“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117072
1   2   3   4   5   6   7   8
162-168

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-20, Issue-2, November - 2022
 
163
Biroq shunday ham bo`ladiki, kishilar bolalikda favqulodda qobiliyatlarini nomoyon 
qilganlar-u, biroq katta bo`lgach, ulardan mahrum bo`lganlar. Lekin bunday hollar 
nisbatan kam uchraydi.
Qobiliyatlar faoliyat davomida rivojlanadi. Qobiliyatlarni rivojlantirishning 
birinchi sharti - faoliyatga bo`lgan ehtiyojni tarbiyalashdir. Mehnatga bo`lgan ehtiyojni 
tarbiyalash uchun ishga qiziqish va unga odatlanish katta ahamiyatga egadir.
Qobiliyatlar shaxsning boshqa sifatlari bilan chambarchas bog’langan. Kishining 
talantli ekanligi ma’lum darajada uning psixik jarayonlari, shuningdek, ko`pgina psixik 
xususiyatlarining rivojlanish darajasiga bog’liq bo`ladi. Ayrim qobiliyatlarni 
rivojlantirishda tegishli bilish jarayonlarining yuqori darajada bo`lishi hal qiluvchi rol 
o`ynaydi. Masalan, musiqachi uchun eshitish, rassom uchun ko`rish idroklari katta 
ahamiyatga ega. Kishi o`z qobiliyatlarini rivojlantirish bilan shug’ullanar ekan, bu 
rivojlanish quruq maqsaddan iborat bo`lib qolishi kerak emas. Asosiy vazifa 
jamiyatning munosib, foydali a’zosi bo`lib yetishishdan iboratdir. Ijodiy 
individuallikni xarakterlaydigan samarali o’z-o’zini anglash quyidagilarni qamrab 
oladi: o’zini boshqalarga qiyos qilish asosida o’z shaxsining betakror ekanligini anglay 
olishi; o’zi to’g’risidagi kreativ ko’rinishlar va tasavvurlari to’plami; individual kreativ 
o’ziga xosliklarning bir butunligi va uyg’unligi, ichki birligi; shaxsning o’z 
rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida 
shakllanishi; shaxs o’zini namoyon qila olishi va o’zining muayyan ishlarni amalga 
oshirishga hozir turganligi; ijodkor sifatida o’zini baxshida qila olishi va shaxsiy 
hamda ijtimoiy vaziyatlarda o’zining o’rnini anglay olishi . 
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o’qituvchining 
kasbiy mahorati cho’qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini 
ochish imkonini beradi. 
O’qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir. 
Kreativlik 
termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo’ldi. U 
individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko’nikmalar hosil qilish qobiliyati
xislatini bildiradi. 
J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko’rsatadi: 
fikrining ravonligi;
fikrni maqsadga muvofiq yo’llay olishi; 
o’ziga xoslik (originallik); 
qiziquvchanlik; 
farazlar yaratish qobiliyati; 
xayol qila olish, fantastlik (fantaziya). 
O’qituvchi faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash mumkin: 
Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko’chiriladi; 
ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə