“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117072
  1   2   3   4   5   6   7   8
162-168



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-20, Issue-2, November - 2022
 
162
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA
TALABALARNING IJODIY 
QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARINI 
VA SAMARODARLIGINI OSHIRISH USLUBLARI 
 
Ochilova Mo`tabar Safoevna
Toshkent Arxitektura qurilish instituti o`qituvchisi
Mavzuning dolzarbligi
. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy 
sohalarida bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni 
taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi orqali respublikamizning kelajak 
intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda rivojlanishini belgilab 
beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib 
tarbiyalashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. SHuning uchun ta’limda eng muhim strategik 
yo‘nalish bo‘lib ta’lim muassasalarini innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha 
ta’lim muassasalarida, ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis pedagog 
kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim orqali intellektual mulkni tayyorlash va intellektual 
mulk tizimini innovatsion faoliyat ko‘rinishida amalga oshirish bugungi kunning 
dolzarb masalasi hisoblanadi.
 
Ijodiy qobiliyatlarni (kreativlik) baholashda berilgan 
vazifani 
yechishning 
"engilligi", 
"moslashuvchanligi 
va 
egiluvchanligi", 
"orginalligi"ga e’tibor beriladi.
QOBILIYATLARNING TABIIY SHARTLARI 
Har bir kishida tug’ma layoqat nishonalari, ya’ni miyaning oliy nerv faoliyatining 
analizatorlarining o`ziga xos xususiyatlari bor bo`ladi, binobarin, kelgusida biror 
qobiliyatni rivojlantirishga bo`lgan muayyan moyillik ana shunga bog’liqdir. Tabiiy 
anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil 
etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui kishining 
iste’dodi deyiladi. Lekin bu tabiiy layoqat nishonalari muvaffaqiyatli faoliyatning 
to`la-to`kis shart-sharoiti bo`la olmaydi. Layoqat nishonalarini rivojlantirish kerak, bu 
esa faoliyat jarayondagina ruy berishi mumkin. Layoqat nishonalari ko`p qiymatlidir, 
yana tegishli sharoitlar mavjud bo`lganda, faoliyatga qarab layoqat nishonalari asosida 
turli qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. Masalan, yaxshi eshitish va ohangni sezish 
qobiliyati mavjud bo`lganda bir kishi kompozitor, ikkinchisi yaxshi ijrochi, uchinchisi 
yaxshi dirijyor, to`rtinchisi musiqa tanqidchisi va hokozolar bo`lib yetishmogi 
mumkin. Qulay sharoitlar mavjud bo`lganda ayrim kishilarda qobiliyatlar juda erta 
rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga bo`lgan layoqat ancha ertaroq paydo 
bo`ladi. Masalan, M.I. Glinka 3-4 yoshidayoq shunday o`yinni juda yoqtirgan: u ovoz 
chiqaradigan turli buyumlarni (mis, tog’oracha, kostrilka) yog’och bilan chalgan. 
Bunda kattalarni hayron qoldiradigan darajada ohangdosh tovushlar paydo bo`lganki, 
ularni eshitish maroqli edi. Keyinchalik bu bola buyuk kompozitor bo`lib yetishdi. 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə