Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
48
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASI
S.O. Mirzayeva
1
, N.M. Boyjonova
2
Maqolada bolalardagi maktabgacha yoshdagi bolalarning
jismoniy tarbiyasi
haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so`zlar:
jismoniy tarbiya, maktabgacha ta’lim muassasasi, harakat faoliyati,
tarbiyachi, bola, sog`lomlashtirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada
jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog`lom va baquvvat qilib o`stirish,
ular organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to`g`ri tashkil etishdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog`lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy
tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo`lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog`lig`ini
mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo`li bilan o`zini
himoya qilish va turli
kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarni harakatga o`rgatish tarbiyachining
bevosita rahbarligi hamda uning kuzatuvi ostidagi bolalarning mustaqil faoliyatida
amalga oshiriladi. Harakat faoliyatiga o`rgatishda bolaning anglash, irodaviy va
emotsional kuchlari rivojlanadi hamda uning amaliy harakat ko`nikmalari shakllanadi.
Harakatlarga o`rgatish bola ichki dunyosi his-tuyg`usi, tafakkuri, asta-sekin
shakllanadigan
dunyoqarashi, axloqiy fazilatlariga; bolalar tomonidan bajariladigan,
salomatlik va umum-jismoniy rivojlanish uchun foydali bo`lgan harakat faoliyatiga
maqsadga yo`nalgan tarzda ta’sir etadi. Ta’lim mazmunini muvofiq maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari asosida tanlangan
jismoniy mashqlar, harakatli o`yinlar tashkil etadi. Ta’lim jarayonida kattalar bolalarga
maqsadga yo`naltirilgan faoliyatning tajribasini beradi. Uning mazmuniga rivojlanish
va takomillashishiga xizmat qiluvchi harakatlarni egallash tajribasi ham kiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda ularning yosh xususiyatlarini hisobga
olish juda zarur, bolaning ongli harakat faoliyatida asqotadigan ayrim bilimlar; bolani
harakatlarga o`rgatuvchi
faoliyat metodlari, faoliyat va ularni amalga oshirishning
malaka va ko`nikmalari haqidagi bilimlar birligi ish jarayonlaridan kelib chiqqan holda
tarkibiy qismlarni tashkil etadi. Qismlardan biri ijodiy faoliyat tajribasi hisoblanadi.
Bolalikdan mustaqil fikrlashga o`rgatilmagan va hamma narsani tayyor berilgandan
so`ng o`zlashtiradigan kishi unga tabiat tomonidan berilgan sifatlarni namoyon qila
olmaydi. Shuning uchun jamiyat yosh avlodning ijodiy faoliyatga o`rganishiga tamoman
befarq qarab turolmaydi. Harakat faoliyatini tarbiyalash jarayonida kattalar (ota-
onalar, tarbiyachilar) bolalar rivojlanishining psixofiziologik xususiyatlarini hisobga
olgan holda, ular oldiga yangi harakat vazifalarini qo`yadilar. Bolaning mashqlar
jarayonida yangi harakat vazifalarini tobora hal eta borishi va shu bilan bog`liq ravishda
vujudga keladigan katta imkoniyatlar harakatlar xarakteri va sifatini o`zgartiradi. Bu
yosh davri uchun juda xarakterli bo`lgan narsa yangi mashqlarga o`rgatish jarayonida
go`yo bir aylanib yangicha sifat kasb etadi. Chunonchi,
bolaning yurishi dastlabki
paytda va ikkinchi yilning oxirida butunlay farq qiladi. Bu hodisani yangilikning eski
narsani diakktik inkori, barcha rivojlanishning va ziddiyatlarni hal etishning obyektiv
sharti, harakatlanuvchi omil sifatida ko`rsatish mumkin. Har bir sohada rivojlantirish
o`zidan oldingi yashash shakllarini inkor etmasdan kechishi mumkin emas. Bunday
murakkab rivojlanish jarayoni tashqi va ichki sharoitning o`zaro aloqadorligida
to`xtovsiz kechadi. Qiyinchiliklarni yengish va yangi vazifalarni hal etish bolada ijobiy
emotsional kayfiyat hosil qiladi. Bu erishilgan maqsad, tarbiyachi bahosiga muvofiq
yangi muskul sezgilari tufayli yuzaga keladi. Paydo bo`lgan o`zgarishlarni
mustahkamlash yanada yuksakroq yutuqlarga intilish uyg`onishiga xizmat qiladi. Bu
murakkab jarayon doimo tarbiyachi nazorati ostida bo`lishi kerak. Bir tomondan
bolaning yangi harakat vazifasini tushunib olishini ta’minlash lozim, ikkinchi tomondan
1
Mirzayeva Sabohat Oripovna
- Shofirkon tuman 2-son davlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti direktori (Buxoro, O`zbekiston).
2
Boyjonova Nafosat Muxammad qizi
- Shofirkon tuman 2-son davlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti rus tili o`qituvchisi (Buxoro, O`zbekiston).
Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
49
bolada mustaqillik va uni mavjud real harakat imkoniyatlari hamda yuzaga keluvchi
qiziqish, emotsiyalari
asosida amalga oshirish, g`ayratini uyg`otish zarur. Ta’lim
boladan diqqatni bir joyga to`plashni, faol tasavvur, faol fikrlashni, xotirani
rivojlantirishni talab qiladi: masalan, agar ta’lim jarayoni qiziqarlilik kasb etib,
emotsional ruhda bo`lsa – emotsional; harakat namunasi tarbiyachi tomonidan obrazli
tarzda ko`rsatilsa va bolalar tomonidan bajarilsa – obrazli; harakatli o`yin va ularni
mustaqil bajarishda barcha mashq elementlarini bajarish izchilligi vazifalari tushunib
va eslab qolinsa, og`zaki mantiqiy mashqlar bolalarning o`zlari
tomonidan amalda
bajarish bilan bog`liq bo`lsa – motor harakat. Buning uchun ta’lim erkin bo`lishi kerak,
shundagina mashqlarni ongli, mustaqil bajarish mumkin. Bolalarga ta’lim berishda
axloqiy tarbiya, bolaning ma’naviy tuyg`usi va ongini shakllantirish, uning oliyjanoblik
va o`zaro yordam, maqsadga intilish, halollik, adolatlilik kabi axloqiy-irodaviy
sifatlarini rivojlantirish bilan bevosita bog`liqdir. To`g`ri harakatlarga o`rgatishning
butun jarayoni bolalarda estetik hislarni tarbiyalaydi. Bolalar asta-sekin egallab
boradigan chiroyli harakatlar, aniq saflanish, ularning yoshiga xos o`yin obrazlarining
ijodiy ifodaliligi, o`yinlarda she’riy matnlar, o`yin boshlanmalari, sanashmachoqlar –
bularning hammasi bolalarda estetik didni tarbiyalash vazifasiga xizmat qiladi. Bolalar
va
tarbiyachilarning kostyumlari, jismoniy tarbiya qo`llanmalari va hokazolarning
tashqi bezatilishi katta ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonini tashkil etish bolalarni
ular kuchi yetadigan mehnat harakatlarida mashq qildirish imkonini beradi. Tarbiyachi
bolalardan jismoniy tarbiya jihozlarini o`zlari tartibli va toza saqlashlarini (ixcham
o`ralgan bayroqchalar, dazmollangan lenta, ro`molchalar va h.k.) muntazam talab qilib
turadi. Bu haqida birinchi navbatda navbatchilar qayg`uradilar va zarur buyumlarni
avaylab joylashtiradilar. Shu bilan birga ular barcha bolalar foydalanishlari qulay
bo`lishi uchun predmet va inventarlarning joylashish tartibini ham e’tiborda tutadilar.
Bolalar sharlar, to`plar va hokazolarni vaqti-vaqti bilan yuvib, yirik jihozlarni artib
turadilar. Bunday tadbirda barcha tarbiyalanuvchilar tarbiyachi rahbarligida ishtirok
etadilar.
Shunday qilib, harakatlarga o`rgatish jarayonida bolalarda aqliy qobiliyat,
axloqiy va estetik tuyg`ular rivojlanadi, o`z faoliyatiga ongli munosabat va shu bilan
bog`liq ravishda maqsadga intilish, uyushqoqlik shakllanadi. Bularning hammasi o`zaro
aloqadorlikda ta’lim jarayoniga umumiy yondashishni amalga oshirilishi hisoblanadi.
Mazkur jarayon har tomonlama rivojlangan shaxsning shakllanishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Dergunskaya V.A., Koshkina A.A., O`yinlar - maktabgacha tarbiyachilar bilan tajriba:
Oʻquv-uslubiy yordam - Moskva, Ustoz ta'limi markazi, 2013 - 64 p.
2.
Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-
ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ//
Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.
©
S.O. Mirzayeva, N.M. Boyjonova
, 2022.