“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#117072
1   2   3   4   5   6   7   8
162-168

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-20, Issue-2, November - 2022
 
166
og‘zaki ma’ruzalarini yoki mulohazalarini taqdim qilish asosida olib borilayotgan
ilmiy - tadqiqot ishlarining mohiyati, mazmuni va borishi haqida axborot 
almashishga o‘rgatish; 
bo‘lajak mutaxassislarga o‘z nuqtai nazari, o‘z qarashlarini isbotlash va himoya
qila olish mahoratini shakllantirish, o‘zgalar bildirgan g‘oyalarining mohiyatiga 
kirib borish, ishlab chiqarishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarining muayyan bosqichlari 
bo‘yicha qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini barpo etishdan iborat. 
Munozara - o‘yinlar bo‘lajak mutaxassislarda, ilmiy ishlab chiqarish 
muammolarini qo‘yish va uni hal qilishga qiziqishni, tadqiqot ishlariga holisona (turli 
nuqtai nazarlarni qabul qila olish mahorati) yondashishni tarbiyalaydi: talabalarda 
muammoni qo‘yish, uning borishi va echimi natijalarini muhokamasida, haqiqiy 
munozaralar va ilmiy - amaliy anjumanlar va ularda muhokama qilinayotgan masalalar 
bo‘yicha qarashlar, g‘oyalar, bilimlar va tajribalarni erkin almashtirishda o‘zini 
muayyan ko‘nikmalarini hosil qiladi. 
Talabalarni ijodiy faoliyatdagi omillari.
Talabalarning faol mustakil ishlari faqat jiddiy va barqaror qiziqishlar mavjud 
bo‘lgandagina amalga oshishi mumkin. Bundagi eng jiddiy omil - kelgusi samarali 
kasbiy faoliyatga tayyorgarlikdir. Talabalarni mustaqil ishlarini faollashtirishga imkon 
beruvchi ichki omillarni ko‘rib chiqaylik: 
1. Qilinayotgan ishning foydaliligi. Agar talaba o‘z ish natijalarining ma’ruza 
jarayonida, metodik qo‘llanmada, laboratoriya ishida yoki amaliy mashg‘ulotlarda, 
maqolalar tayyorlashda foydalanilishi mumkinligini bilsa, uning bajarayotgan ishiga 
bo‘lgan munosabati keskin tarzda yaxshi tomonga o‘zgaradi, hamda ish sifati ham 
ortadi. SHunga ko‘ra, talabani ruhan shu ishga tayyorlash, bajariladigan ishning 
zarurati ko‘rsatib berilishi kerak. 
2. Talabaning ijodiy faoliyatdagi ishtiroki. Bu nihoyatda xilma-xil ko‘rinishlarda 
bo‘lishi mumkin. Xususan, kafedralar tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot 
ishlari, badiiy ijod, metodik ishlar va hokazolar. 
3. Fan olimpiadalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarida, amaliy ishlar tanlovlaridap 
ishtirok etish v.b. 
4. Bilimlarni nazorat qilishda qiziqtiruvchi omillardan foydalanish (reyting, 
testlar, noan’anaviy imtihon shakllari v.b.) Bu omillar tegishli holatlarda musobaqa 
ruhini vujudga keltiradi. Mana shu holatning o‘zi talabada o‘z ustida ishlashni, o‘zini 
rivojlantirishga ichki ehtiyojini shakllantiradi va rivojlantiradi. 
Ijodiy. Jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlari. TMI nihoyatda xilma-xil bo‘lishi 
mumkin. Ular: 
- O‘rganilayotgan fanning alohida boblariga oid berilgan mavzu bo‘yicha referat, 
ma’ruza va yozma ishlar. Talabaga mavzu, hatto rahbarni ham tanlash huquqini berish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi; 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə