“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117072
1   2   3   4   5   6   7   8
162-168

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-20, Issue-2, November - 2022
 
168
ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o‘shandagina 
u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo‘ladi, bunday hoolda har bir shaxs 
jamiyatga eng ko‘p naf keltiradi. 
Mana shu aytgan gaplardan kasb tanlashning g‘oyat muhim ijtimoiy ahamiyati 
kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam 
shug‘ullanayotgan ishini yaxshi ko‘rsa, bundan u xursand bo‘ladi, qoniqish hosil 
qiladi, zo‘r tashabbus ko‘rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi. 
Maktab o‘quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo‘lishi va ayni vaqtda 
jamiyat manfaatlariga mos bo‘lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo‘lida shaxsiy 
mudaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma’lumotli bo‘lish zarur, 
hozirgi asrimizda bunday ma’lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas. 
Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini 
shakllantirishning bunday imkoniyatlari ob’ektiv zaminga ega bo‘lib, voqelikda har 
kuni amalda oshirilmoqda. 
Sanoat tez rivojlanganligi, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va 
elektrlashtirish borasida katta qadamlar qo‘yilganligi, ilm-fan, texnikani va 
madaniyatni yuksaltirish sohasidagi muvaffaqiyatlar bir tomondan, yoshlarning 
qiziqishlariga va qobiliyatlariga muvofiq, ikkinchi tomondan xalq xo‘jaligi talab-
ehtiyojlariga asosan kasb tanlashlari uchun amaliy jihatdan cheklanmagan 
imkoniyatlar yaratdi; umumiy ta’lim maktabida mehnat poletexnika ta’limi sharoitida 
kasbga yo‘naltirish muammosini ijobiy hal qilish uchun barcha shart-sharoitlar 
vujudga keltirildi. 
Kasbga yo‘naltirish o‘quvchilarga politexnik ma’lumot berish masalalari bilan, 
kasb tanlash esa muayyan bilim darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Yosh avlodga mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lishni tarbiyalash muhimdir. 
Ijodkorlik inson faoliyatiga umuman xos narsadir, qobiliyatlarini har tomonlama 
kamol toptirish uchun imkoniyat mavjud bo‘ladi, chunki bolalar yoshligidanoq 
mehnatga qiziqib qoladilar: ular o‘z o‘yinlarida ota-onalariga, atrof-tevarakdagi 
kishilarga taqlid qiladilar, ularning mehnat harakatlarini takrorlaydilar. Faoliyatga ana 
shunda intilish, kattalarning mehnatiga taqlid qilish bolalarga maktabgacha yoshdayoq 
hammabop mehnat malakalarini singdirish uchun qulay omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə