Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


MUHTARAM TOM QAROQCHDLAR SHAYKASIGA KIRADI



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə39/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

MUHTARAM TOM QAROQCHDLAR SHAYKASIGA KIRADI

Tom bilan Gek ikkalasining Sankt-Peterburgdek kichkina bir shaharchada shunday muvaffaqiyat qozonishlari albatta xalq o'rtasida juda zo'r hayajon tug'dirdi. Shunchalik ko'p pul, tag'in uning hammasi oltin bo'lishi to'g'ridan-to'g'ri kishining aqli yetmaydigan bir narsa edi. Bularning dunyo topib olishlari to'g'risida hamma yerda so'zlashar, odamlar har xil fikrlarga borib, o'zlaricha hukm chiqarar edilar. Shahar xalqidan ba'zilari hatto bu to'g'rida aqllaridan adashayozdilar. Sankt-Peterburgda va uning atrofidagi qishloqlarda butun jinlar yuradigan uylarni tintib chiqdilar; uylarning pollarini ko'chirib olib, poydevorlarning ostlarini kavlab, ko'milgan narsalarni axtarar edilar va buni yosh bolalargina emas, hatto katta-katta kishilar, o'zlariga durust, jiddiy va aqlli odamlar ham qilar edilar. Tom bilan Gek ikkalasi qayerda ko'rinishmasin, ularni erkalar, aytganlarini qilib hurmatlar va ularga zavq bilan tikilib qarab turar edilar. Bolalar bundan ilgari biror kishini bularning so'zlarini e'tiborga olib, bular bilan so'zlashganlarini eslay olmaydilar. Hozir esa bularning har bir aytgan so'zlari qiymatli bir narsadek, hammaning og'zida takrorlanardi, ularning har bir harakatlari ajoyib ko'rinib, go'yo bular odatdagi so'z va harakatlarini butunlay yo'qotib yuborganga o'xshar edilar. Bundan tashqari ular bu bolalarning avvalgi vaqtlardagi turmushida ham bo'lib o'tgan qiziq so'z va harakatlarini o'ylab, qidirib topa boshlagah edilar. Mahalliy gazetada bu ikki bolaning tarjimayi holi bosilib chiqdi.


Beva xotin Duglas Gekning pulini bankka qo'ydi; sudya Techer bo'lsa Polli xolaning so'rovi bo'yicha, Tomning pulini ham shunday qildi. Endi bolalarning ikkovida ham daromad katta: har kun bir dollardan, hatto yakshanba kuni ham yarim dollar tushib turadi. Ularning daromadlari domlaga tushishi mo'ljallangan daromadga baravar kelardi, negaki domla ibodat qilishga kelganlarning hammasidan ham pul yig'ishga imivaffaq bo'lmas edi. O'sha zamonda har bir bolaning bir haftalik ijara va oziq-ovqat haqi, o'qish, kiyim-bosh va hamma chiqimlarini qo'shganda bir-u chorak dollar turardi.
Sudya Techer Tomni juda hurmatlay boshladi. U Tomdan boshqa har qanday bola bo'lsa ham qizimni g'or ichidan olib chiqa olmas edi, derdi. Bekki unga: «Tom maktabda mening qilgan gimohim uchun o'zini tutib berib kaltak yedi», deb aytganida bu narsa otasiga juda qattiq ta'sir qildi va «meni shunday kaltakdan qutqazish uchun mening o'rnimga o'z yelkasini tutib berib, bu to'g'rida yolg'on so'zlashga majbur bo'ldi» deb otasidan uning shu yolg'on so'zlaganini kechirishini so"raganida, sudya bu so'zlardan zavqlanib ketib, bu yolg'on bo'lsa ham buyuk, olijanob, sof ko'ngil kishining obro'sini ko'taradigan yolg'on ekan, - dedi. Otasi bu so'zlarni uy ichida u yoqdan-bu yoqqa tez-tez yurib, yer tepinib so'zlar ekan. Bekki otasining shunchalik mehribon odam ekanini birinchi marta sezdi. U darhol yugurib borib, otasining so'zlarini Tomga aytdi.
Sudya Techer Tomni qachon bo'lsa ham bir buyuk advokat yoki buyuk bir askarboshi sifatida ko'rishni orzu qilar edi. U Tomning Milliy harbiy akademiyaga qabul etilishi yo'lida harakat qilmoqchi, undan keyin eng yaxshi huquq fanlari maktablaridan biridagi kursni o'qitib, shu ravishcha har qanday ishga yararlik qilmoqchi bo'lganini bildirdi.
Geklberri Finnga tekkan boyliklar va beva xotin Duglasning unga qilgan himoya va xayrixohliklari Gekning jamiyatga qo'shilishiga sababchi bo'ldi. Jamiyatga qo'shilishiga sababchi bo'ldigina emas, balki uni o'sha jamiyatga sudrab, zo'rlab olib kirdilar va shuning natijasida uning tortgan azoblari, uning kuch-quvvati va erk-ixtiyoridan kuchlilik qilar edi. Beva xotinning xizmatkorlari uni dam-badam yuvintirar, kiyimlarini tozalar, sochlarini tarab qo'yar, kechasi bo'lsa oppoq choyshablar solingan toza o'rinlarga yotqizar edilar. Gek o'zi uchun solib berilgan choyshab va ko'rpada hech bir kir yoki dog' ko'rmas, u narsalarni do'stlarcha bag'riga bosgisi kelardi. Uni tarelka va kosalardan, vilka hamda pichoq bilan ovqat yeyishga, qo'l artadigan sochiqdan foydalanishga, kitob o'qisb, ibodatxonaga borishga majbur etardilar va so'zlagan so'zlarini shunday ustalik bilan chiroyli qilib so'zlashni o'rgatar edilarki, bundan Gekning tili qo'zg'almay qolar edi. Qayoqqa qarama uning hamma atrofi g'ov va zanjir bo'lib, qo'1-oyog'ini bog'lar, yo'lini to'sar edi.
Shu ravishda u bu azob-uqubatlarga mardlik bilan uch hafta chidab, keyin bir kuni birdan yo'q bo'lib qoldi. Missis Duglas xuddi ukki kecha-kunduzgacha tashvish tortib, hamma yerni qidirtirib chiqdi. Butun xalq hayron edi. Gekning o'ligini tog'lardan, keng dalalardan, katta suvlardan qidirdilar. Nihoyat, uchinchi kuni ertalab Tom Soyerning xayoliga bir yaxshi fikr keldi. U shaharning chetidagi ishdan chiqib yotgan kushxona orqasidagi saroylarni axtarib, shulardan birida Gekni topdi. U uxlab yotar edi. U hozirgina qayerdadir, birovdan qolgan sai'qitlarni topib yeb, qornini to'yg'azib, so'ngra trubkasini chekib, kayf qilib uxlab yotar edi. Uning yuz-qo'llari yuvilmagan, sochlari taralmagan va erkin yurgan kezlarida chiroylik ko'rsatib turgan o'sha qadimgi uvadalariga o'ralib olgan edi. Tom uni uyg"otib, hammani qanday tashvishda qoldirganini so'zladi va uyga qaytib borishga unday boshlagan edi, Gekning chehrasi g'amgin tus oldi.
- Tom, shu so'zlaringni menga sira aytma, - dedi u. - Men qilib ko'rdhn, lekin bundan hech narsa chiqmaydi. Tom, bular hammasi men uchun juda yot narsa, men bu narsalarga odatlangan emasman. Beva xotinnmg menga qilgan muomalasi yaxshi, lekin uning shunday dah-mazalariga hech chidab tura olmayman. Masalan, u meni har kuni ertalab belgih vaqtda turishga, yuz-qo'llarimni yuvishga majbur etadi. Boshlarimni bo'lsa tarayverib jonini oladi. O'tinxonada yotishimga ham yo'l qo'ymaydi. Mana bu'la'nati kiyimni aytruaysanini! Men shu kiyimlarih kiyib olsain, azbaroyi xudo, nafasiin bo'g'ilib ketadi. Xuddi undan hech bir havo o'tinaydiganga o'xshaydi. Bu kiyim toza va chiroylik emish, chiroylikligi qurib ketsin, uni kiyganda bir yerga o'tirib bo'lmasa, yotib bo'lmasa, eshikka osilib o'ynab bo'lmasa, yerto'laning eshigiga osilib o'ynauiaganimga qariyb bir yil bo'lgandir. Beva xotin bo'lsa ovqat yesa ham qo'ng'iroq bilan yeydi, yotsa ham qo'ng'iroq bilan yotadi, turganda ham qo'ng'iroq bilan turadi -bu nima degan gap? Bular hammasi shunday bir vahimalik holki, sira chidab turib bo'lmaydi.

  • Hammaning uyida ham shunday-ku, Gek.

  • Tom, bunisi mening uchun farqsiz. Men ham ma emas va men bunga chidab tura olmayman. Bunday qo'1-oyoqlaring bilan bog'lanib qolish kishiga o'lim-ku! Bu ahvol meni juda ishdan chiqarib qo'ydi. Hozir mendan hech bir ovqat ham o'tmaydi. Baliq ovlashni xohlab qolsang - so'rash kerak, daryoda cho'milishni ham so'rab qil, hademay o'ladigan bo'lib qolsang ham javobsiz o'lolmaysan, deyinan. Meni shunday odobh so'zlarga o'rgatadilarki, mening endi so'zlashga ham hafsalam qolmadi. Hali ham bo'lsa yuragimning chigilini biroz yozish uchun bir chekkaroqqa borib, so'kinib-so'kinib kelaman, bo'lmasa yuragim yorilib ketar edi. Beva xotin menga tamaki chekishga, birovning oldida u yoq-bu yog'imui qashishga ham ijozat bermaydi. Men asli qochib ketsam bo'lar edi, Tom, albatta qochib ketishim zarur edi. Buning ustiga, yaqinda maktabda o'qishlar boshlanib qolsa, meni maktabga ham yuborarlar, -bunga esa sira ham toqatiin yo'q, ko'rdmgmi, Tom, boylik, aftidan, menga to'g'ri kelmas ekan. Undan xafachilikdan boshqa hech narsa chiqmas ekan, undan doim bu kunimdan ko'ra o'lganim yaxshi, deb yurar ekanman-da! Mana bu chuvrindi-uvadalar bo'lsa mening ko'nglimdagidek, bularni sirayam tashlayolmayinan. Agar shu la'nati pullar bo'lmaganida, men hech vaqt bu ko'yga tushmas edim. Tom, sen mening ulushimni ham o'zing olgin-da, istaganingcha foydalanavergin. Menga har zamonda o'n sentdan berib tursang bo'ladi, uni ham tez-tez beraverma, chunki men qiyinlik bilan topilgan narsani yaxshi ko'raman. Buning uchun sen endi borib beva xotindan meni so'rab ol.

- Qo'ysang-chi, Gek, sen yaxshi bilasanki, bu ishni qilolmayman. Bu insofdan emas. sen yana biroz chidasang, o'rganib qolasan.
- O'rganib qolasan deysanmi? Qizib turgan cho'yan pechkaning ustida o'tirishga o'rganib bo'ladimi? Yo'q, Tom, men boy bo'lishni xohlamayman. Men o'rmonlarni, suv bo'ylarini, eski bochkalarning ichida yotib qolishni yaxshi ko'raman, mana bular mening ko'nglimdagidek narsalar. Xuddi shunday paytda qo'limizda miltiqlarimiz bor, g'or ichida joylarimiz bor va boshqa hamma narsalarimiz tayyor boiib, endi qaroqchilik ishiga kirishamiz deb turganda, qurib ketkur shu pulning chiqib qolgani juda yomon bo'ldi-da, hamma ishimizni buzdi.
Tom qulay paytning kelishidan foydalanib qolmoqchi bo'lib:
- Menga qara, Gek, bu pullar, boyliklar bizga qaroqchilik qilish uchun to'sqinlik qilmaydi-ku! - dedi.

  • Hoy, sen buni chindan aytasanmi?

  • Xudo ursin, chindan aytaman. Biroq, sen o'zingni va ust-boshlaringni biroz tuzatib olmasang, seni qaroqchi qilib, o'z ichimizga ololmaymiz.

Gekning quvonchlari bir zumda so'ndi.

  • Meni olib bo'lmaydi, deysanmi? Nimaga olib bo'lmaydi? Avval dengiz qaroqchilari bo'lib yurganimizda olgan eding-ku!

