(adsorbsiyalanib) pufakchaning gidrat pardasini mustahkamligini oshiradi. Sababi,
molekulalariga nisbatan betaraf bo‘lib qoladi (ya’ni. gidrat pardadagi suv
molekulasi bilan hajmdagi suv molekulasi orasidagi tortishish kuchi kamayadi).
Reagent shimilgan ikkita pufakcha o‘zaro to‘qnashsa, ular qo‘shilib yirik pufak
hosil qilmaydi, chunki ularning sirti betaraf, devor mustahkam. Agar. reagent
shimilmagan pufakchalar to‘qnashsa, gidrat parda yorilib, ular birlashadi va yirik
qiladi. O‘lchamlari bir xil bo‘lsada, reagent shimilgan pufakcha reagent
ko‘tarilayotgan pufakchadagi reagentni suv oqimi «yuvib» pastki qismiga to‘playdi
va pufakchaning tag qismiga o‘ziga xos «qattiqliq» hosil qiladi va bu hodisa
pufakcha harakatini sekinlashtiradi.
Pufakchaga flotatsiyalanuvchi mineral zarrachalar kelib yopishishi uchun
ma’lum vaq,t kerak. Demak, pufakcha qancha sekin ko‘tarilsa, shuncha ko‘proq
mineral kelib yopishadi. Bundan tashqari, tez ko‘tarilayotgan pufakcha muhit
qarshiligiga uchrab, unga yopishgan zarrachalar suv oqimida «yuvilib», yo‘lda
to‘kilib qolishi mumkin.
Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar ko‘pincha, yig‘uvchi reagentlarga o‘xshash
qobiliyatini namoyon etadi. Buning sabablari har xil bo‘lishi mumkin:
1. Ba’zida ko‘pik hosil qiluvchi reagentning polyar guruhi mineral yuzaga
(kimyoviy yoki fizikaviy) shimilib, appolyar guruhi suv tomonga yo‘nalgan
bo‘ladi. Bu esa mineral zarrani suv yuqmaslik darajasini oshiradi.
2. Ko‘pik hosil qiluvchilar kapillyar bosimni kamaytirish hisobiga
pufakchaga minerallarni mustahkamroq, yopishishiga imkon yaratadi.
3 Ba’zi bir hollarda, ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar yig‘uvchi reagent
eritmasini dispersligini oshirib, apparat hajmida (muhitda) teng tarqalishini
ta’minlaydi.
Ko‘pik hosil bo‘lishi - reagent molekulalarining tarkibi va qurilishiga hamda
uning suvdagi konsentrasiyasiga bog‘liq,. Bundan tashqari, yaxshi ko‘pik hosil
bo‘lishi uchun bir nechta omillar bor, jumladan:
1) muhitning
рН
darajasi. Reagent molekulasi qancha kam dissosiasiyalansa,
shuncha yaxshi ko‘pik hosil qiladi. Asos xossasiga ega bo‘lgan reagentlar ishqor
muhitda yaxshi ko‘pik beradi, kislota xossasiga ega bo‘lgan reagentlar esa kislotali
(nordon) muhitda yaxshi ko‘pik hosil qiladi;
2) muhit harorati. Harorat ortishi bilan ko‘piklanish yaxshilanadi. Ayniksa,
reagentning eruvchanligi haroratga bog‘iq bo‘lsa.
Ikki yoki undan ko‘p har xil ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar birga ishlatilsa
flotatsiya jarayonini boshqarish oson bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: