Hozirgi zamon oilasining asosiy vazifalari
Har bir oila jamiyatnig bir bo’g’ini sifatida, jamiyat oldidagi mahlum bir vazifani bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifalari haqida gapirganda bular quydagilar:
Oilaning relaksatsiya vazifasi
Iqtisodiy - uy xo’jaligini yuritish, oila ahzolarining moddiy va mahnaviy ehtiyojlarini samarali qondirilishini tahminlash. Farzandni dunyoga keltirish va voyaga yetkazish jarayonida oilaning jamiyatga keltiradigan iqtisodiy foydasi.
Reproduktiv - jamiyatning biologik uzluksizligini tahminlash, bolalarni dunyoga keltirish.
Tarbiyaviy - madaniy merosni avloddan avlodga uzatish, yosh avlodni tarbiyalash jamiyatning madaniy merosini saqlab turish.
Kommunikativ - oila ahzolarining muloqotga va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirish.
Reaktiv - o’zaro jismoniy, moddiy,mahnaviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila-ahzolarining dam olishini tashkil etish vazifasi.
Felitsitologik - shaxsiy baxtga erishishga intilish (felitsito-italyancha baxt). Insonning tom mahnodagi baxtga erishishida oilaning tutgan o’rni.
Regulyativ - boshqaruv, yosh avlodni ijtimoiy nazorat qilish va kattalarning mahnaviy-ahloqiy, seksual hulqini nazorat qilish va boshqarish.
Dostları ilə paylaş: |