  • To'g'ri, u vaqtda olgan edim, u butunlay boshqa ish edi. Qaroqchi dengiz o'g'risiga qaraganda obro'liroq bo'ladi. U o'zini yaxshi tutishda ham boshqalardan ortiq bo'lishi kerak.

  • Menga qara, Tom, sen hammavaqt menga do'st bo'lib kelgansan. Sen bilan birga yursam, meni biro'vga ko'rsatmaysan-ku, shundaymi, Tom?

  • Gek, albatta, men seni o'zimning yaqin o'rtog'im sifatida olib yurishga rozi ediin. Biroq ko'rgan kishilar nima deydilar: m Soyerning shaykasimi? Ey... Unda allaqanday daydilar yig'ilgan-ku!» demaydilarmi? Bu albatta, senga bu obro' keltirmaydi, shuningdek menga ham.

Gek nima deb javob berishini bilmay bir daqiqa hayron bo'lib qarab turdi-da, nihoyat:

  • Yaxshi bo'lmasa, Tom, agar meni o'zingning yangi shaykangga olaman deb va'da bersang, men yana biror oyga beva xotinning uyiga qaytib boramanda, har nechuk bo'lsa ham, undagi odatlarga o'zimni o'rgatishga tirishib ko'raman. Faqat sen meni o'sha ishingga albatta olasan.

  • Bo'ldi, Gek, gap bitta. Yur, do'stim, men kampirga seni hadeb tergamaslik haqida tayinlab qo'yaman.

  • Chindanmi, Tom, chindan aytasanmi? Ana shunday qilsang juda soz bo'ladi. Agar u meni juda ham siqmaydigan bo'lsa, men sekin-asta tamaki cheka-veraman va sekin-asta so'kinib ynraman, bir balo qilib chidayman. Xo'sh, sen shaykangni qachon to'plab ishga kirishasan?

  • Juda tez bo'ladi, Gek. Biz balki bugun bolalarni yig'ib, sirlashish majlisi o'tkazarmiz.

  • Nima qilaniiz deysan?

  • Sirlashish majlisi.

  • Bu qanday narsa o'zi?

  • Buning ma'nosi shuki, bizlar hammamiz bir-birimizni suyab, yordam berishga qasam ichamiz, bir-birimizning qilgan ishlarimizni birovga aytmayiniz, hatto bizlarni qiymalab tashlaydigan bo'lsalar ham, so'ziinizda turamiz. Basharti biror kisbi to'darniz ichidan birortainizni xafa qilsa, uni o'ldiramiz, uning o'zigina emas, balki butun oilasi bilan qirib tasblaymiz.

  • Ana bu ishing juda joyida. Tom!

  • Bo'lmasa-chi, bir-biriinizga so'z berib, qasam ichish isbini esa tun yarmida, eng xilvat yerda, yaxshisi, jinlar yui'adigan eski uylarda o'tkazisb kerak...

  • Tun yarini - yaxshi vaqt, Tom.

  • Ha, yarim kechada. Qasain icbishni bo'lsa, biz biror kimsa qabri ustida o'tkazib, alidga qon bilan qo'l qo'yamiz.

  • Ana bu ish joyida! Bo'ldi, Tom, men endi har qanday bo'lsa ham shu beva xotin yonida tura turaman. Men agar shunday qilib, otoqli o'g'ri bo'lib, shuhrat topib ketsain, uning o'zi: «Men uni odam qildim, yaxshi yo'lga soldim» deb maqtanib yuradi.


YAKUN
Bu haqqoniy hayotnoma shu yerda tugaydi. Negaki, bunda bir bolaning bolalik tarjimayi holi berilgan, shuning uchun ham u shu yerda tamomlanishi kerak; agar U yana cho'zilib ketsa, u vaqtda katta kishmmg tarjimayi holi bo'lib qoladi. Kattalar haqida roman yozganda, qayerga borib to'xtashni kishi biladi, bolalar haqida yozganda esa, istagan yeringda nuqta qo'yib tugatsang bo'ladi.
Bu kitob qahramonlari ajoyib-g'aroyib bolalar. Ehtimol keyinchalik men bu kitobda tasvirlangan bolalarning keyingi hayotlari bilan shug'ullanishni lozhn ko'rib, ulardan qanday kishilar yetishib chiqqanini yozishga kirisharman.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə