maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)



Yüklə 240 Kb.
səhifə3/10
tarix31.05.2023
ölçüsü240 Kb.
#114455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi.Rushanaga

Dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida bir qator qaror va formonlar joriy etilishining o'zi mavzuning dolzarbligini ochib bera oladi.2 Shuningdek, Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasini yuksaltirish, ularning ta’lim olishi, bevosita kelajagi, ya’ni jamiyatdagi o’rni bilan bog’liqdir. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilishi lozim.
Kurs ishining maqsad va vazifalari:
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasini rivojlantirish jarayonida ta'lim-tarbiyaning ahamiyatli jihatlarini o'rganish va bu borada tavsiyalar berish;
Kurs ishimizning maqsadidan kelib chiqb quyidagi vazifalarni belgilab oldik;
- Komil inson tarbiyasining bolalar psixologiyasi bilan uyg’unligininng nazariy va amaliy ahamiyatini tahlil qilish;
- Maktabgacha davrida psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabatining asosiy mezonlarini o’rganish;
- Ta’lim va tarbiya psixologiyasining samaradorligini oshirish mexanizmlari shart sharoitlarining tahlili;
- Maktabgacha bolalar psixologiyasining xususiyatlarini aniqlash;
- Maktabgacha bolalarning intelektual rivojlanishi masalalarini tadqiq qilish.
- Maktabgacha bolalarda o’qib o’rganishlarining psixologik jihatlarini o’rganish va tavsiyalar ishlab chiqish

Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə