maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)


Bolada bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi mashqlar tasnifi



Yüklə 240 Kb.
səhifə6/10
tarix31.05.2023
ölçüsü240 Kb.
#114455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi.Rushanaga

1.3 Bolada bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi mashqlar tasnifi.
Maktabgacha tarbiya yoshi – psixik rivojlanishning intensiv bosqichi hisoblanadi. Aynan mana shu yoshdan bolada juda katta o’zgarishlar ro’y beradi, ya’ni psixofiziologik funksiyalarning takomillashuvidan boshlab,to murakkab yangi shaxsiy obrazlarning paydo bo’lishigacha bo’lib o’tadigan jarayonlar sodir bo’ladi. Yangi obrazlarni, xayoliy hodisalarni tahlil qilish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xosdir, ammo natijalar hamisha ijobiy bo’lmasa ham, bolalar faoliyatini tahlil qilganimizda, biz shu narsaga amin bo’ldikki, bolalar predmetlarni tasavvur qilibgina qolmay, ularning o’zaro bog’liqligini ham xayolan tasavvur qilar ekan.Tasavvurning rivojlanishi, tafakkurning shakllanayotgan jarayoni bilan tavsiflanadi, bu shakllanish bolaning xayoliy tasavvurlarining ixtiyoriy ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir.
Bunday imkoniyat 5-6 yoshli bolalarda yanada yuqoriroq bo’ladi, chunki bola yangi aqliy harakat usullarini juda tez o’zlashtirib oladi. Maktabgacha tarbiya yoshining so’ngida ko’rgazmali-obrazli tafakkurning eng yuqori formasi ko’rgazmali-sxematik tafakkurning rivojlanishi ko’zga tashlanadi. Ko’rgazmali-sxematik tafakkur tashqi muhitni o’zlashtirib olish uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi, ya’ni har xil predmetlarni va hodisalarni umumlashtirishning modeli uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari,tafakkurning ko’rgazmali-sxematik formasi, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning asosiy negizi hamdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda asosan obrazli, so’z-mantiqli va ko’rgazmali-harakatli tafakkur turi rivojlangan bo’ladi. So’z-mantiqli tafakkur turi esa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda endi rivojlanish davrida bo’ladi. Mana shuning uchun ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intellektini diagnostika qilish uchun, birinchi navbatda obrazli, so’z-mantiqli va ko’rgazmali-harakatli tafakkur turlariga e’tibor qaratish kerak. Mana shu bog’lanishlar va munosabatlar tufayli bolalardagi obrazli– so’z-mantiqli va ko’rgazmali-harakatli tafakkurni diagnostikalash uchun, biz har ikkala tafakkur turining muhim jihatlarini inobatga olgan holda, ushbu tafakkur turlariga quyidagi metodikalarni tavsiya qilamiz.

  1. Obrazli, so‘z-mantiqli tafakkur turini baholash uchun metodikalar:

  2. «Mantiqsiz tasvirlar» metodikasi,

  3. «Yil fasllari» metodikasi,

  4. «Bu yerda nima ortiqcha?» metodikasi,

  5. «Rasmlarga qanday predmet yetishmaydi?» metodikasi,

  6. «Guruhlarga bo’lib ko’r-chi» metodikasi,

  7. Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turini baholash uchun metodikalar:

  8. «Konturlarni birlashtirish» metodikasi,

  9. «Labirintdan chiqish, yo’lini top» metodikasi,

  10. «Figuralarni qirqib chiq» metodikasi,

  11. «Tasvirlarni ko’chirish» metodikasi,

Bog‘cha yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Tafakkur bolaning bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, hayron qolish va natijada turli savollarning tug‘ilishi tufayli paydo bo‘ladi. Ayrim ota onalar va tarbiyachilar agar bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar, “ko‘p mahmadona bo‘lma”, “sen bunday gaplarni qayerdan o‘rganding?”, deb koyib beradilar. Natijada bola o‘ksinib, o‘z bilganicha tushunishga harakat qiladi va noto‘g‘ri tafakkur ularda rivojlanib boshlaydi. Bunday bolalarga turli mashg‘ulotlar va sayohatlarda kattalarning o‘zlari ham savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim. Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analizva sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz vasintez qilishni tafakkur deb ataymiz. Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi.7
Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli xalqalar, qutichalar va shu singari o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini:
1. Suratning mazmunini (syujetini) to‘g‘ri idrok qilishga;
2. Suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga;
3. Tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak.
Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir. Bog‘cha Yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bog‘cha Yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. O‘yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning o‘z oldiga qo‘ygan yangi talablari asosida takomillasha boradi. Maktabgacha Yoshdagi bolalarning xotirasi ko‘rgazmali, obrazli bo‘lishi bilan xarakterlidir. Bolada ko‘proq ixtiyorsiz esda qoldirish va ixtiyorsiz esga tushirish ustunlik qiladi. Bola so‘zlarni hech qanday ma’nosiz takrorlayveradi. Ammo keyinchalik, kattalarning ta’sirida, ixtiyoriy esda qoldirish ham asta-sekin rivojlana boradi. Bo­la ravshan va emotsional rang-barang materialni oson esda qoldiradi.
Uch yashar bola taassurotlarini bir necha oy davomida esda saqlab tura olishga qodirdir. Xotiraning o‘sishiga o‘yinlar, turli mashg‘ulotlar, she’r yodlash, ertak va hikoyalar aytish hamda sayr paytida kuzatish ishlarini olib borish yordam beradi. Ushbu yoshdagi bolalar yangi so‘zlarni ham, hatto chet tillardagi so‘zlarni ham osongina eslab qoladilar. Lekin, bolalar materialni oson esda qoldirsalar ham, ular ko‘pining ma’nosiga yaxshi tushunmaydilar va ulardan nutqda foydalanishga qiynaladilar. Kattalarning vazifasi bolalarning mumkin qadar ko‘proq so‘zlarni va tasavvurlarni eslab qolishigagina emas, balki ular uchun tushunarli, foydali bo‘lgan turli bilimlarni egallashiga erishishdan iborat. Bolalar bu xildagi bilimlardan o‘z o‘yinlarida, rasmlarida, ustozlari yoki kattalar bilan suhbatda foydalanadilar, bu bilimlar ularning aqliy va axloqiy o‘sishlari uchun xizmat qiladi. Bog‘chagacha bo‘lgan yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bo‘lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlari uchun ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurotlar qoldiradigan va ularni qiziqtiradigan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Tafakkur bolaning bog‘cha Yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivojlangan bo‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha Yoshidagi bolalarning erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi, ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik so‘na boshlaydi.
Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, hayron qolish va natijada turli savollarning tug‘ilishi tufayli paydo bo‘ladi. Ko‘pgina ota-onalar va ayrim tarbiyachilar agarda bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar, «ko‘p mahmadona bo‘lma», «sen bunday gaplarni qaerdan o‘rganding», deb koyib beradilar. Natijada bola o‘ksinib, o‘z bilganicha tushunishga harakat qiladi. Ayrim tortinchoq bolalar esa hech bir savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashg‘ulotlar va sayohatlarda kattalarning o‘zlari ham savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.
Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz va sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga qilingan sayohatlarda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar, analiz hamda sintez qilib ko‘rishga intiladilar. Agar 2 yashar bolaning so‘z boyligi taxminan 250 tadan 400 tagacha bo‘lsa, 3 yashar bolaning so‘z boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, 7 yashar bolaning so‘z zahirasi 4000 taga etadi. Demak, bog‘cha Yoshi davrida bolaning nutqi ham miqdor, ham sifat jihatidan ancha takomillashadi. Bog‘cha Yoshidagi bolalar nutqining o‘sishi oilaning madaniy saviyasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.
Amaliy qobiliyatlarning rivojlanishi. Amaliy faoliyatli qobiliyatlar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ular orasida tashkilotchilik asosiy rol òynaydi. Ularni ilk bolalik davrining singing kuzatishimiz mumkin. Tashkilotchilik qobiliyatining paydo bòlishi muloqatchanlik va guruhdagi faoliyatning rivojlanishi bilan uzviy boģliq. Konstruktiv amaliy qobiliyatlar boģcha yosh davrida yaxshi rivojlanadi. Kòpincha bolalar tomonidan ushbu tipdagi konstuktorlash jarayonida yaratilgan qurilmalar òzlarining faoliyatlarida foydalanish uchun qòl keladi. Qurilmalar yaratish uchun maxsus qurilish vositalaridan ham foydalanadi. Ushbu konstruktorlash tipi nafaqat boģcha bolasining konstruktorlash qobiliyatini,balki muloqotning zarur malakalari, axloqiy sifatlaning faol shakllanishini ta'minlaydi. Bolalar òzaro rejalashtirilgan harakatlari jarayonida maslahatlashish , tashabbus kòrsatish, òz takliflarini inobatga oldirish ,yonbosish ,bir biriga yordan berish, umumiy yutuqdan zavqlanishni òrganadilar. Ijodiy konstruktorlash ayniqsa, boģcha yosh davrining oxiriga borib yorqin namoyon bòladi,ulardan òz faoliyatini mustaqil rejalashtirish, ijodkorlikka moyillik kabilarni kuzatishimiz mumkin.
Maxsus qobiliyatlar-bu shaxsning individual psixologik xususiyatlari bòlib, faoliyatning maxsus turlarida muvaffaqiyatni ta'minlaydi. Bolalarda musiqiy qobiliyatlar juda erta shakllana boshlaydi. Ular avvalambor òz tarkibiga chapati his qilishda,yuqori musiqaviylikda ,shuningdеk musiqani nozik did bilan farqlash qobiliyatida namoyon bòladi. B. M. Teplovning fikri bòyicha, chapati his qilish bilan mutanosib ravishda musiqiy - reproductive qobiliyat garmonik his-tuyģuning asosida yotadi. Musiqiy qobiliyatlar keng qirralidir. Boģcha yosh davrida musiqiy qobiliyat faol tarzda rivojlanadi. Boģcha yoshidagi bolalarning sevimli mashģuloti bu rasm chizishdir. Musiqiy faoliyat kabi tasviriy faoliyat ham erta shakllanadi. Hatto Agar ular u tarzda yorqin namoyon bòlmagan bòlsa ham barcha bolalarda bu qobiliyatni rivojlantirish kerak,zero rasm shunday faoliyat turiki ,uningsiz tòlaqonli shaxs rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Tasviriy faoliyat tevarak atrofni yanada chuqurroq, tòlaroq kòrishga hamda uning gòzalligini his qilishga òrgatadi.
V. I. Kirilenko, E. I. Ignatev va boshqa psixologlarning fikricha tasviriy qobiliyatlar òz òrnida murakkab ta'limiy kopmleksga ham ega bòlib òz tarkibiga bir qator zarur va maxsus qobiliyatlarni oladi.
Kattalar bolalar nutqini o‘stirish bilan shug‘ullanar ekanlar, bog‘cha Yoshidagi bolalarning ba’zi hollarda o‘z nutq sifatlarini to‘la idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashqari, bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish qobiliyati ham hali to‘la takomillashmagan buladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri, bola bilan to‘la va to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.
Qobiliyat deb odamning ma'lum bir ish yoki harakatlarni boshqa odamlarga nisbatan osonlik va chaqqonlik bilan bajara olish layoqatiga aytiladi. Kishilarda rivoj topib ularning qobiliyatlarida nomoyon bòlgan tuģma xususiyatlar iste'dod deb ataladi. Har bir odam qancha layoqatlar bilan tuģiladi. Lekin tuģma layoqatlar hali kamolotga yet gangliylar qobiliyat emas. Layoqatlar odamlardagi tuģma imkoniyatlardir. Odatda umumiy va maxsus qobiliyatlar farqlanadi. Odam umumiy qobiliyatlarga ega bòlganda faoliyatning har xil turlari bilan deyarli qiynalmay shuģullana oladi. Bunday òquvchilar tabiat fanlarini ham,gumanitar fanlarni ham yaxshi òzlashtiradilar. Maxsus qobiliyatga ega bòlgan odam qandaydir aniq narsa bilan muvaffaqiyatli shuģullana oladi.
Boģcha yoshida bilish, ba'zi bir maxsus va amaliy qobiliyatlar rivojlanadi. Qobiliyatning rivojlanishi tashqi va ichki sharoitlarning òzaro aloqalari orqali belgilanadi. Rubinsteyn aytganidek, qobiliyat spiralsimon tarzda rivojlanadi:bir kòrinishdagi qobiliyatlar keyingi rivojlanish uchun imkoniyat yaratadi,natijada yana ham yuqori darajadagi qobiliyatlar rivojlanadi. 8
Òrab turgan olam bilan boģliq bilish qobiliyatlari òz ichiga sensor qobiliyatlarni (predmetlarni va tashqi vositalarni idrok qilish)kabi intellektual,bilimlarni oson va mahsuldor òzlashtirish, predmetlarning tabiatini va tevarak-atrofdagi hodisalar haqida ma'lumotlarni anglash jarayonida rivojlanadi. Kòpgina psixologlarning tadqiqotlari bilish qobiliyatlarining ancha erta paydo bòlishi haqida ma'lumot beradi. Ularning miqdori predmetlarning òziga xos tomonlarini anglay olish,qiyin vaziyatlarni hal qilish qobiliyati, kuzatuvchanlik, ongining ijodkorligi va originnaligini belgilaydi. Leyts umumiy aqliy qobiliyatlarning rivojlanishida faollik va òzini boshqarish xususiyatlari katta ahamiyatga ega deydi. Hayratlanarli aqliy faollik, aqliy yuklamaga chanqoqlik intellektual jihatdan rivojlanishda ilgarilab ketayotgan bolalarning xarakteristikasidir. Boģcha yosh davrida bevosita bilishning shakllaridan bòlgan sensor etalonlarni va kòrgazmali-fazoviy modellashtirishni uddalay olish kabi xususiyatlar yuzaga kela boshlaydi. Kichik boģcha yosh davridayoq bolalarda modellashtirish qobiliyati shakllangan, òrnini tòldirish harakatlari-ularning keyingi rivojlanishi mazmunli yoki òrnini egallovchi ob'ekt bilan aloqasi mavjud almashinish shakllari bilan boģliq. Sensor etalonlar va fazoviy modellar bilan harakatlarni egallshga yònaltirilgan ta'lim bilish qobiliyatlarining rivojlanishiga samarali ta'sir kòrsatadi.

Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə