zini o’zi namoyon qila olishi asosida o’z rivojlanishini ta’minlash;

Shu tariqa tarbiyachining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs rivojlanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi.
Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o’z-o’zini anglash quyidagilarni qamrab oladi: o’zini boshqalarga qiyos qilish asosida o’z shaxsining betakror ekanligini anglay olishi; o’zi to’g’risidagi kreativ ko’rinishlar va tasavvurlari to’plami; individual kreativ o’ziga xosliklarning bir butunligi va uyg’unligi, ichki birligi; shaxsning o’z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida shakllanishi; shaxs o’zini namoyon qila olishi va o’zining muayyan ishlarni amalga oshirishga hozir turganligi; ijodkor sifatida o’zini baxshida qila olishi va shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o’zining o’rnini anglay olishi (V.A.Slastenin).
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv tarbiyachining kasbiy mahorati cho’qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
Tarbiyachi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.

Yüklə 30,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə