11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA
TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI
mamlakatning siyosiy an’analari bilan bog‘liqdir. Demokratik va
so‘lradikal oqimlarni kuchayib borishi bilan birgalikda Fransiyan-
ing respublika-demokratik an’analarga xos bo‘lmagan
Italiya va
Germaniyadagi kabi mamlakatni fashizatsiyalashuvi tendensiyasi
paydo bo‘ldi.
Xalq fronti dasturi. Sotsialistlar va kommunistlar birdamligi
natijasida 1936 yilda Xalq fronti tashkil etildi. Xalq frontining das-
turi aholining keng qatlamlarini ehtiyojlarini qondirishga qaratil-
gan edi.
Dasturning asosiy talablari:
● ishsizlikning milliy fondini yaratish;
● nafaqani kamaytirmagan holda
mehnat haftasini qisqarti-
rish;
● pensiyaga chiqish yoshini qisqartirish hisobiga ish o‘rinlarini
ko‘paytirish;
● kengmiqyosli jamoat ishlarini tashkil etish;
● ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini ko‘zlagan holda qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish narxlarini tartibga solish;
● dehqonchilik kooperativlarini qo‘llab-quvvatlash;
● savdo inshootlari uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi qonunni qay-
ta ko‘rib chiqish;
● mayda rante (qimmatli qog‘ozlarning mayda egalari)larning
manfaatlarini himoya qilish;
● kam ta’minlanganlar foydasiga soliqqa tortish tizimini isloh
etish.
1936 yil 4 iyunda Xalq frontining birinchi hukumati shakllanti-
rilib, unga bosh vazir L.Blyum boshchilik qildi. 7 iyunda esa Um-
umiy mehnat konfederatsiyasi va tadbirkorlar o‘rtasida ish haqini
ko‘paytirish, kasaba uyushmasini va sex starostalari institutini tan
olish borasida kelishuv imzolandi.
K.Shotan hukumati chora-tadbirlari. Sotsial-radikal Kamil
Shotan hukumati keng aholi qatlami manfaatlari bilan yirik kapi-
tal egalarining manfaatlari o‘rtasida Xalq fronti dasturi talablarini
bir oz cheklash hisobiga murosaga kelishga intildi. Ammo, budjet
xarajatlarini qisqartirilishiga qaramasdan moliya tizimining holati
yomonlashdi. Bu hol hukumatni milliy valyutani ikkinchi bor de-
valvatsiyasini o‘tkazishga majburladi.
Aksilinqiroz harakatlarining tartibsizligi
mamlakat ichkarisida
ijtimoiy qarama-qarshiliklarning keskinlashuviga olib keldi, Xalq
127
frontining ichida ixtilofga olib keldi, natijada uning dasturi ham
sezilardi darajada o‘zgartirildi.
Yangi hukumat inqirozi natijasida 1938 yil bahorida L.Blyumning
ikkinchi kabineti shakllanib, u Xalq fronti siyosatini asta-sekin tu-
gatilishi borasida faoliyat olib bordi.
Buning sabablari faqatgina
Xalq fronti ichidagi ixtilof, aksilinqiroz chora-tadbirlarining mu-
vaffaqiyatsizligi, ijtimoiy tanglikni keskinlashuvi emas,
balki Yev-
ropadagi siyosiy holatlarning keskinlashuvi hamdir. Ijtimoiy na-
faqalarni qisqartirish evaziga Blyum mamlakatda harbiy-mudofaa
qurilishini jadallashtirishga erishmoqchi edi.
E.Dalade hukumati. 1938 yil aprelida shakllantirilgan Eduard
Dalade hukumati Parlamentdan olgan favqulodda vakolatlari
asosida Xalq fronti dasturidan to‘liq voz kechdi. Daladening ismi
to‘rt Yevropa mamlakatining (Buyuk
Britaniya, Germaniya, Itali-
ya, Fransiya)
Myunxen kelishuvini
imzolanishi bilan bog‘liqdir. Bu
kelishuv Ikkinchi jahon urushi oldidan Germaniyani “tinchlantiru-
vchi” siyosat deb hisoblanmish Chexoslovakiyani bo‘lib olish bilan
bog‘liqdir.
Iqtisodiy beqarorlik holati Fransiya uchun 30-yillarning oxiriga
qadar xos bo‘lib, bu aksilinqiroz harakatlarining tartibsizligi, inq-
irozdan chiqishning umummilliy dasturini yo‘qligi bilan bog‘liqdir.
Natijada Fransiya jahon bozorlarida o‘z
pozitsiyalarini sezilarli
darajada yo‘qotdi. Urush oldida mamlakat iqtisodiyotidagi bir oz
jonlanish harbiy qurilishga davlat mablag‘larini ajratilishi bilan
bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: