Har bir darsni o’ziga xos usul asosida o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining mahoratiga bog’liq



Yüklə 54,29 Kb.
tarix28.05.2023
ölçüsü54,29 Kb.
#113736
Eshmurotova Mohigul

  • Har bir darsni o’ziga xos usul asosida o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni o’z darslarida qo’llasa, albatta ijobiy natijaga erishadi. Bugungi kun o’qituvchisining maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlar bilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim va hayotiy ko’nikmalar hosil qilish, ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini qaror toptirishdan iborat. Bu ezgu maqsadlarni ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida o’tilgan mashg’ulotlarda amalga oshirish mumkin.
  • Innovatsion texnologiya – ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg’ulotga aylanadi.
  • Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi. An’anaviy darsda o’qituvchi faol, o’quvchi esa passiv ishtirokchiga aylanadi. Bu esa o’quvchining mustaqil fikrlashi, izlanuvchanlik qobiliyati rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda bunday darslar yaxshi samara bermaydi. Bugungi davr talabi dars jarayonini noan’anaviy tarzda mazmunli tashkil etish, o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlashni taqozo etadi.
  • Noan’anaviy darslarni tashkil etishda interfaol metodlar muhim bo’g’in hisoblanadi. Ular o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan mashg’ulot turidir. Bunda o’qituvchi va o’quvchi o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Fikrlar to’qnashuvi yuzaga keladi. O’quvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog’onaga ko’tariladi. O’qituvchi shu tarzda o’quvchilarni faollashtiradi, o’zlashtirishi past o’quvchilar dunyoqarashi va tafakkurini boyitib boradi.
  • Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uning sifati darsda qo’llanilgan metodlarga bog’liq. Darsning mazmunli o’tishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani o’qituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi. Darsda metodlar to’g’ri tanlansa, maqsadga tez va oson erishiladi. Interfaol metodlarni tanlash har bir darsning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu esa o’qituvchidan har doim bir xil usulda emas, dars mavzusiga mos metodlar asosida dars o’tishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi doimo o’z ustida ishlashi, bilim va kasbiy malakasini oshirib borishi, ilm-fan yangiliklaridan xabardor bo’lishi va o’z faoliyatida ulardan samarali foydalanishi lozim. O’qituvchi bir vaqtning o’zida ijodkor, aktyor va fan bilimdoni bo’lsa, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda darsning mazmuni, o’quvchilarga yetkazish usul va shakllari, vositalarini oldindan belgilab, mavzuga mos metodni tanlasagina dars samaradorligi yuqori bo’ladi.
  • Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Keng qo’llaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-so’rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab, o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.
  • Ona tili va adabiyot darslarida ham yuqorida sanab o’tilgan interfaol metodlardan tashqari “Ha… yo’q”, “Ta’rif egasini top”, “Men kimman?”, “Domino” kabi didaktik o’yinlardan foydalanish mumkin. O’yin vaqtida o’quvchilar o’zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada o’quvchida ishonch, qat’iyat paydo bo’ladi. Munozaraga kirishishni o’rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o’quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim.
  • O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asaosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bunda ishlatiladigan texnologiya o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh tabiati va sharoitga qarab tanlanadi.
  • “Charxpalak”. Ushbu texnologiya o’quvchilarni o’tilgan mavzularni esga olish, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to’g’ri javob berish va o’z-o’zini baholashga o’rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o’qituvchi tomonidan barcha o’quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan. Bu usulni qo’llashdan maqsad o’quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o’z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o’zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlash, boshqalar fikriga hurmat bilan qarash, ko’p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o’rgatishdir. Ushbu texnologiya ona tili va adabiyot darslarining boshlanishi va oxirida yoki biron-bir bo’lim tugallanganda o’tilgan mavzuning o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash uchun mo’ljallangan.
  • “Imkoniyat” usulida semestr yakunida o’zlashtirishi yuqori bo’lgan o’quvchilarga o’rganilgan mavzular bo’yicha javobi tanlanadigan va javobi yoziladigan testlar tuzib kelish topshiriladi. Bu vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar yakuniy nazorat ishlarini topshirishdan ozod qilinadi. Test tuzgan o’quvchilarda test yechgan o’quvchiga nisbatan quyidagi ko’nikmalar shakllanadi:
  • - o’z fikrini yozma tarzda izchil, aniq, tushunarli bayon qila olish;
  • - mavzudan kelib chiqib savollarga javob berish va o’zi ham savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish;
  • - axborotlarni izlab topish, saralash, tanlash va tahlil qila olish;
  • - bilimini mustaqil ravishda oshirib boorish va uni amaliyotda qo’llay olish kabilar.
  •  “5 savolga 5 javob” usuli. Ushbu usuldan ona tili darslarida “Qo’shma gaplar” mavzusi o’rganilayotganda foydalanish mumkin. Bunda tarqatma material yoki ekranda o’quvchilar e’tiboriga test javoblari shaklidagi gaplar havola etiladi:
  • A. Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo’ladi.
  • B. Muhabbat eski narsa, ammo har bir yurak uni yangilaydi.
  • D. Orzular buyukdir, umrlar qisqa.
  • E. Biz ko’rgan, eshitgan, lekin e’tibor bermagan voqealarga san’atkorona baho beramiz.
  • O’quvchilarga jadval tarqatiladi. Ular jadvalga javoblarni belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyot va internet resurslari

  • Fayllar.org.uz
  • Hozir.org.
  • Google.com
  • Yandex.com

Yüklə 54,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə